O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
03.12.2016

XALQARO KUZATUVCHILAR UCHUN BRIFING

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish boyicha Respublika matbuot markazida 2 dekabr kuni xalqaro kuzatuvchilar uchun brifing bolib otdi.

Unda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari boyicha byurosi, Mustaqil Davlatlar Hamdostligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasining missiyalari a’zolari, xorijiy davlatlar kuzatuvchilari, chet el hamda mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov joriy yilning 4 dekabrida bolib otadigan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi mamlakatimiz hayotida goyat muhim orin tutadigan ijtimoiy-siyosiy tadbir ekanini takidladi.

Ushbu siyosiy tadbirga tashkiliy-huquqiy va moddiy-texnik jihatdan yuksak darajada tayyorgarlik korish, uni milliy saylov qonunchiligimizda mustahkamlab qoyilgan demokratik prinsiplarga toliq muvofiq holda, ochiq-oshkora va adolatli otkazish uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.

Xalqaro kuzatuvchilarga mustaqillik yillarida Prezident saylovi jarayonini tartibga soladigan qonunlar yaratilgani haqida malumot berildi. «Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisida», Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari togrisida, Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi togrisidagi qonunlar va boshqa qonun hujjatlari shular jumlasidandir.

Ushbu sohada qabul qilingan huquqiy-meyoriy hujjatlar adolatlilik, ochiqlik, oshkoralik va transparentlik prinsiplari asosida fuqarolarning saylov huquqlariga sozsiz rioya etish, saylovchilarga saylovda erkin ishtirok etish uchun zarur shart-sharoitlar, Prezidentlikka nomzod korsatadigan siyosiy partiyalar va nomzodlarga saylov kampaniyasi davomida keng va teng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.

Saylov kampaniyasi doirasidagi barcha tadbirlarni ochiq va oshkora, qonunchilikka muvofiq otkazish maqsadida yuqori darajada tayyorgarlik korildi. Saylovni otkazuvchi 9 ming 378 saylov uchastkasi ovoz berishga tayyor holga keltirildi.

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan bir qator davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda uchastka saylov komissiyalari azolarining huquqiy bilim va amaliy konikmasini mustahkamlash maqsadida uch bosqichda – respublika, viloyat va tumanlar miqyosida seminar-treninglar otkazildi. Saylov uchastkalari zarur huquqiy adabiyotlar, normativ-huquqiy hujjatlar bilan toliq taminlandi. Jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarning ovoz berishda ishtirok etishi uchun qulayliklar yaratish maqsadida saylov uchastkalarida panduslar ornatildi, kabinalardan biri nogironlar uchun hozirlab qoyildi. Brayl alifbosida kozi ojiz saylovchilarga moljallangan saylovga oid turli risolalar tayyorlandi, ilk marta ular uchun maxsus saylov byulletenlari chop etildi.

Milliy saylov amaliyotimiz tarixida birinchi bor Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik korish davrida saylovchilar huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish boyicha otkaziladigan tadbirlar dasturi qabul qilindi.

Dasturda nazarda tutilgan tadbirlar doirasida aholining keng qatlami, xususan, xotin-qizlar, yoshlar, ayniqsa, birinchi marta ovoz beruvchi fuqarolar, nuroniylar, imkoniyati cheklangan shaxslar, harbiy xizmatchilar, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari, mehnat jamoalari, oquv muassasalari vakillari, shuningdek, xorijdagi yurtdoshlarimiz qamrab olindi. Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati, Xotin-qizlar qomitasi, Mahalla xayriya jamoat fondi, Respublika Baynalmilal madaniyat markazi va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan ijtimoiy sheriklikda fuqarolarning huquqiy madaniyati va elektoral faolligini yanada oshirish maqsadida turli aksiyalar otkazildi.

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Prezidentlikka nomzodlar royxatga olinganidan song, yani 28 oktabrdan etiboran saylovoldi tashviqoti boshlandi. Nomzodlar mamlakatimizni ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy rivojlantirish boyicha oz goya va qarashlari, taklif va tashabbuslari bayon etilgan dasturlarini jamoatchilikka yetkazish maqsadida keng kolamli tashviqot tadbirlarini olib bordi. Prezidentlikka nomzodlar va ularning ishonchli vakillari barcha saylov okruglarida saylovchilar bilan uchrashuvlar otkazdi.

Nomzodlarning saylovoldi tashviqotini amalga oshirish jarayonlari mamlakatimiz qonunchiligi va Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha asosiy tadbirlar dasturiga muvofiq amalga oshirildi.

Siyosiy partiyalardan tushgan taklif va istaklarni inobatga olib, har bir nomzodga oz saylovoldi dasturlarini aholiga yetkazish uchun Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Ozbekiston va Yoshlar tele- radiokanallarida 638 daqiqadan, Milliy teleradiokompaniyaning 12 hududiy telekanallarida 206 daqiqa, Toshkent teleradiokanalida 286 daqiqadan bepul efir vaqti ajratildi.

Xalq sozi, Narodnoye slovo va Pravda Vostoka gazetalarida 6 sahifadan, iborat nashr maydoni bepul berildi. Bundan tashqari, hududlardagi 30 mahalliy gazetada har bir nomzod uchun 55,5 sahifa nashr maydoni bepul taqdim qilindi.

Turli millat vakillari bolgan fuqarolarga saylovoldi tashviqoti materiallari bilan tanishishga alohida etibor qaratildi. Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar tojik tilidagi Ovozi tojik, Ovozi Samarqand, qozoq tilidagi Nurli jol gazetalarida bepul nashr maydonidan foydalandi. Umuman olganda, saylov kampaniyasi jarayonlari haqidagi axborotlar mamlakatimizdagi OAVlarda 17 tilda chop etilmoqda. Bundan tashqari, koreys tilidagi Koryo Sinmun, Txonil-Edinstvo, arman tilidagi Apaga kabi nashrlar ham oz mushtariylarini ushbu jarayonlar togrisida xabardor qilishlari diqqatga sazovordir.

Markaziy saylov komissiyasi saylov kampaniyasi elon qilinishi bilan bir qator nufuzli xalqaro tashkilotlar, xorijiy mamlakatlar ekspertlarini saylov jarayonini kuzatish uchun taklif etdi. Bugungi kunda Prezident saylovi kampaniyasini kuzatish boyicha YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari boyicha byurosi, Mustaqil Davlatlar Hamdostligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi, Islom hamkorlik tashkiloti kuzatuvchilar missiyalari faoliyat olib bormoqda. Bu jarayonda yuqorida qayd etilgan tashkilotlar vakillari qatorida dunyoning ellikka yaqin mamlakatidan 500 nafardan ortiq davlat va jamoat arboblari, parlament va saylov organlari vakillari, huquqshunos olimlar, siyosatshunoslar ishtirok etishi kutilayotir. Bundan tashqari, siyosiy partiyalarning 37 ming 500 nafarga yaqin vakili saylov jarayonida kuzatuvchi sifatida qatnashadi.

Saylovning ochiq va oshkoraligini taminlash maqsadida ommaviy axborot vositalari faoliyati uchun barcha sharoit yaratib berilgan. Bu borada Prezident saylovini yoritish boyicha Respublika matbuot markazi hamda okrug saylov komissiyalari matbuot markazlarining roli katta bolmoqda. Bugungi kunga qadar ular tomonidan saylov kampaniyasining muhim bosqichlariga bagishlangan qariyb 140 matbuot anjumani va brifinglar otkazildi. Saylov komissiyalari tomonidan ommaviy axborot vositalarining 1 ming 400 dan ortiq vakili royxatga olindi. Mamlakatimizda otkazilayotgan saylovga chet ellik jurnalistlar ham katta qiziqish bilan qaramoqda. Saylovni 100 nafardan ziyod xorijlik jurnalist yoritib boradi.

Markaziy saylov komissiyasi saylov kuni jamoatchilikni ovoz berishning borishi haqida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish boyicha Respublika matbuot markazida bolib otadigan onlayn brifinglar orqali xabardor qilib boradi.

B.BOZOROV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: