O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
06.12.2016

XALQARO KUZATUVCHILAR MISSIYALARI OZ XULOSALARINI BAYON QILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish boyicha Respublika matbuot markazida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik korish va uni otkazish jarayonini kuzatib borgan xalqaro tashkilotlar missiyalarining yakuniy matbuot anjumanlari bolib otdi.

Shanxay hamkorlik tashkiloti kuzatuvchilari missiyasi matbuot anjumanida missiya rahbari, ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov missiyaning Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalariga bagishlangan bayonotini oqib eshittirdi.

R.Alimov tashkilot kuzatuvchilari saylov kampaniyasining borishi, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha asosiy tadbirlar dasturi ijrosi bilan tanishganini ta’kidladi. Missiyaga Prezidentlikka nomzodlar va ularning saylovoldi dasturlari haqida toliq axborot taqdim etildi.

Missiya bayonotida Prezidentlikka nomzodlarga ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda teng imkoniyatlar berilgani, saylovoldi tashviqotini olib borishda qonunni buzish holatlari aniqlanmagani qayd etilgan.

Ovoz berish jarayoni va saylov yakunlarini sarhisob qilishni xolis baholash maqsadida missiya uchastka saylov komissiyalarining faoliyati bilan ham tanishdi. Oz faoliyati davomida missiya 13 saylov okrugida 235 saylov uchastkasida boldi. Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Markaziy saylov komissiyasi rahbariyati, turli darajadagi saylov komissiyalari azolari, saylovchilar, mahalliy kuzatuvchilar, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari vakillari, xorijiy davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilari missiyalari azolari bilan uchrashuvlar otkazdi.

ShHT kuzatuvchilari missiyasi bayonotida saylov qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish borasida amalga oshirilgan songgi yillardagi islohotlar yuqori baholandi.

Anjumanda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik korish va uni otkazishga bagishlangan materiallarning ozbek, qoraqalpoq, qozoq, rus, tojik tillarida tarqatilgani, ommaviy axborot vositalari orqali 15 tilda chop etilganiga etibor qaratildi.

Missiya ovoz berish kuni yoshlarning yuqori faolligini, shuningdek, saylovda birinchi marta ishtirok etayotgan yosh avlod vakillariga uchastka saylov komissiyalari tomonidan alohida etibor korsatilganini qayd etadi.

Missiya kuzatuv yakunlari boyicha Prezident saylovi Ozbekiston Respublikasining saylov qonunchiligi, Markaziy saylov komissiyasining meyoriy-huquqiy hujjatlari va Ozbekiston oz zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlarga tola muvofiq holda, ochiq hamda demokratik vaziyatda otgani takidlandi.

Milliy saylov qonunchiligi meyorlariga zid keladigan qonunbuzilish holatlari missiya tomonidan qayd etilmadi.

Mustaqil Davlatlar Hamdostligi kuzatuvchilari missiyasining matbuot anjumanini MDH Ijroiya qomitasi raisi – ijrochi kotibi Sergey Lebedev boshqardi.

S.Lebedev Ozbekiston milliy saylov qonunchiligiga keyingi yillarda kiritilgan ozgartishlar uni yanada takomillashtirganini takidladi.

— Biz saylov jarayonini erkin kuzatishimiz uchun barcha sharoit yaratib berildi, dedi Sergey Lebedev. Saylov komissiyalari, huquqni muhofaza qilish organlari vakillari bilan uchrashdik, fuqarolar, siyosiy partiyalar kuzatuvchilari bilan suhbatlashdik. Ozbekistonning barcha hududlarida bolib, joylarda saylovga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdik, ovoz berish jarayonini kuzatdik. Saylov yuksak saviyada tashkil etilganiga guvoh boldik. Siyosiy partiyalar kuzatuvchilari va xalqaro ekspertlar bilan fikr almashib, saylov ochiq va oshkora otgani haqida yakdil xulosaga keldik.

Missiya vakillarining takidlashicha, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qisqa muddatda katta hajmdagi ishlar amalga oshirilgan. Bunda milliy saylov qonunchiligiga kiritilgan songgi ozgartish va qoshimchalar, ommaviy axborot vositalari bilan ishlash yanada takomillashgani alohida qayd etildi. Okrug saylov komissiyalari matbuot markazlari, mamlakat saylov amaliyotida birinchi marta “Press klub: Saylov.uz 2016” press-klubi faoliyatining yolga qoyilgani, MDH kuzatuvchilari fikricha, boshqa mamlakatlar uchun namuna bolib xizmat qilishi mumkin.

MDH kuzatuvchilarida yoshi ulug kishilar bilan bir qatorda yoshlar ham saylovda birday faollik korsatgani katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, ilk bor ovoz bergan 550 mingdan ziyod yigit-qizning saylovchilar royxatida alohida qayd etilgani diqqatga sazovor. Saylov uchastkalariga kela olmaganlarning ovoz berishi va muddatidan oldin ovoz berish uchun yaratilgan sharoitlar yuksak darajada tashkil etildi.

* * *

Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi kuzatuvchilari missiyasining matbuot anjumanini missiya rahbari, assotsiatsiya Bosh kotibi Kim Yon Xi boshqardi.

4 dekabr saylov kuni missiya vakillari Toshkent va Buxoro shaharlaridagi saylov uchastkalarida bolib, ovoz berish hamda ularni sanab chiqish jarayonini kuzatgani takidlandi. Missiya rahbarining fikricha, saylov yuksak tashkiliy darajada otdi, saylovchilar ovoz berishda faol ishtirok etdi, ovozlarni sanab chiqish jarayoni ochiq va oshkora amalga oshirildi.

Kuzatuv davomida saylov qonunchiligi buzilganiga guvoh bolmadik, dedi Kim Yon Xi. Saylov uchastkalarida ovoz berish uchun barcha shart-sharoit yaratilgan, komissiya azolari yuqori tayyorgarlikka ega. Yuqori elektoral faollik aholining mamlakat kelajagi uchun oz saylov huquqini amalga oshirishdan manfaatdorligidan dalolat beradi. Bu Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov kampaniyasining barcha bosqichlari yuqori darajada tashkil etilganini korsatadi.

* * *

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari boyicha byurosi kuzatuvchilari missiyasi Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisidagi bayonotini elon qildi.

Missiya rahbari, elchi Yoxan Peter Traugott Teyler Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, okrug va uchastka saylov komissiyalari tomonidan samarali saylovoldi ishlari tashkil etilgani, mazkur tadbirlar qonunda kozda tutilgan muddatlarda bajarilganini qayd etdi. Tort siyosiy partiyadan Prezidentlikka korsatilgan nomzodlarni qollab-quvvatlovchi imzo varaqalari saylovchilar umumiy sonining besh foizidan bir foiziga qisqartirilgani, saylov komissiyalarining oshkoralik va xolislikni taminlash borasidagi ishlari ijobiy baholandi.

YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari boyicha byurosi Ozbekiston bilan bundan keyin ham hamkorlikni davom ettirishga tayyor, dedi P.Teyler.

YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari boyicha byurosining Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish uchun taklif etilgani mamlakatimiz erkin, ochiq va adolatli saylov otkazishda Ozbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi va umumetirof etilgan xalqaro saylov standartlariga qatiy rioya qilganining yorqin dalilidir.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: