O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
06.12.2016

SAYLOVCHILAR FAOLLIGI DEMOKRATIK ISLOHOTLAR IFODASI

Mamlakatimizda Prezident saylovini kuzatgan xorijlik kuzatuvchilar, xalqaro tashkilotlar vakillari va ekspertlar «Press klub: Saylov.uz — 2016» press-klubida ham bo‘lib, bu yerda tashkil etilgan matbuot anjumanlari va brifinglarda qatnashdi. OzA muxbiri ularning ayrimlari bilan suhbatlashdi.

Edgar KLOZE, Brandenburg Texnologiyalar va innovatsiyalarni rivojlantirishni qollab-quvvatlash instituti prezidenti (Germaniya):

Ozbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan, mashhur besh tamoyilga asoslangan taraqqiyotning ozbek modeli asosida mamlakatingiz barcha sohalarda yuksak natijalarga erishmoqda. Mamlakatingizda olib borilayotgan islohotlar zamirida, avvalo, inson manfaatlarini ta’minlash, xalq farovonligini oshirishdek olijanob maqsadlar kozlangan.

Poytaxtingizdagi 409, 213, 348-saylov uchastkalarida bolib, ovoz berish jarayoni bilan tanishdim. Saylovchilar erta tongdan saylov uchastkalariga kelib, oz nomzodiga ovoz berdi. Ularning kayfiyati baland, saylayotgan nomzodiga ishonchi mustahkam.

Mazkur saylov Ozbekiston taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqishiga xizmat qilishi shubhasiz. Odamlarda mamlakat taqdiriga daxldorlik tuygusi ortgani yaqqol kozga tashlandi. Bu mamlakatingizda demokratik islohotlar amaliy natijalar berayotganining ifodasidir.

Ahmed Nubi MUSA, Misr Arab Respublikasi axborotlashtirish ishlari vaziri orinbosari:

Saylovda tortta partiyadan nomzod teng sharoitlarda raqobatlashgani Ozbekistonda demokratik andozalar darajasidagi professional saylov tizimi yaratilganidan dalolatdir.

Saylovni biz bilan kelgan bir guruh jurnalistlar ham kuzatdi. Matbuot anjumanlaridan, joylardan tezkor reportajlar berib bordi. Bu ham saylovning adolatliligi, ochiq-oshkoraligining isboti.

Li Ji YoN, Xanguk xorijiy tillar universitetining Markaziy Osiyo kafedrasi mudiri (Koreya Respublikasi):

Ozbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov mamlakatning mustaqil rivojlanish yolini belgilab berdi. Bugun xalqingiz bu yolda yuksak marralarni qolga kiritayotir.

Saylovda yoshlar faol ishtirok etgani tahsinga sazovor. Ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qurilayotgan zamonaviy madaniyat va sanat maskanlari, institut va universitetlar yosh avlodning kelajagi, hech kimdan kam bolmay yashashi uchun asos bolib xizmat qiladi.

Ozbekiston Prezidenti saylovini kuzatish uchun onlab davlat va qator xalqaro tashkilotlar vakillari kelgan. Ular ushbu saylov qanday otganini oz mamlakati va butun dunyoga yoyadi. Bu tadbir natijalari Ozbekiston uchun, xalqingiz uchun xayrli bolishini, mamlakatingiz yanada ulkan muvaffaqiyatlarni qolga kiritishini tilayman.

OzA muxbiri

Matnazar ELMURODOV

yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: