O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
06.12.2016

HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 5 dekabr kuni MDH Ijroiya qomitasi raisi – ijrochi kotibi Sergey Lebedev bilan uchrashdi.

Suhbat chogida Ozbekiston rahbari Mustaqil Davlatlar Hamdostligi kuzatuvchilar missiyasi Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida samarali ishlagani, ushbu jarayon hamda saylov yakunlarini yuqori baholagani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Sergey Lebedev Prezident saylovi monitoringida ishtirok etishga taklif etgani va MDH kuzatuvchilar missiyasi a’zolari uchun barcha qulay sharoitlar yaratilgani uchun tashakkur bildirdi.

Hamdostlik doirasida hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash boyicha atroflicha fikr almashildi.

* * *

Ozbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti kuzatuvchilar missiyasi rahbari, ShHT Bosh kotibi Rashid Alimovni qabul qildi.

Tomonlar Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik korish va uni otkazishni kuzatish boyicha ShHT vakillarining xulosalari togrisida fikr almashdilar.

Rashid Alimov Ozbekiston Prezidenti saylovi mamlakatda demokratik jarayonlarni yanada rivojlantirish borasida muhim qadam bolganini takidladi.

Ozbekiston rahbari ShHT kuzatuvchilariga ochiq, erkin va demokratik sharoitlarda otkazilgan saylov kampaniyasi davomida amalga oshirgan samarali ishlari va yakuniy xulosalari uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Tomonlar ShHT doirasidagi hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashdilar.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: