O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
10.12.2016

OZBEKISTONDA SAYLOV DEMOKRATIK RUHDA OTDI

Bu xorijlik kuzatuvchilarning fikri

Lixter Volfgang Diyetmar, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti missiyasi a’zosi (Germaniya):

— Saylov kunigacha Surxondaryo viloyatida bo‘ldim. 9-Surxondaryo saylov okrugi va joylardagi uchastka saylov komissiyalari faoliyati bilan yaqindan tanishdik. Sharoitlarni organdik. Siyosiy tadbirga alohida tayyorgarlik korilganiga guvoh boldik. Odamlar kotarinki kayfiyatda, yoshlar chehrasida quvonch. Nafaqat tuman va shahar markazlari, balki chekka hududlardagi uchastkalar ham zamonaviy texnikalar bilan taminlangan. Onalar va bolalar, tibbiyot xonalari tashkil qilingan. Keksalar va nogironlar alohida etiborda.

Zavednikova Jana, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti missiyasi azosi (Chexiya):

Surxondaryoga birinchi marta kelishim. Serquyosh voha meni oziga maftun etdi. Joylarda bizni alohida hurmat va ehtirom bilan qarshi olishdi. Mehmondost, ochiqkongil xalqingizning urf-odatlari bilan tanishishga ham ulgurdim. Odamlar bayramona kayfiyatda. Millat davomchilari bolgan yoshlarning yuzida ertangi kunga ishonch bor.

Saylov har jihatdan demokratik ruhda otdi, deb aytishim mumkin. Tili, dini va jinsidan qati nazar, ovoz berishda hech kimga monelik qilingani yoq. Muhim tadbirda koplab xorijlik kuzatuvchilar ishtirok etgani jahon Ozbekistonga qiziqish bildirayotganidan dalolat beradi. Osmoni musaffo, yurti tinch, dasturxoni tokin elga barcha-barchaning havasi baland. Xulosa qilib aytganda, mamlakatdagi saylov ochiq, oshkora, jahon andozalariga mos va xos otgani meni quvontirdi.

«Ozbekiston ovozi» muxbiri

Abdumalik HAYDAROV

yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: