O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
01.12.2016

KELAJAK BUGUNDAN BOSHLANADI

Yoshlarning mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishi dolzarb masaladir. Partiyamiz tashkilotlari, «Istiqbol» yoshlar qanoti a’zolari bunga alohida etibor qaratib kelyapti.

O‘zbekiston XDP Toshkent viloyat kengashi tomonidan Temuriylar tarixi davlat muzeyida otkazilgan Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy madaniyatini shakllantirish masalalari mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumanda shu haqda atroflicha fikr yuritildi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Toshkent davlat islom universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Ozbekiston Olimpiya qomitasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Istiqbol va Faol ayollar qanotlari yetakchilari, bir guruh iqtidorli va istedodli yoshlar, mahalliy Kengashlar deputatlari hamda targibotchilar guruhi azolari ishtirok etdi.

Yoshlarga oid davlat siyosati togrisidagi qonun mazmun-mohiyatini tushuntirish, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy madaniyatini yuksaltirish, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida ularning faol ishtirokini taminlash maqsadida tashkil etilgan tadbir samimiy muloqot ruhida, interfaol usulda otkazildi.

Hojiakbar CHOTBOYEV, Ozbekiston XDP Toshkent viloyat kengashi sektor mudiri:

— Har birimiz jamiyat oldidagi burchimizni chuqur anglab yetishimiz zarur. Biz tadbirlarimizda imkoniyatlardan oqilona foydalanish yollarini ilm-fan, sport va boshqa sohalarda etiborli yutuqlarni qolga kiritgan yoshlar misolida korsatib berishga harakat qilyapmiz.

Safimizdagi yigit-qizlar tom manoda yosh siyosatchilar hisoblanadi. Ularning islohotlar, qabul qilinayotgan qonunlar va qarorlar mazmun-mohiyatidan yaqindan xabardor bolishi muhim masala. Demak, joylarda deputatlar, jamoat arboblari, el-yurt nazaridagi kishilar bilan uchrashuvlar tashkil etish ananasini yanada rivojlantirishimiz kerak, deb oylayman.

Doniyor SALIYEV, XV Paralimpiya oyinlari golibi:

Bugun yurtimizda yaratilgan sharoit va berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan yigit-qizlar nafaqat mamlakatimiz, balki jahon miqyosida ham ulkan yutuqlarga erishyapti. Bu haqda deyarli har kuni bir xushxabar eshitamiz. Demak, bizga korsatilayotgan etibor, gamxorlik oz mevalarini beryapti.

Bolalagimdan sport bilan shugullanaman. Oilamdagilarning hammasi sportga qiziqadi. Bu yil Braziliyada bolib otgan paralimpiya oyinlarida uzunlikka sakrash hamda 400 metrga yugurish boyicha 2 ta bronza medalini qolga kiritdim. Yurtimizda sportga etibor kuchli. Boshqa sohalarda ham imkoniyatlar eshigi keng ochiq. Tengdoshlarimga sportning ahamiyati, yutuqlarim zamirida biz yoshlarga berilayotgan katta imkoniyatlar va gamxorlik turgani haqida gapirib berdim.

Nigmatulla ABDUQOCHQOROV, Zangiota tumani, Istiqbol yoshlar qanoti faoli:

Tumanimizda Istiqbol yoshlar qanotining 150 nafardan ortiq azosi bor. Biz ularni gayrat va izlanuvchanlik bilan oz ustida muntazam ishlashga, yangi goya va loyihalarni amalga oshirishlariga komaklashishga doim harakat qilamiz. Qanot azolari mahalliy Kengashlardagi deputatlar bilan hamkorlikda ishlab tajriba orttiryapti. Yoshlarimiz Prezident saylovi bilan bogliq tadbirlarda, ayniqsa, faol qatnashmoqda.

Oldimizda masuliyatli vazifalar turibdi. Tengdoshlarimizning turmush tarzini, qiziqishlarini doimiy ravishda organishimiz, ularning faolligini oshirishga yordam beradigan tadbirlarni izchil yolga qoyishimiz zarur...

Gulruh ODASHBOYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: