O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
10.12.2016

XALQ BILAN MULOQOT

odamlar hayotdan rozi bo‘lib, baxtli yashashining kafolatidir

Ozbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 24 yilligiga bagishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida bildirilgan tanqidiy-tahliliy fikrlar, xalqimiz hayotini yanada farovonlashtirish maqsadida ilgari surilgan goyalar, fuqarolarimizni oylantirayotgan muhim masalalar yuzasidan aytilgan otkir mulohazalar odamlarning yuragiga yetib bordi, ularni hayajonga soldi. Xalqimizning kelajakka ishonchi yanada mustahkamlandi. Maruzada Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov boshlab bergan inson manfaatlari ustuvorligi, uning haq-huquqlarini sozsiz taminlash siyosati izchil davom ettirilishi alohida qayd etildi.

Shundan kelib chiqqan holda, kirib kelayotgan 2017 yil «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari» yili deb elon qilindi. Yangi yilga bunday nom berilishining ahamiiyati va mazmun-mohiyati ziyolilar, olimlar, deputatlar, ekspertlar tomonidan qizgin muhokama etilmoqda, bu haqda koplab fikr-mulohazalar bildirilyapti.

Shuhrat TURSUNBOYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

– Har jihatdan keng qamrovli, konseptual maruzada ortaga tashlangan muhim takliflardan biri — bu, shubhasiz, tuman va shaharlarda haqiqiy ahvolni organib, tegishli rahbarlarning hisobotini xalq deputatlari Kengashlari sessiyasi muhokamasiga kiritish tartibini joriy etish masalasidir.

Albatta, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va senatorlarning ozi saylangan hududning ijroiya hokimiyati organi, prokuratura va ichki ishlar bolimining faoliyatini organib, tahlil qilishi va tegishli xulosa berishi amaliyotini yolga qoyish yaxshi samara beradi.

Ochigi, shu paytga qadar ham yilning har choragida qonunchilikka muvofiq, saylovchilar bilan uchrashuvlar otkazib kelinar edi. Uchrashuvlarda saylovchilar tomonidan turli muammolar, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid takliflar muhokama qilinardi. Biroq ularni osha joyning ozida hal etish yoki ijroiya hokimiyati organi masuliyatini oshirish boyicha biror aniq mexanizm yoq edi. Togrisini aytish kerak, biz deputatlarda qatiyat va fidoyilik yetishmagani, haqiqatning yuziga tik qaramaganimiz uchun ham vaziyat shu ahvolga kelib qoldi.

Agar maruzada aytilgan taklif hayotga tatbiq etilib, deputatlar 10-12 kun davomida ikkita tumandagi haqiqiy ahvolni organib, bu borada aniq xulosa berish tartibi joriy etiladigan bolsa, odamlarning manfaatlari tolaroq himoya qilinadi. Xalq bilan davlat organlari ortasida ochiq, oshkora muloqot muhiti yuzaga keladi.

Eng asosiysi, xalq vakillari, ijroiya hokimiyati organlari masuliyati yanada ortadi. Qolaversa, qonunlarni qabul qilish jarayonida real hayot bilan solishtirish va eng togri xulosaga kelish imkoni tugiladi.

Sherzod ZULFIQOROV, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi kafedra mudiri, yuridik fanlar nomzodi:

Tantanali marosimda bevosita ishtirok etgan inson sifatida shuni aytishim kerakki, maruzada etibor qaratilgan eng asosiy jihatlardan biri bu qonunlar ijrosini taminlash, yani huquqni qollash amaliyotini rivojlantirishdir. Koplab qonunlar qabul qilinayapti, barcha sohalar boyicha huquqiy asoslar yaratilayapti. Biroq aynan ularning ijrosini taminlash borasida haqiqatan ham muammolar mavjud. Hatto, qabul qilingan qonunni quyidagi ijrochilarga yetkazish bilan bogliq kamchiliklar ham oz emas.

Shavkat Mirziyoyevning maruzasida Adliya vazirligining bu boradagi faoliyati talab darajasida emasligi qayd etildi. Shuningdek, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, qonunlar mazmun-mohiyatini odamlarga tushuntirish masalalari ham oqsayotganiga urgu berildi.

Huquqshunos sifatida shuni aytishim kerakki, qabul qilinayotgan qonunga jamiyatda haqiqatan ham talab bolsa, ehtiyoj bolsa, u sozsiz ishlaydi. Keyingi masala esa bizda qabul qilinayotgan aksariyat qonunlar hujjatlari targib etilmaydi. Yoki muayyan doira bilan cheklanib qolinadi, quyiga yetib bormaydi. Qonun bu faqatgina muayyan qatlam tushunadigan hujjat emas, balki aholining barcha boginlariga yetib boradigan tartib-qoidalar mezoni bolishi kerak.

Jamiyatdagi ayrim muammolar nimaning oqibatida yuzaga keladi? Avvalo, oz huquqini bilmaslik yoki boshqalarning huquqlarini hurmat qilmaslikdan. Misol uchun, ayrim tadbirkorlar oz haq-huquqlarini toliq bilmasliklari tufayli muammolarga duch kelishadi.

Demak, birinchi navbatda, bu masalalarni bartaraf etish uchun qonun hujjatlari targiboti va fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishga yonaltirilgan ishlarimizni kuchaytirishimiz, yangi mexanizmlardan samarali foydalanishimiz talab etiladi.

Qaysi kasb, qaysi sohada ishlashimizdan qati nazar, yoshlarimiz tarbiyasi hammamizga tegishli, ota dolzarb va hayotiy vazifadir.

Boymurod YUSUPOV, Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi Aholi bandligi va ijtimoiy siyosat masalalari bolimi mudiri:

Maruzada aytilganxalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak, degan fikr demokratik islohotlarning tub mohiyatini ochib beradi. Darhaqiqat, insonlarni rozi qilish, manfaatlarini taminlashda ularning murojaatlari bilan ishlash muhim ahamiyatga ega.

Maruzada jumladan, shunday deyiladi: Muxtasar aytganda, odamlar dardini eshitish, ular bilan ochiq muloqotda bolish, ogirini yengil qilish aholining davlat va jamiyatga ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Xosh, bu borada partiyamiz faollari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi deputatlarimizning vazifalari nimalardan iborat? Biz, har bir siyosiy partiya vakillari avvalo ana shu savolga javob berishimiz shart.

Birinchi navbatda, partiyamiz tizimida mavjud bolgan Jamoatchilik qabulxonalari ishini yanada jonlantirishimiz, kerak bolsa, tubdan qayta korib chiqishimiz lozim. Shu orqali odamlarni oylantirayotgan masalalarni oz vaqtida aniqlash, mavjud muammolarni hal etish imkoniyati paydo boladi.

Umuman, odamlar bilan muloqot qilish, ularning dardini eshitish, siyosiy partiyalarning, jumladan, deputatlarning eng ustuvor vazifasiga aylanishi zarur.

Qizilgul QOSIMOVA, xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashidagi Ozbekiston XDP guruhi azosi:

Maruzada aholini ish bilan taminlash, turmush darajasini yuksaltirish, ish haqi, nafaqa, pensiya va stipendiyalar miqdorini tizimli ravishda oshirib borish masalasiga alohida etibor qaratildi. Bu, albatta, aholining yaxshi yashashi, mazmunli hordiq chiqarishi, turli xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi. Aholini ish bilan taminlash nafaqat iqtisodiy, ayni paytda katta ijtimoiy ahamiyatga ega masaladir.

Chunki ishi bor odamning hayoti farovon boladi, ertangi kunga ishonchi mustahkam boladi. Shu manoda, maruzada takidlanganidek, hokimliklar, vazirlik va idoralar, ish beruvchi tashkilotlar bilan bir qatorda bank muassasalari ham bu ishda yanada faol bolishi kerak.

Mamlakatimiz aholisining yarmidan kopi qishloq joylarda yashaydi. Ularning hayot darajasi va sifatini oshirish dolzarb ahamiyatga egadir. Shu sababli maruzada bundan buyon ham qishloq xojaligi sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirishga, yer va suv resurslaridan samarali foydalanishga, ilgor texnologiyalarni joriy etishga asosiy etibor qaratilgani bejiz emas. Bu vazifalar xalq deputatlari Kengashlari, deputatlari zimmasiga ham katta masuliyat yuklaydi.

Umrbek BEKTEMIROV, Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish sektori mudiri:

Yoshlar vakili bolganim uchun biz yoshlarga bogliq fikrlarni alohida hayajon bilan tingladim. Maruza matbuotda elon qilingach, qayta-qayta oqib chiqdim. Zimmamizda juda katta vazifalar turganligini his etdim. Xususan, uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ularni ish bilan taminlash, tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish diqqat markazida bolishi takidlandi.

Bu bejiz emas, albatta. Bugungi tahlikali davrda yoshlarni yoldan uradigan, oz yurti, ota-onasiga qarshi qayraydigan garazli kuchlar oz emas. Yoshlar vakili sifatida shuni aytishim kerakki, bugungi tengdoshlarimiz oz oldiga aniq maqsad qoygan, xorijiy tillarni biladigan, shuningdek, hayotda yuksak marralarni orzu qiladigan yoshlardir va bunga tinimsiz harakat qilishmoqda.

Afsuski, garazli todalar, nopok kuchlar tasiriga tushib qolayotgan tengdoshlarimiz ham yoq emas. Gohida ota-onalarning, atrofdagilarning befarqligi bunga sabab bolyapti.

Yoshlar bilan koproq gaplashish, qalbiga quloq solish, dardini bilish, muammolarini yechish uchun amaliy komak berish muhim ahamiyatga ega.

Maruzada ortaga tashlangan taklif har bir tuman hokimi va tuman ichki ishlar bolimlari rahbarlarining yoshlar bilan ishlash boyicha orinbosari lavozimini joriy etish ayni muddao boladi. Mamlakatimizdagi barcha yoshlar, xususan, Istiqbol yoshlar qanotining 140 mingdan ortiq azolari bu taklifni faol qollab-quvvatlaydi.

Biz yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan ishlarimizni tubdan kuchaytirishimiz, barcha tadbirlarimizni aniq maqsadga yonaltirishimiz, erkin muloqot masalasiga jiddiy etibor qaratishimiz zarur.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Nurali ORIPOV yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: