O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
08.12.2016

SAMIMIY QUTLOVLAR

Mamlakatimizda 2016 yil 4 dekabr kuni bo‘lib otgan saylovda Shavkat Mirziyoyev Ozbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, xorijiy mamlakatlarning taniqli jamoat arboblaridan samimiy tilaklar bildirilgan qutlovlar kelmoqda.

Ozbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Shavkat Miromonovich!

Sizni Ozbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Ovoz berish yakunlari yurtdoshlaringiz Sizning mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va xalq farovonligini yuksaltirishga qaratilgan bunyodkorlik ishlaringizni ijobiy baholashidan dalolatdir.

Belarus – Ozbekiston hamkorligini kengaytirish borasida amaliy muloqot va samarali ishlarni birgalikda davom ettirishdan manfaatdormiz.

Muhtaram Shavkat Miromonovich, Sizga mustahkam soglik, Ozbekiston Respublikasining farovonligi uchun belgilangan barcha rejalarni amalga oshirishda, oliy davlat lavozimida ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Ehtirom bilan,

Aleksandr LUKASHENKO,

Belarus Respublikasi Prezidenti

Ozbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Shavkat Miromonovich!

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan samimiy tabriklarimni qabul qilgaysiz.

2016 yil 4 dekabr kuni bolib otgan saylovda ishonchli galaba qozonganingiz Ozbekiston xalqi Sizga ishonishi va qollab-quvvatlashidan dalolatdir. Sizning rahbarligingizda Ozbekiston Respublikasi bundan buyon ham barqaror va izchil rivojlanishiga ishonaman.

Sizning Prezident etib saylanganingiz Qirgiziston Ozbekiston munosabatlarida yangi sahifa ochish va mamlakatlarimiz ortasidagi amaliy muloqotni Qirgiziston Respublikasi bilan Ozbekiston Respublikasi ortasida abadiy dostlik togrisidagi shartnoma asosida ozaro manfaatli hamkorlik ruhida izchil davom ettirish imkoniyatini yanada kengaytiradi, deb umid qilaman.

Muhtaram Shavkat Miromonovich, Sizga mustahkam soglik va davlat rahbari sifatidagi faoliyatingizga muvaffaqiyatlar, Ozbekiston xalqiga tinchlik va farovonlik tilayman.

Hurmat bilan,

Almazbek ATAMBOYEV,

Qirgiziston Respublikasi Prezidenti

Ozbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Siz, Janobi Oliylarini Ozbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Sizning Ozbekiston rahbari sifatidagi faoliyatingiz davomida xalqlarimiz manfaati yolida ozaro aloqalar yanada mustahkamlanishiga qatiy ishonamiz.

Ozbekistonning yanada taraqqiy etishi va farovonligi, xalqingizning porloq kelajagi yolidagi faoliyatingizga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Ehtirom bilan,

Qobus bin SAID,

Omon Sultoni

Ozbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Janobi Oliylari!

Siz Janobi Oliylarining Ozbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingizdan bagoyat mamnunman. Shu quvonchli daqiqalarda Sizga va Siz orqali butun Ozbekiston xalqiga ozimning samimiy tabriklarimni yollayman. Men Ozbekiston Respublikasi Sizning bevosita rahnamoligingizda yanada ulkan yutuqlarni qolga kiritishi va xalqingizning barcha ezgu maqsadlari royobga chiqishiga ishonaman.

Bangladesh va Ozbekiston ortasida samarali munosabatlar mavjudligini mamnuniyat bilan takidlayman. Kelgusida Sizning buyuk yurtingiz bilan ozaro hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyorligimizni izhor etaman. Men xalqlarimiz manfaatlari yolida Siz bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanimni takidlamoqchiman.

Sizga mustahkam soglik va baxt-saodat, Ozbekiston xalqiga bardavom tinchlik, taraqqiyot va farovonlik tilayman.

Sizga bolgan yuksak hurmat va ehtiromimni qabul qilgaysiz.

Abdul HAMID,

Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti

Ozbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Janobi Oliylari!

Sizni Ozbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan samimiy tabriklayman. YeXHT bilan Ozbekiston ortasida yaqin hamkorlik yolga qoyilgan va Sizning rahbarligingizda ozaro manfaatli ushbu munosabatlarni yanada rivojlantirishimizga ishonaman.

Bugun barchamiz xavfsizlik borasida koplab global tahdidlar bilan yuzma-yuz kelayotganimizda YeXHT mintaqasida tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash yolidagi hamkorligimiz davom etishiga ishonamiz. YeXHT Ozbekistonda oz prinsip va majburiyatlarini amalga oshirishni davom ettirishga tayyor.

YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari boyicha byurosi Ozbekistonga Prezident saylovini kuzatish missiyasini amalga oshirishga taklif etilgani uchun oz minnatdorligimni bildirishga ruxsat bergaysiz. Siz YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari boyicha byurosi bilan amaliy hamkorlikni davom ettirishingizga ishonaman.

Ozbekistonning Markaziy Osiyo va, umuman, YeXHT makonida tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga salmoqli hissa qoshayotganini va tashkilot faoliyatida yanada faol ishtirok etishini qollab-quvvatlaymiz. Ushbu masalalarni Siz bilan muhokama qilish imkoniyati paydo bolishini kutib qolaman.

Janobi Oliylari, Sizga bolgan yuksak hurmatimni qabul qilgaysiz.

Ehtirom bilan,

Lamberto ZANER,

YeXHT Bosh kotibi

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: