O'zb  
 
10.12.2016

PREZIDENT SAYLOVINING NATIJALARI ELON QILINDI

2016 yil 9 dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib otdi. Unda shu yilning 4 dekabr kuni bolib otgan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari korib chiqildi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida fuqarolarimiz ozining yuksak siyosiy va fuqarolik pozitsiyasini hamda Vatanimiz taqdiriga daxldorlik tuygusini namoyish etib, ovoz berishda faol ishtirok etganini ta’kidladi.

Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalaridan kelgan bayonnomalarga asosan 2016 yil 4 dekabr kuni bolib otgan ovoz berish jarayonida saylovchilar royxatiga kiritilgan 20 million 461 ming 805 saylovchidan 17 million 951 ming 667 nafari ishtirok etganini aniqladi. Bu royxatga kiritilgan saylovchilar umumiy sonining 87,73 foizini tashkil qiladi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining natijalariga kora, Sarvar Sadullayevich Otamuratovni yoqlab 421 ming 55 saylovchi yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar umumiy sonining 2,35 foizi, Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni yoqlab 15 million 906 ming 724 saylovchi yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar umumiy sonining 88,61 foizi, Xatamjon Abduraxmonovich Ketmonovni yoqlab 669 ming 187 saylovchi yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar umumiy sonining 3,73 foizi, Narimon Majitovich Umarovni yoqlab 619 ming 972 saylovchi yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar umumiy sonining 3,46 foizi ovoz berdi.

Shunday qilib, natijalarga asosan 2016 yil 4 dekabr kuni bolib otgan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Ozbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyev golib chiqdi.

Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-, 117-moddalariga, «Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisida»gi Ozbekiston Respublikasi qonunining 14-, 35-, 36-moddalariga, Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi togrisidagi Ozbekiston Respublikasi qonunining 5-, 9-moddalariga muvofiq Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni Ozbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan, deb hisoblash togrisida qaror qabul qildi.

Majlisda saylov Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari togrisidagi va Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisidagi qonunlarga muvofiq fuqarolarning oz xohish-irodasini erkin bildirish huquqini taminlagan hamda umumiy, teng va togridan-togri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish tamoyillariga rioya qilgan holda bolib otgani takidlandi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik korish va uni otkazish jarayonini 5 xalqaro tashkilot Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari boyicha byurosi, Mustaqil Davlatlar Hamdostligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari uyushmasi va Islom hamkorlik tashkilotidan hamda Amerika, Yevropa, Osiyo va Afrikaning 46 ta davlatidan 600 nafarga yaqin kuzatuvchi kuzatib borgani siyosiy kampaniya demokratiya talablari asosida ochiq va oshkora otganining yorqin dalilidir. Saylov jarayonini monitoring qilishda siyosiy partiyalardan 37 mingdan ortiq kuzatuvchi ham faol ishtirok etdi.

Saylovning ochiqligi va oshkoraligini taminlashda ommaviy axborot vositalari nihoyatda muhim orin tutadi. Prezident saylovini 615 milliy va 272 xorijiy ommaviy axborot vositalari, jumladan, 315 xorijiy va milliy internet nashrlari yoritib bordi. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish boyicha Respublika matbuot markazi va okrug saylov komissiyalarining matbuot markazlari tomonidan mamlakatimiz va chet elning 1 ming 400 nafardan ortiq jurnalisti ishtirokida saylov kampaniyasining muhim bosqichlariga bagishlangan 180 matbuot anjumani va onlayn brifinglar otkazildi. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik korish va uni otkazish bilan bogliq 22 ming 700 dan ziyod maqola va axborot materiallari elon qilindi, korsatuv hamda eshittirishlar efirga uzatildi.

4 dekabr kuni bolib otgan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi mamlakatimiz oz oldiga qoygan buyuk maqsadlar yolida dunyodagi rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan orin egallash, yurtimizni siyosiy va iqtisodiy jihatdan modernizatsiya qilish, xalqimiz uchun erkin, tinch va farovon hayotni taminlash borasida yana bir ulkan qadam qoyganini, tabir joiz bolsa, mustaqil taraqqiyotining yangi davriga kirib borayotganini yaqqol namoyish etdi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: