O'zb  
 
05.12.2016

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI PRZIDNT SAYLOVINING JORIY YAKUNLARINI ELON QILDI

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi 2016 yil 4 dekabr kuni bolib otgan Prezident saylovida ovoz berishning joriy yakunlarini e’lon qildi.

4 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20 da Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini otkazuvchi saylov uchastkalarida ovoz berish yakunlandi. Ozbekiston Respublikasining Misr, Yevropa davlatlari va Amerika Qoshma Shtatlaridagi vakolatxonalari huzurida tashkil etilgan saylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni davom etmoqda.

Dastlabki malumotlarga kora, saylovda 17 million 941 mingdan ziyod saylovchi ishtirok etdi. Bu jami saylovchilarning 87,83 foizdan ortigini tashkil etadi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish boyicha Respublika matbuot markazida xalqaro kuzatuvchilar, mamlakatimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun otkazilgan brifingda shu haqda malum qildi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisida”, Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari togrisidagi qonunlarda mustahkamlangan xalqaro demokratik meyor hamda tamoyillarga rioya etilgan holda ochiq va oshkora otgani takidlandi.

Mamlakatimiz fuqarolari saylovda yuksak siyosiy va fuqarolik faolligini namoyish etdi. Soat 11 ga qadar saylovchilarning 33 foizidan ortigi ovoz berishda ishtirok etgani buning yaqqol tasdigidir.

Ayni paytda saylov uchastkalarida har bir nomzod uchun berilgan ovozlar sanab chiqilmoqda. Saylov uchastkalarida ovozlarni sanab chiqishda siyosiy partiyalardan 37 mingdan ziyod kuzatuvchi, xalqaro kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.

Saylov davomida joylardan saylov qonunchiligi buzilishi haqida xabar kelib tushmadi.

5 dekabr kuni bolib otadigan brifingda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalari elon qilinadi. Shu kuni xalqaro kuzatuvchilar missiyalari ham matbuot anjumanlari otkazadi.

Behzod Bozorov,

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: