O'zb  
 
06.12.2016

ROSSIYA PREZIDENTI BILAN TELEFON ORQALI MULOQOT

O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin ortasida Rossiya tomonining tashabbusi bilan 2016 yil 5 dekabr kuni telefon orqali muloqot bolib otdi.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida galaba qozongani bilan samimiy tabrikladi.

Davlat rahbarlari hozirgi kunda kop qirrali Ozbekiston — Rossiya munosabatlari yuksak darajada ekanini mamnuniyat bilan ta’kidlab, Samarqand shahrida otgan oliy darajadagi uchrashuv chogida erishilgan kelishuvlar rejali va tizimli asosda hayotga tatbiq etilayotganini ijobiy baholadilar.

Tomonlar turli vazirlik va idoralar, xojalik subyektlari va boshqa tashkilotlar ortasidagi ozaro samarali hamkorlik amaliy natijalar berayotganini alohida qayd etdilar.

Ozbekiston va Rossiya rahbarlari strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini izchil davom ettirish va yanada rivojlantirish, ozaro aloqalarga doir barcha sohalarda, shuningdek, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar boyicha davlatlararo ishonchli, ochiq va konstruktiv muloqotni chuqurlashtirishga qatiy tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Suhbat samimiy va dostona ruhda otdi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: