O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
05.12.2016

QADIMIY DOSTLIK RISHTALARI MUSTAHKAMLANMOQDA

Mamlakatimizga Qozog‘iston Respublikasining turli sohalarda faoliyat olib borayotgan vakillaridan iborat delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Shu munosabat bilan Toshkent viloyatining “Gishtkoprik” bojxona postida otkazilgan tadbirda Ozbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vaziri B.Ahmedov, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati R.Kusherbayev, Toshkent shahar hokimi orinbosari Sh.Turdiqulov va boshqalar Ozbekiston bilan Qozogiston ortasidagi hamkorlik munosabatlari yildan-yilga rivojlanib, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalar yuksalib borayotganini ta’kidladi. Azaldan yaqin qoshni sifatida tinch-totuv, ahil-inoq yashab kelayotgan ozbek va qozoq xalqlarining tarixi, tili, urf-odat, anana va qadriyatlari ham oxshash.

Delegatsiya azolari dastlab poytaxtimizda Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilgan Hazrati Imom jome masjidi bilan tanishdi. Ozbekiston musulmonlari idorasi xalqaro aloqalar bolimi mudiri M.Shokirov mehmonlarga majmuaning tarixi, mustaqillik yillarida bu yerda amalga oshirilgan keng kolamli tiklash, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, majmuada joylashgan tarixiy obidalar haqida malumot berdi.

Shundan song mehmonlar xalqimizning muqaddas islom diniga oid boy manaviy-madaniy merosini asrab-avaylash, diyorimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalarning asarlarini chuqur va har tomonlama organish, shu sohada ilmiy-nazariy tadqiqotlar olib borish, zamon talablari darajasida malakali mutaxassislar tayyorlash, ularga zarur sharoitlar yaratish, shuningdek, ajdodlarimizdan qolgan noyob manbalar asosida tadqiq etilgan malumotlarni xalqimizga yetkazishga xizmat qilayotgan Toshkent islom universitetida boldi.

Toshkent islom universiteti tarix kafedrasi mudiri S.Azamxojayev universitet faoliyati, shu atrofda joylashgan Yunusxon majmuasi, Qaldirgoch biy va uning ustozi Shayxontohur maqbaralari tarixi togrisida gapirib berdi.

– Ozbek va qozoq xalqlari hamisha bir-biriga yelkadosh bolgan, suyangan, deydi Qozogiston delegatsiyasi vakili, iqtisod fanlari doktori B.Serikov. Vaqt sinovidan otgan ushbu dostlik rishtalari mustaqillik yillarida yanada mustahkamlanmoqda. Ozbekistonga tashrifimiz mamlakat taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bolgan siyosiy tadbir Prezident saylovi kuniga togri kelgani uchun delegatsiyamiz Toshkentdagi 307-, 514-, 687-saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonini kuzatish imkoniyatiga ega boldi. Shunga amin boldikki, saylovga tayyorgarlik jarayoni bilan bogliq barcha masalalar kollegiallik asosida yolga qoyilgan. Saylov uchastkalari joylashgan binolar atrofini obodonlashtirish, saylovchilar royxatini shakllantirish va boshqa tashkiliy masalalarda mahalla fuqarolar yiginlari yaqindan komaklashgani bizda katta taassurot qoldirdi. Har bir saylov uchastkasida imkoniyati cheklangan fuqarolarga ham barcha qulaylik yaratilgan. Salomatligi yoki boshqa sabablarga kora ovoz berish kuni uchastkaga kelolmaydigan saylovchilar uchun kochma qutidan foydalanish imkoniyati yaratilgani tahsinga sazovor.

Delegatsiya azolari XIV asrning 80-yillarida Amir Temur tashabbusi bilan bunyod etilgan, keyinchalik Mirzo Ulugbek tomonidan qurilishi yakuniga yetkazilgan Zangiota majmuasini ziyorat qildi. Ozbekiston musulmonlari idorasi raisi orinbosari I.Inomov majmua tarixi, mustaqillik yillarida Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida bu yerda amalga oshirilgan keng kolamli bunyodkorlik-obodonlashtirish ishlari tufayli majmua butunlay yangi qiyofa kasb etgani, ziyoratchilar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar haqida sozlab berdi.

Mehmonlar Zangiota tumanida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini yuksaltirish, odamlarga munosib turmush sharoiti yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng kolamli ishlar bilan tanishtirildi. Ular Ozbekistonda zamonaviy talim va tibbiyot muassasalari, muhtasham turar joylar, sport inshootlari barpo etish bilan birga, odamlar kongilli dam oladigan madaniyat va aholi dam olish markazlari qurilishiga ham alohida etibor qaratilayotganini qayd etdi.

Delegatsiya azolari tumandagi Obod turmush mahalla fuqarolar yiginida bolib, hududda amalga oshirilgan keng kolamli bunyodkorlik ishlari, jumladan, qishloq ahli uchun namunaviy loyihalar asosida qad rostlagan zamonaviy uy-joylar bilan tanishdi.

Uch mingga yaqin aholi istiqomat qilayotgan mazkur mahallada namunaviy loyihalar asosida 180 uy-joy barpo etilgan. Yangi uylar tabiiy gaz, ichimlik suvi bilan taminlangan, alohida kanalizatsiya qudugi hamda isitish tizimiga ega. Kochalar keng, yol chetlariga mevali va manzarali daraxtlar ekilgan. Mehmonlar mahalladagi otalar choyxonasi guzar, savdo va xizmat korsatish shoxobchalari, bolalar sport maydonchalari va stadion faoliyatiga yuksak baho berdi.

Mahalla xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisi orinbosari D.Mirzajonova, Obod turmush mahalla fuqarolar yigini raisi I.Yunusmatov va mahalla faollari qozogistonlik mehmonlarning mahalla instituti faoliyati haqidagi savollariga atroflicha javob qaytardi.

Mustaqillik yillarida Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida mahalla instituti faoliyatini takomillashtirish, uning jamiyat hayotidagi ishtiroki, vazifa va vakolatlari doirasini yanada kengaytirish borasida amalga oshirilgan izchil islohotlar, mahalla, mahalla raisi va uning vazifalari haqidagi malumotlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Ozbek xalqining Bir bolaga yetti mahalla ota-ona, Otang mahalla, onang mahalla degan gaplari mazmunini bugun yanada teran angladim, deydi Janubiy Qozogiston viloyati Qazgurt tumanidagi ozbek-qozoq umumtalim maktabi direktori orinbosari B.Sobitov. Bu yerda odamlar yaxshi kunida ham, tashvishli damlarida ham mahalladoshlariga suyanar ekan. Bir oilada xursandchilik bolsa, butun mahalla baham koradi. Bir kishining tashvishi butun mahallaning tashvishiga aylanadi. Mahalla oqsoqoli yoki keksalarga barcha birday quloq solishi, bamaslahat ish tutish, odamlarning bir-biriga etiborli bolishi, gamxorlik korsatishi bunday olijanob fazilatlar boshqa hech qayerda uchramaydi. Osoyishtalik va taraqqiyotni taminlaydigan bunday turmush tarzi mahalla tushunchasi faqat ozbek xalqiga xos yuksak qadriyat.

Uchrashuvda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari tamoyili asosida amalga oshirilgan izchil islohotlar jarayonida mahalla institutining davlat va jamiyat hayotidagi rolini oshirishga qaratilgan alohida etibor yuksak samaralar berayotgani takidlandi. Davlat boshqaruvi organlarining koplab huquq va vakolatlari fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlariga berilgani, natijada hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, oilaviy tadbirkorlik, kasanachilik, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qollab-quvvatlash, manaviy muhit barqarorligiga erishish, xotin-qizlar va yoshlar manfaatlarini himoya qilish, aholi bandligini taminlash singari onlab vazifalar aynan mazkur institutda amalga oshirilayotgani hayotiy misollarda korsatib berildi. Ayniqsa, mahalla posboni hamda diniy marifat va manaviy-axloqiy masalalar boyicha maslahatchining vazifalari, mahalla talim muassasasi oila hamkorligi faoliyati mehmonlarda katta qiziqish uygotdi. Bugungi globallashuv davrida yoshlarni yot goyalar va turli illatlardan asrash, navqiron avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda ozini ozi boshqarishning noyob usuli mahalla institutining orni va ahamiyati beqiyos.

Mamlakatlarimiz madaniyat va sanat sohasida faol hamkorlik qilib kelmoqda. Ozbekiston xalq ustalari Olmaota shahrida otkaziladigan Markaziy Osiyo hunarmandlari korgazma-yarmarkasida muntazam ishtirok etadi. Ostona, Olmaota va boshqa shaharlardagi badiiy galereya va muzeylarda mashhur ozbek musavvirlarining korgazmalari namoyish qilinadi. Ozbekiston musiqa va teatr jamoalarining Qozogistonga gastrollari muntazam yolga qoyilgan. Qozogistonlik sanatkorlar Samarqandda otkaziladigan Sharq taronalari xalqaro musiqa festivali va boshqa koplab yirik madaniy tadbirlarning faol qatnashchilaridir. Poytaxtimizdagi Kamolot yoshlar ijod saroyida tashkil etilgan millatlararo dostlikni targib etuvchi rasmlar korgazmasi va konsert dasturida bu alohida takidlandi.

Qozogiston Respublikasi delegatsiyasining tashrifi samimiy dostlik va ozaro manfaatli hamkorlik munosabatlari rivojidagi yana bir muhim voqea boldi.

Ikrom Avvalboyev,

Oqil Gulomov (surat),

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: