O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
06.12.2016

OZBEKISTONDA SAYLOV JARAYONLARINI YORITISH UCHUN YARATILGAN SHAROIT MENI LOL QOLDIRDI

Saylov jarayonlarini keng va tezkorlik bilan yoritish uchun yurtimizda birinchi marta «Press klub: Saylov.uz — 2016» tashkil qilinganidan xabaringiz bor, albatta. Bu yerda ertalabdan kechgacha ish qaynaydi, jurnalistlar tinim bilmaydi. Kecha ertalab Rossiya-24 va Rossiya-1 telekanallarining maxsus muxbiri Robert Fransev efirga to‘gridan-togri reportaj uzatayotganining ustidan chiqdik.

Undan intervyu olish uchun biroz kutib turdik.

Ozbekistonga ikkinchi marta kelishim, dedi suhbatdoshimiz sozining avvalida. Birinchisi, yaqinda bolib otgan Poliz mahsulotlari xalqaro yarmarkasiga tasvirga olish guruhimiz bilan birga kelgan edik. Oshanda Toshkent bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bolganmiz. Mehmondost xalqi, zamonaviy shaharlari, keng va ravon kochalariga ega bunday maftunkor diyorga yana bir marta kelishni konglimizga tugib ketgandik. Niyatimiz xolis ekan, mana, yana gozal Toshkentdamiz.

Ozbekistondagi saylovga tayyorgarlik jarayonlari haqida fikringizni bilmoqchi edik?

Albatta, saylov jarayonlarida ilk marta ishtirok etyapmiz. Biz, Rossiya jurnalistlari guruhi 24 nafardan iboratmiz. Bir hafta davomida saylov bilan bogliq jarayonlarni muntazam yoritib bordik. Shu bilan birga, yurtingiz hayoti, uning oddiy odamlari haqidagi bir qancha lavha va reportajlar tayyorlab, Rossiya-24 hamda Rossiya-1 kanallarida namoyish etishga erishdik.

Saylov kuni biz kordik, saylovchilarning 90 foizga yaqini ovoz berdi. Bu korsatkich Rossiya va yevropalik tomoshabinlarga, fuqarolarga gayritabiiy tuyulishi mumkin. Chunki biz bunday yuqori natijalarga konikmaganmiz. Saylov jarayonlarining yuksak saviyada va kotarinkilik bilan otganiga shaxsan guvoh boldik. Ertalab soat 6 dan boshlab odamlar saylov uchastkalariga oz xohishlari bilan, farzandlarini yetaklagancha kelishlari ularda
Vatan taqdiriga daxldorlik hissi naqadar yuksakligini korsatdi. Bu saylov qayerdadir Gamburg, Parij yoki boshqa joyda bolganda yakshanba kuni shuncha odamning faolligini tasavvur qilishning ozi qiyin.

Buning birinchi sababi an’ana bolsa, ikkinchisi, xalqaro kuzatuvchilar hamda ekspertlar etirof etganidek, saylovoldi targibot-tashviqot ishlarining yuqori darajada olib borilganida, deb bilaman. Saylovchilarga ovoz berish jarayoni, tartibi va manzillari haqida uzluksiz, batafsil malumotlarni yetkazib borish boyicha Markaziy saylov komissiyasi hamda jurnalistlarning mehnatlari tahsinga sazovordir.

Shuningdek, saylov uchastkalarida yaratilgan sharoitlarga ham toxtalib otmoqchiman. Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun alohida qulayliklar, ona va bola xonasi, dam olish xonalarining hozirlangani tayyorgarlik yuksak tashkil qilinganini anglatadi. Bu esa saylovchilarning oz fuqarolik burchlarini sidqidildan bajarishiga turtki boldi, deb hisoblayman.

Saylov kampaniyasi hamda ovoz berish jarayonlarini yoritish yuzasidan nima deya olasiz?

Aytish kerakki, eng katta kuchimizni saylov kuniga asradik. Chunki Prezident saylovi har bir davlat uchun eng muhim siyosiy voqea sanaladi. Shuning uchun 4 dekabr kuni Rossiya-24 kanalida har ikki soatda saylov uchastkalaridan reportajlar berib bordik. Rossiya-1 kanalida togridan-togri efir orqali ovoz berish jarayonini batafsil yoritib bordik. Imkon qadar mamlakatingiz uchun muhim bolgan siyosiy voqeani rossiyalik tomoshabinlarga uzluksiz ravishda yetkazishga harakat qildik.

Ozbekistonlik hamkasblarimizga va Press klub faoliyatini yuqori darajada tashkil qilgan tashkilotchilarga alohida minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Biz boshqa koplab davlatlarda, xususan, Markaziy Osiyo hamda Yevropada parlament va prezidentlik saylovlarida ishtirok etganmiz. Ishonch bilan ayta olamanki, Ozbekistonda jurnalistlar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlarni boshqa hech qayerda kormaganmiz. Press klub yuqori tezlikdagi internet tarmogi, zamonaviy texnikalar bilan taminlangani bizga maksimal darajada qulaylik yaratdi, ozbekistonlik hamkasblarimiz bilan birga keng kolamli va samarali ish olib borishga erishdik.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Zilola UBAYDULLAYEVA

suhbatlashdi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: