O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
05.12.2016

HAYRAT VA HAVAS UYGOTMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish uchun mamlakatimizga kelgan xorijiy davlatlar, turli xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilari, ommaviy axborot vositalari vakillari Samarqandda ham saylov jarayoni bilan tanishdi. Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilib, hurmat bajo keltirdi. Muxbirimiz ayrim kuzatuvchilarning taassurotlari bilan qiziqdi.

Liza UILYAMS, kongressmen, E.Faleomevayegi ma’muriyati rahbari (AQSh):

— 2013 yilda Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov suhbatidan bahramand bolgan edim. Buyuk davlat va siyosat arbobi bilan bolgan osha suhbat kechagidek esimda. Ushbu muloqot chogida xalqaro iqtisodiy siyosat bobida kop narsa organganman. Shu bois, Samarqandga tashrifimni u kishining qabrini ziyorat qilishdan boshladim.

Saylov jarayoni haqida aytadigan bolsam, Prezidentlikka nomzodlarning ommaviy axborot vositalarida elon qilingan saylovoldi tashviqoti bilan tanishib chiqdim va ularning har biriga matbuot sahifalari, televideniye va radio orqali chiqish qilishi uchun teng imkoniyatlar yaratilgan. Bu Ozbekistonning umumetirof etilgan demokratik qadriyatlar tarafdori ekanidan dalolatdir.

Baxtiyor XUDOYORZODA, Tojikiston Respublikasining saylov va referendumlar boyicha markaziy komissiyasi raisi:

Ozbekiston saylov tizimidan yaxshi xabardorman. Mamlakatingiz saylov qonunchiligi xalqaro standartlarga tola mos keladi. Saylovchilarning konstitutsiyaviy huquqi va jahon hamjamiyati tomonidan etirof etilgan demokratik prinsiplar taminlanmoqda. Saylov qonunchiligiga kiritilgan songgi ozgartirish va qoshimchalar Ozbekistonda ijtimoiy va davlat qurilishi sohasida amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ozbekiston yildan-yilga ozgarib, yangilanib bormoqda. Ayniqsa, Samarqand shahri menga juda yoqdi. Bu yerda amalga oshirilayotgan keng kolamli bunyodkorlik ishlari zamonaviy inshootlar, keng yol va kopriklar, turli bog va xiyobonlar, zamonaviy muhtasham maydonlar kishini maftun etadi.

Ismini KRIARI, Afina Panteon ijtimoiy va siyosiy fanlar universiteti rektori, konstitutsiyaviy huquq professori (Gretsiya):

Toshkent va Samarqand viloyatlaridagi bir necha saylov uchastkalarida boldim. Qaysi saylov uchastkasiga bormaylik, u yerdagi tozalik, ozodalik, odamlar yuz-kozidagi kotarinkilik, bayramona kayfiyat xorijlik kuzatuvchilar ruhiyatiga ham ijobiy tasir etdi.

Uchastkalarda saylovchilar uchun barcha sharoit yaratilgan. Ularda saylovchilar umumiy royxatidan tashqari siyosiy tadbirda ilk bor qatnashayotgan, shuningdek, nogiron saylovchilarning royxati alohida-alohida shakllantirilgan. Ayniqsa, kozi ojizlar uchun brayl alifbosidagi saylov byulletenlari tashkil qilingani mamlakatingizda barcha fuqarolar teng imkoniyatga egaligi, inson qadr-qimmati, manfaatlari har narsadan ustuvor ekani dalilidir.

Saylov uchastkalarida ona va bola xonasining tashkil etilgani etiborimni tortdi. Bizning saylov tizimimizda onalar yoki bolalar uchun bunday imkoniyat yaratilmagan. Bu tajribani dunyo miqyosida ommalashtirishni taklif etgan bolardim.

Gi Olive FOR, Sorbonna universiteti professori, xalqaro muzokaralar boyicha mutaxassis (Fransiya):

Ozbekistonda ushbu siyosiy jarayonga xalqaro talablar darajasida taraddud korilgan. Ayniqsa, saylovchilar uchun tarqatilgan taklifnoma etiborimni tortdi. Unga nomzodlar royxati, saylovchining huquqiy maqomi, saylov qonunchiligiga doir meyoriy hujjatlardan sodda va londa qilib bandlar kiritilgan.

Uchastka raisi, orinbosari va azolari bir necha tilda bemalol suhbatlashayotgani meni hayratlantirdi. Bu Ozbekistonda chet tillarni organishga alohida ahamiyat berilayotgani isbotidir.

David GEYERTS, Belgiya parlamenti vakillar palatasi azosi:

Saylov uchastkalarini kuzatib, Ozbekiston va Belgiya saylov tizimidagi mushtarak jihatlarga guvoh boldik. Uchastka saylov komissiyalari azolari samarali faoliyat korsatmoqda. Tizimga yuqori tajribali mutaxassislar jalb qilingani, saylov jarayonida xalqingizga xos milliy-madaniy jihatlar aks ettirilgani diqqatga sazovor.

Samarqand haqida kop eshitganman. Bu shahar yuksak sivilizatsiya, yirik madaniyat markazidir. Bugun uni tomosha qilib, lol qoldim. Samarqand men oylaganimdan ham gozal va maftunkor ekan. Tarixiy obidalar va zamonaviy inshootlar juda kop. Bu qadimiy obidalarning tarixi, ularda saqlanayotgan noyob ashyolar haqida malumotlarni tinglab, ozbek xalqi tarixi naqadar qadimiy va boy ekaniga amin boldim. Bu madaniy boylik avloddan-avlodga bezavol yetkazilayotgani alohida etiborga sazovordir.

OzA muxbiri

G.HASANOV yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: