O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
06.12.2016

OZBEKISTONDA SAYLOV XALQARO MEYORLAR DARAJASIDA TASHKIL ETILDI

Buni xorijlik kuzatuvchilar alohida e’tirof etishdi

Prezident saylovi har bir mamlakatning ertangi kunini belgilab beruvchi muhim voqeadir. Unda xalq o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etadi. Bu yilgi saylov mamlakatimizning barcha hududlarida kotarinki ruhda tashkil etildi. Buni xorijlik kuzatuvchilar, ekspertlar va mutaxassislar alohida etirof etishdi.

Gao Yuyshen, Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi maxsus topshiriqlar boyicha elchisi:

— Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Prezident sayloviga tayyorgarlik korish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar yuqori bahoga munosib.

Dastlabki kuzatuvlardan shunga amin boldimki, joriy saylov muddatidan oldin otkazilayotganiga qaramasdan otgan qisqa davrda uni milliy qonunchilik hamda umumetirof etilgan xalqaro meyorlarga muvofiq tarzda otkazish boyicha katta ishlar amalga oshirilgan. Bu Ozbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etish boyicha tajriba toplanganidan dalolat beradi. Qolaversa, Markaziy saylov komissiyasi, okrug va uchastka saylov komissiyalari azolarining yuqori malakaga ega ekani saylovning muvaffaqiyatli otkazilishini kafolatladi.



Chon Chjon Sop, Koreya Respublikasi Milliy assambleyasi deputati:

Mamlakatingizdagi saylov jarayonini kuzatib, saylovchilar uchun teng imkoniyatlar yaratilganining guvohi boldim. Saylov uchastkalaridagi onalar va bolalar xonasi, tibbiyot xonasi menda yaxshi taassurot qoldirdi. Bunday qulayliklar saylovning yuqori tashkiliy darajada otishiga xizmat qildi, deb oylayman.

Qolaversa, imkoniyati cheklangan kishilar uchun ham sharoitlar yaratilgani quvonarli. Saylov uchastkalarining panduslar bilan jihozlangani, brayl alifbosidagi saylov byulletenlarining chop etilgani etiborga molik. Bu har bir fuqaro saylovda erkin qatnashishi, ozi munosib korgan nomzodga shaxsan ozi ovoz berishi uchun xizmat qiladi.



Safi Ismail Yunus, (Turkiya):

Ozbekistondagi saylov jarayonlarida ikkinchi marta qatnashishim. Bu yilgi saylov ham oldingi saylovlar kabi ochiq-oshkora, xalqaro standartlarga mos ravishda otdi. Bundan buyon ham qardosh xalqlarning munosabatlari yanada mustahkamlanadi, deb oylayman.

Saylov kuni Fargona viloyatida boldim. Aholining saylovda kotarinki kayfiyatda ishtirok etgani, saylov uchastkalaridagi shart-sharoitlar meni juda quvontirdi. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va jahon hamjamiyati tomonidan etirof etilgan demokratik tamoyillarning amaldagi yana bir ifodasi boldi.




Mayelin De Lara, Diplomat Magazine jurnali bosh muharriri (Nederlandiya):

Ozbekiston haqidagi tasavvurim yurtingizga kelmasimdan avval paydo bolgan. Boisi Bristol elchixonasi bilan yaxshi aloqalarimiz bor. U yerda xodimlar juda fidoyilik bilan ishlaydi. Bunga qoyil qolaman, albatta. Meni Toshkent shahridagi «Minor» masjidi mukammalligi bilan maftun qildi. Qadimiy Buxoroga tashrifim esa, yurtingizga muhabbatimni yanada oshirdi. Taassurotlarimni soz bilan ifoda etishim qiyin.

Ozbekiston saylov qonunchiligi bilan tanishib, uning xalqaro umumetirof etilgan meyorlarga mos ravishda ishlab chiqilganini bilgandim. Bu yerga tashrif buyurgach, qogozdagi gaplarning amaliy ifodasini korib, hayotga toliq tatbiq etilganiga ishonch hosil qildim. Saylov kampaniyasi kutganimdan ham yuqori saviyada tashkillashtirilganiga guvoh boldim. Eng rivojlangan davlatlarda ham bundan ortiq bolmaydi.

Saylov kuni bir qancha saylov uchastkalarida boldik. Odamlar faollik va uyushqoqlik bilan tong sahardan ovoz berishga kela boshladi. Yosh bolali ayollar uchun maxsus xonalarning tashkil etilganini korib, yurtingiz fuqarolariga teng imkoniyatlar yaratilganiga ishonch hosil qildim.

Rayner Riyenmyuller, Grats nomidagi tibbiyot universiteti professori (Avstriya):

Ozbekiston Prezidentligiga nomzodlar tortta partiyadan korsatilgani va ular oziga xos dasturiy yonalishlarga egaligi xalqaro meyorlarga tola mos keladi. Har bir nomzodning Saylovoldi dasturi bilan tanishib chiqdim. Ularning siyosiy qarashlari, goyalari turlicha bolsa-da, barchasini bir jihat boglab turganini angladim. Bu mamlakatni yanada rivojlantirish, taraqqiyotning yuqori choqqilariga olib chiqishga qaratilgan takliflarda namoyon bolgan.

Ozbekiston ovozi muxbirlari

Gulruh ODASHBOYEVA

Zilola UBAYDULLAYEVA, yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: