O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
08.12.2016

OZBEKISTON XALQ SHOIRI ERKIN VOHIDOV TAVALLUDINING 80 YILLIGINI NISHONLASH TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Ozbek adabiyoti va madaniyati rivojiga unutilmas hissa qoshgan atoqli shoir va adib, taniqli davlat va jamoat arbobi, Ozbekiston Qahramoni Erkin Vohidov ijodiy merosining yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi ulkan ahamiyatini inobatga olib hamda shoir tavalludining 80 yilligini keng nishonlash va xotirasini abadiylashtirish maqsadida:

1. Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika Ma’naviyat targibot markazi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati va jamoatchilik vakillarining Ozbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini mamlakatimiz miqyosida keng nishonlash va xotirasini abadiylashtirish togrisidagi taklifi maqullansin.

2. Ozbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligiga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha tashkiliy qomita tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Ozbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligiga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha tashkiliy qomita on kun muddatda tegishli vazirlik va idoralar, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Ozbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini keng nishonlashga doir tegishli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin, unda:

Ozbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning ozbek tilida Saylanma asarlarini, ingliz va qoraqalpoq tillariga tarjima qilingan sheriy toplamlarini nashrga tayyorlash va chop etish;

Ozbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov hayoti va ijodiy faoliyati haqida hujjatli film yaratish;

Ozbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov haykalini yaratish va uni belgilangan tartibda ornatish;

Toshkent shahridagi Ozbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov yashagan uyda yodgorlik lavhasi ornatish;

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat ozbek tili va adabiyoti universitetida Erkin Vohidov ijodining manaviy hayotimizdagi orni va ahamiyati mavzusida ilmiy konferensiya otkazish;

mamlakatimizdagi oliy va orta maxsus, kasb-hunar, umumiy orta talim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli adib va olimlar, sanatkorlar ishtirokida uchrashuvlar, adabiy kechalar tashkil etish;

respublika teatrlarida Ozbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov asarlari asosidagi spektakllarni qayta sahnalashtirish;

2016 yil dekabr oyining oxirgi on kunligida Ozbek Milliy akademik drama teatrida Ozbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligiga bagishlangan adabiy-badiiy xotira kechasini otkazish tadbirlari nazarda tutilsin.

4. Ozbekiston Milliy axborot agentligi, Ozbekiston milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ozbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov hayoti va ijodi togrisida turkum korsatuvlar hamda radioeshittirishlar tayyorlash, matbuotda maqolalar chop etish va yubiley tadbirlarini keng yoritish tavsiya etilsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.M.Sultonov va Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi

Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2016 yil 7 dekabr


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: