O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
10.12.2016

SAMIMIY QUTLOVLAR

Mamlakatimizda 2016 yil 4 dekabr kuni bo‘lib otgan saylovda Shavkat Mirziyoyev Ozbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, xorijiy mamlakatlarning taniqli jamoat arboblaridan samimiy tilaklar bildirilgan qutlovlar kelmoqda.

Ozbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram janob Prezident!

Amerika Qoshma Shtatlari nomidan Sizni Ozbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan muborakbod etaman. Mamlakatlarimiz ortasidagi dostlik va hamkorlik aloqalari mamlakatingiz mustaqillikka erishgach, ya’ni 25 yil avval boshlangan. Ozbekiston Respublikasining mustaqilligi, suvereniteti hamda hududiy yaxlitligini qollab-quvvatlashga doir siyosatimiz bugun ham davom etmoqda.

Sizning Prezident etib saylanishingiz Ozbekiston uchun muhim davrni boshlab berdi. Sizning mintaqada hamkorlikni rivojlantirish hamda xalqaro munosabatlarda muvozanatni saqlashga qaratayotgan alohida etiboringizni qollab-quvvatlayman. Shuningdek, Prezident vazifasini bajaruvchi sifatida muhim sohalarda, shu jumladan, iqtisodiyot va qonun ustuvorligi sohalarida Siz boshlagan ishlarni katta mamnuniyat bilan qayd etaman.

Hukumatingiz bilan ornatilgan hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdormiz hamda ushbu aloqalarni yanada chuqurlashtirish uchun yangi imkoniyatlarni ishga solamiz. Ozaro umumiy manfaatlarimizni hisobga olib, mamlakatlarimiz farovonligi yolida birgalikdagi ishlarimizni davom ettiramiz, degan umiddaman.

Samimiyat bilan,

Barak OBAMA,

Amerika Qoshma Shtatlari Prezidenti

Ozbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Janobi Oliylari!

Sizni Ozbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz munosabati bilan tabriklayman. 2016 yil 4 dekabr kuni bolib otgan saylovni yuksak darajada, Konstitutsiyaga muvofiq tashkil etgan Ozbekiston xalqi tahsinga loyiq.

Mening vakolatlarim oz yakuniga yetayotgani munosabati bilan, fursatdan foydalanib, iqlim ozgarishi, yadroviy qurolsizlanish hamda xalqaro tinchlik va xavfsizlikni taminlash kabi qator masalalarda BMT va Ozbekiston Respublikasi hukumati ortasidagi hamkorlik uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. Toshkentda bolib otgan uchrashuvlarimizni mamnuniyat bilan eslayman.

Sizga Ozbekistonning kelgusi siyosiy va ijtimoiy taraqqiyotida davlat rahbari sifatida ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Ishontirib aytamanki, janob Antoniu Guterresh boshchiligida BMT, shu jumladan, Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya boyicha mintaqaviy markaz Ozbekiston hukumati va xalqi bilan hamkorlikni davom ettiradi.

Janobi Oliylari, Sizga bolgan yuksak hurmat va ehtiromimni qabul qilgaysiz.

Pan Gi MUN,

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi

Ozbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Janobi Oliylari!

Hindiston hukumati va xalqi nomidan Sizni 2016 yil 4 dekabr kuni bolib otgan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovidagi galabangiz bilan chin dildan muborakbod etaman.

Hindiston va Ozbekiston ortasida samarali, uzoq muddatli dostlik va hamkorlik rishtalari ornatilgan bolib, keyingi yillarda ular yanada mustahkamlandi va yangi bosqichga kotarildi. Ishonamanki, ozaro manfaatli aloqalarimiz bundan buyon ham rivojlanib boraveradi.

Fursatdan foydalanib, Siz Janobi Oliylariga muvaffaqiyatlar, Ozbekiston xalqiga eng ezgu tilaklarimni bildiraman.

Janobi Oliylari, Sizga bolgan yuksak hurmatimni qabul qilgaysiz.

Pranab MUKERJI,

Hindiston Respublikasi Prezidenti

Ozbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Janobi Oliylari!

Sizning Ozbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz va xalqingiz qollab-quvvatlagani bilan samimiy tabrigimni qabul qilgaysiz. Ozbekiston Sizning rahbarligingizda taraqqiyot va farovonlik yolini davom ettirishiga ishonaman. Siz kop yillar mamlakatning Bosh vaziri sifatida samarali faoliyat korsatdingiz.

1992 yil Koreya Respublikasi va Ozbekiston Respublikasi ortasida diplomatik munosabatlar ornatilganidan buyon dostona munosabatlarimiz muntazam rivojlanib borayotgani muhim ahamiyatga ega. Yaqinda barpo etilgan Surgil gaz-kimyo majmuasi kabi muvaffaqiyatli loyihalarimiz va ozaro manfaatli hamkorligimiz yanada kengayishiga ishonaman.

Kelgusi yil mamlakatlarimiz ortasida diplomatik munosabatlar ornatilganining 25 yilligi va koreyslarning Markaziy Osiyoga kochishining 80 yilligini nishonlaymiz, dostlik va ozaro ishonchga asoslangan strategik sheriklik munosabatlarimiz yanada chuqurlashishiga umid qilaman. Siz, Janobi Oliylariga sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar, Ozbekiston Respublikasiga abadiy farovonlik tilayman.

Pak Kin XE,

Koreya Respublikasi Prezidenti

Ozbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janoblari!

Sizning Ozbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan samimiy tabrigimni qabul qilgaysiz.

Ozbekiston Respublikasini siyosiy, xavfsizlik va ayniqsa, iqtisodiy sohada hamkorlik nuqtai nazaridan, Chexiya Respublikasining Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng muhim sheriklaridan biri, deb bilaman. Mamlakatlarimiz ortasidagi iqtisodiy hamkorlikning osish suratlari izchil davom etmoqda. Ammo hamkorligimizning barcha sohalarida mavjud imkoniyatlar hali toliq ishga solinmagan degan fikrimga qoshilasiz, deb oylayman.

Shu munosabat bilan Sizning barcha darajada, jumladan, oliy darajadagi siyosiy muloqotni jadallashtirish zarurligi togrisidagi sozlaringizni maqullayman va toliq qollab-quvvatlayman. Bu Chexiya bilan Ozbekiston ortasida barcha sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun muhim asos bolib xizmat qiladi.

Shundan kelib chiqqan holda, Siz, Janobi Oliylarini ozingizga qulay vaqtda Chexiya Respublikasiga tashrif bilan kelishga taklif etaman. Chexiya Respublikasi va Ozbekiston Respublikasi ortasidagi ananaviy samimiy munosabatlar bundan buyon ham dostlik, hamkorlik va ozaro hurmat ruhida yanada rivojlanishiga ishonaman. Pragada boladigan uchrashuvimiz Chexiya va Ozbekistonning ozaro munosabatlarini yanada chuqurlashtirish imkonini berishiga ishonaman.

Siz, Janobi Oliylariga mustahkam soglik va Ozbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimida ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Hurmat bilan,

Milosh ZEMAN,

Chexiya Respublikasi Prezidenti

Ozbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janoblari!

Sizning Ozbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan samimiy tabriklash va ozimning eng ezgu tilaklarimni izhor etishga ruxsat bergaysiz.

Mamlakatlarimiz ortasida ornatilgan siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar kelajakda yanada mustahkamlanishi va kop tomonlama hamkorligimiz kengayishiga ishonaman.

Muhtaram Prezident Janoblari! Sizning masuliyatli faoliyatingizda mustahkam soglik, ulkan muvaffaqiyatlar, Ozbekiston xalqiga yanada farovonlik tilayman.

Hurmat bilan,

Yanosh ADER,

Vengriya Prezidenti

Ozbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Janobi Oliylari!

Singapur xalqi nomidan Siz, Janobi Oliylarini Ozbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan samimiy tabriklayman.

Siz, Janobi Oliylarining ushbu lavozimga saylanganingiz Ozbekiston xalqining Sizga mohir va dono Prezident sifatida ishonchining ifodasidir. Ozbekiston Sizning rahbarligingizda taraqqiyot yolini dadil davom ettirishiga ishonaman.

Ozbekiston va Singapur ortasida samimiy munosabatlar yolga qoyilgan va mamlakatlarimiz turli xalqaro forumlar doirasida samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Mamlakatlarimiz va xalqlarimiz ortasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish maqsadida Siz bilan hamkorlikda ishlash imkoniyatini sabrsizlik bilan kutib qolaman.

Masuliyatli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman.

Samimiyat bilan,

Toni Tan Keng YAM,

Singapur Respublikasi Prezidenti

Ozbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Janobi Oliylari!

Men va rafiqam Siz, Janobi Oliylarini Prezident saylovida galaba qozonganingiz va xalqingizning yuksak ishonchiga sazovor bolganingiz bilan samimiy tabriklaymiz.

Janobi Oliylari, Sizga mustahkam soglik, omonlik va davlat rahbari sifatidagi faoliyatingizga muvaffaqiyatlar, Ozbekiston xalqiga abadiy tinchlik va farovonlik tilaymiz.

Siz, Janobi Oliylariga bolgan yuksak hurmatimizni qabul qilgaysiz.

Al-Mutasimu Sulton Badlishoh Yang di-Pertuan AGONG XIV,

Malayziya Qiroli

Ozbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Shavkat Miromonovich!

Vetnam Sotsialistik Respublikasi hukumati va xalqi nomidan Sizning Ozbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan samimiy tabrigimni yollayman.

Ozbekiston xalqi mamlakatni barqarorlashtirish va rivojlantirish borasida erishayotgan yutuqlarni har doim qiziqish bilan kuzatib boramiz va quvonamiz. Sizning rahbarligingizda Ozbekiston xalqingiz manfaati, mintaqada tinchlik va farovonlik yolida barqaror izchil rivojlanishni davom ettirishiga aminman.

Vetnam va Ozbekiston ortasidagi ananaviy dostlik munosabatlari va serqirra hamkorlikning yanada mustahkamlanishi xalqlarimizning umumiy manfaati va istaklariga xizmat qilishiga ishonaman.

Hurmatli Shavkat Miromonovich, Sizga mustahkam soglik, baxt-saodat va davlat rahbari sifatidagi masuliyatli faoliyatingizga muvaffaqiyatlar tilayman.

Ehtirom bilan,

Chan Day KUANG,

Vetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidenti

Shuningdek, quyidagilar oz tabriklarini yollagan:

Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi — Valentina Matviyenko

Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vazirining orinbosari, ichki ishlar vaziri Sayf bin Zoid Ol Nahayon

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xojaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Joze Gratsianu da Silva

Yevropa parlamenti deputati Iveta Grigule

Yevropa parlamenti deputati Andrey Mamikins

«MAXAM» kompaniyasi raisi va bosh direktori Xose Fernando Sanches-Xunko

Ispaniya sanoat jihozlari ishlab chiqaruvchilar uyushmasi bosh direktori Xuan Ramon Duran Pablo

Saudiya Arabistonida yashayotgan vatandoshlarimiz.

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: