O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
28.06.2012

Zamonaga moslashish

boshqalarning ishiga sherik bo‘lish degani emas

Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish va koppartiyaviylik tizimini mustahkamlash mamlakat rivojida hal qiluvchi ahamiyatga ega bolib, bu bilan ijtimoiy-siyosiy sohalar yuksaladi, taraqqiyot tezlashadi, kishilarning hayotga, voqea-hodisalarga qarashi, munosabati ozgaradi.

Mamlakatimizdagi har bir siyosiy kuch ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish boyicha oziga xos yondashuvga ega. Masalan, OzXDP oz ijtimoiy siyosatini aholining yuksak darajada ijtimoiy himoyalanganligi, odamlar farovonligi va jamiyat barqarorligining ishonchli poydevori, degan tamoyil asosida olib boradi. Bu qarash partiya dasturida, shuningdek, Saylovoldi dasturida oz ifodasini topgan.

Xususan, unda partiyamiz bozor iqtisodiyoti zarurligini tan olgan holda insoniy qiyofaga ega bolgan ijtimoiy bozor tarafdori ekani alohida belgilangan. Bunda partiyamiz, xususan, aholi turmush darajasini yuksaltirish, mehnatga qobiliyatli barcha aholining ish bilan bandligini ta’minlash hamda jismoniy imkoniyati cheklangan kishilarni maqsadli ijtimoiy himoyalashning samaradorligini oshirish lozim, deb hisoblaydi.

Biroq jismoniy imkoniyati cheklangan kishilarni maqsadli ijtimoiy himoya qilish bu — ular davlat byudjetidan ajratilayotgan ijtimoiy nafaqalarni olsa boldi, degani emas. Jamiyatda boqimandalik kayfiyati kelib chiqmasligi uchun jismoniy imkoniyati cheklangan bolsa-da, qolida kasbi, hunari bor, ishga layoqatli kishilar ham mehnat qilishi, shuning ortidan oilasi daromadiga ulush qoshishi juda muhim.

OzLiDeP esa OzXDPdan farqli ravishda iqtisodiyotda erkin bozor tarafdori sifatida xususiy mulkchilik yetakchi orin tutgan kop qirrali iqtisodiyotni shakllantirish muhimligini etirof etadi. Liberallar davlatda yirik mulkdorlar qatlamining mavjudligi jamiyatda barqarorlik va farovonlikni taminlashga xizmat qilishini yoqlaydi. Endi mulohaza qilib koraylik. Yirik mulkdorlar manfaatlariga xizmat qiladigan, xususiy mulk yetakchi rol oynaydigan iqtisodiyot sharoitida oz ishini boshlashi uchun mablagi va doimiy ish joyiga ega bolmagan kishilar qanday daromad topadi, erkin bozor qoidalariga qanday moslashadi?

Shu bois OzXDP kishilar dastlab oz ishini boshlab olishi uchun kop mablag talab etmaydigan ishlab chiqarish subektlarini tashkil etish, odamlarning munosib haq tolanadigan ishga intilishlarini qollab-quvvatlash, ularning shaxsiy tashabbusi va tadbirkorligini ragbatlantirish lozim, deb hisoblaydi. Xususan, partiya dasturida xomashyoni toplash va birlamchi ishlov berish boyicha, shuningdek, katta sarmoya talab qilmaydigan kosibchilik, xalq hunarmandchiligi va kasanachilikni rivojlantirish, shu tariqa aholini ish bilan taminlash masalasiga katta urgu berilgan.

Bunda malumoti, malakasi va ishlab chiqarish tajribasi yetarli bolmagan ishga layoqatli aholining anchagina qismi qamrab olinishi kozda tutilgan. Bu partiyamizning elektorat vakillarini mikromoliyaviy xizmatlar korsatishning huquqiy asoslari, imtiyozli mikrokredit olish borasida yaratilgan shart-sharoitlardan yanada kengroq xabardor qilishga intilayotgani zamirida ham yaqqol namoyon bolmoqda. Bu boradagi imkoniyatlar haqida malumot va yetarli tushunchaga ega bolgan koplab kishilar kredit olib, kichik bolsa-da, oz ishini yolga qoymoqda.

Togri, shu tariqa jamiyatda ishlab chiqarish kengayib, tadbirkorlar safi oshadi. Biroq OzXDP bugun ijtimoiy himoyaga muhtoj kishini qollab-quvvatlasak, ertaga u tadbirkor boladi, demak, uning manfaatini liberallar himoya qilishi kerak, degan yuzaki tushuncha bilan elektoratni oylantirayotgan masalalarga tomoshabin bolib tura olmaydi. Balki ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan kishilar safini bosqichma-bosqich kamaytirib borish jamiyat farovonligi osishining asosiy korsatkichlaridan biri, deb hisoblaydi. Muhimi, partiyamiz oz tadbirkorlik ishini boshlashi uchun ijtimoiy komakka muhtoj elektorat vakillarini qollab-quvvatlayapti va dasturiy-maqsadlariga muvofiq amaliy ish olib borayapti.

OzLiDeP nashri «XXI asr» gazetasida chop etilgan maqolalarning birida Umuman olganda, davlat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni ozlashtirish XDPga xos odat. Lekin bu yerda gap XDP aholi farovonligini taminlashda tadbirkorlik va shaxsiy tashabbuskorlikning, qolaversa, mulk masalasining, ayniqsa, xususiy mulkning ahamiyatini togri tushuna boshlaganidadir, deyiladi. Qiziq, liberallar ozlashtirish, togri tushunish deganda nimani nazarda tutayapti?

OzXDP dasturida elektorat vakillari oz mehnat faoliyatini tashkil etish uchun resurslarni kop talab qilmaydigan, eng qulay imkoniyatlardan bolgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hisobiga ish orinlari yaratishni faollashtirish vazifasi belgilanganidan OzLiDeP vakillari bexabarga oxshaydi. Agar partiyamiz OzLiDePdan oldinroq tashkil etilgani va oz dasturiy hujjatlarida bu masalaga alohida etibor qaratganini hisobga oladigan bolsak, liberallarning davosi, yani OzXDP aholi farovonligini taminlashda tadbirkorlikning ahamiyatini togri tushuna boshlagani haqidagi sozlar asossizligi malum boladi. Demak, korinib turibdiki, biz qarashlarimizni ozgartirganimiz ham, liberallar ketidan ergashayotganimiz ham yoq.

Shu orinda savol tugiladi: tadbirkorlar erkinliklarini taminlash uchun iqtisodiy, tashkiliy, huquqiy sharoit va kafolatlar yaratilishi, ular faoliyatining har tomonlama ragbatlantirilishi, xojalik yurituvchi subektlarning iqtisodiy mustaqil bolishi, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdagi mavjud tosiqlarning bartaraf etilishi uchun kurashishga bel boglagan liberallar bu borada qanday amaliy ishlar qilmoqda? OzLiDeP mazkur masalada etiborga sazovor qanday loyihalarni amalga oshirayotganini korsatishi mumkin? Davlat tomonidan tadbirkorlik tuzilmalarini rivojlantirish, joylarda ularning faoliyatiga tosiq bolayotgan muammolarni bartaraf etish boyicha olib borilayotgan ishlarga liberallar emasmi koproq sheriklik qilayotgan?!

OzXDP ozi tanlagan yoldan borib, elektorat manfaatini amaliy ishlar bilan himoya etishga harakat qilmoqda. Biroq partiyamizning hayotiy tashabbuslariga OzLiDeP noxolis munosabat bildirmoqda. Bundan esa liberallar hech qachon naf kormaydi. Chunki odamlar qaysi partiya qanday ishlayotganini korib, bilib turibdi. Haqiqiy bahoni jamoatchilik beradi.

Laziza SHEROVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: