O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
05.12.2016

SAYLOVCHILAR UCHUN HAMMA SHAROIT YARATILDI

Zaynabxon MAMAJONOVA, Buxoro davlat universiteti talabasi:

— Yaqinda 18 yoshga to‘ldim va bugun birinchi marta oz saylov huquqimdan foydalandim. Saylovoldi targibotlari jarayonida Prezidentlikka nomzodlarning dasturlari bilan tanishdim. 131-saylov uchastkasiga chiqib, ular orasidan ozim tanlagan munosib nomzod uchun ovoz berdim. Ovoz berish paytida katta hayajon va mas’uliyat his qildim. Chunki fuqarolik burchimni ado etish, mamlakatimiz taraqqiyoti, hayotimiz farovonligiga oz hissamni qoshish imkoniyatidan foydalandim.

Saylov kuniga qadar nomzodlarning dasturiy maqsadlarini tahlil etdim, ozim yashayotgan mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatidan kelib chiqib ularni taqqosladim. Chunki men qollab-quvvatlagan nomzod ertaga mening, yaqinlarim manfaatini himoya qilishi, mamlakatimizni taraqqiy ettirishi kerak. Demak, saylov saylovchi uchun katta masuliyat, men kabi yigit-qizlarga bildirilgan yuksak ishonch, degani. Bugun ana shu ishonchni oqlashga harakat qildim.

Abdumannob FATTOXOV, Kozi ojizlar jamiyati Sirgali tuman bolimi raisi:

Bu yil 70 yoshga toldim. Otgan umrim davomida koplab hayot haqiqatlarini angladim. Bizning yurtimizda har bir inson yuksak qadrlanadi. Gapni uzoqdan boshlashimdan maqsad barchaga teng huquq va imkoniyatlar yaratilgan vatanda yashayotganimdan mamnunligimni aytish.

Bunga misol qilib bu yilgi saylov jarayonlarini olishimiz mumkin. Imkoniyati cheklangan yoki saylov kuni ovoz berish uchastkasiga kela olmaydigan fuqarolar uchun ham barcha sharoitlar yaratildi. Ayniqsa, brayl shriftli saylov byulletenlarining joriy etilishi meni juda quvontirdi.

Bugun birinchi marta birovning komagisiz nomzodlarning dasturlari bilan tanishib, shaxsan ozim, ovoz berish imkoniga ega boldim. Ochigini aytsam, bu yil saylovda ilk bor ovoz bergandek his qildim ozimni. Mamlakatimiz yanada taraqqiy topishiga tola ishonch bilan ozim munosib, deb bilgan nomzodga ovoz berdim.

Sultonboy AZIZOV, Namangan shahridagi 26-saylov uchastkasidagi OzXDP kuzatuvchisi:

Uchastkamizda 2330 nafar fuqaro royxatga olingan. Ularning 11 nafari muddatidan oldin ovoz berdi. 65 nafari esa birinchi marta saylovda ishtirok etdi.

Kuzatuvchilarning saylovdagi ishtiroki saylovning ochiq-oshkora otishiga xizmat qiladi, deb oylayman. Saylov jarayonini diqqat bilan kuzatib bordim. Ovoz berish qonunda belgilangan tartib-qoidalarga toliq muvofiq holda otkazildi.

Yana bir narsani aytishni istardim. Ovoz berishga kelgan yurtdoshlarimizning kotarinki kayfiyatini korib, xursand boldim. Tinchligimiz va taraqqiyotimizga ishonchim yanada ortdi.



Munira MIRDADAYEVA, mehnat faxriysi (Toshkent shahri):

Yoshim 66 da. Farzandlarim, nabiralarim erta tongdan saylov uchastkasiga borishdi. Ularning tayyorgarliklarini korgan odam bayramga ketayapti, deb oylashi mumkin. Havas bilan ularni kuzatib qoldim.

Oyogim ogriydi, yaxshi yura olmayman. Ovoz berishga chiqolmaganimdan kayfiyatsiz otirgan edim. Bir payt uch kishi uyimga keldi. Sorasam, 212-saylov uchastkasidanmiz, deyishdi. Ular menga oxshab, saylovga chiqa olmaydiganlarning uylariga borib, ogirini yengil qilayotgan ekan. Baraka topishsin.

Saylov huquqidan foydalanishimiz uchun yaratilgan imkoniyatlardan mamnunman. Farzandlarim, nabiralarim kelajagi, Vatanimiz taraqqiyoti uchun ovoz berdim.

«Ozbekiston ovozi» muxbiri

Zilola UBAYDULLAYEVA yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: