O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
01.12.2016

BANDLIK IJTIMOIY HIMOYANING ENG MAQBUL YOLI

Prezidentlikka nomzod Xatamjon Ketmonov sirdaryolik saylovchilar bilan uchrashdi

Shu kunlarda mamlakatimizning har bir hududida saylovoldi targ‘ibot ishlari qizgin davom etmoqda. Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi ham saylovda faol va munosib ishtirok etishga harakat qilmoqda. Saylovchilar, elektorat vakillari bilan otkazilayotgan uchrashuvlarda partiyadan Prezidentlikka nomzod Xatamjon Ketmonovning dasturini, unda belgilangan ustuvor masalalarni jamoatchilikka yetkazish, ularning hayotiy ahamiyatini ochib berishga alohida e’tibor berilmoqda.

Barchamizga malumki, Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi mamlakatimizda davlat va jamiyatning manzilli ijtimoiy muhofaza hamda ijtimoiy qollab-quvvatlashiga ehtiyojmand aholi qatlamlari manfaatlarini himoya qilish, talim va sogliqni saqlash, sud-huquq, uy-joy va kommunal xizmatlar korsatish tizimini yanada isloh etishga etibor qaratadi. Partiyadan Prezidentlikka nomzod Xatamjon Ketmonov dasturi aynan mazkur yonalishlardagi ustuvor goyalarga asoslanadi. Bu nomzodning sirdaryolik saylovchilar bilan bolib otgan uchrashuvida ham alohida etirof etildi.

Uchrashuvni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Abdugaffor Qirgizboyev ochdi. Nomzodning ishonchli vakili, xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashi deputati Alisher Toshmatov Xatamjon Ketmonovning faoliyati hamda tarjimai holi haqida batafsil malumot berdi.

Nomzod, avvalo, xalqimiz va kelajak avlod uchun munosib hayot darajasi hamda sifatini taminlash borasida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar samarasi Sirdaryo viloyatida ham oz ifodasini topayotganini alohida takidladi. Buyuk Ipak yolida muhim orin tutgan bu hudud ozining gozal tabiati, mehnatkash va fidoyi insonlari bilan dovrug qozongan. Bugungi kunda ushbu viloyat respublikamizning elektr energetikasi, yengil sanoati, oziq-ovqat hamda qurilish materiallari ishlab chiqarish rivojlangan hududlardan biri hisoblanadi.

Sirdaryo mustaqillik yillarida mamlakatimizning eng istiqbolli mintaqalaridan biriga aylandi. Viloyatda erishilayotgan iqtisodiy yutuqlar ijtimoiy sohaning rivojlanishiga mustahkam zamin yaratmoqda. Xususan, shahar va qishloqlar qiyofasi, odamlarning yashash sharoitlari tubdan yaxshilanmoqda. Qolga kiritilayotgan yutuqlar haqida gapirganda, albatta, ozgarish va yangilanishlarda faol ishtirok etib kelayotgan viloyat xalqining mehnatkashligi, tadbirkorligi, fidoyiligi va jonkuyarligini alohida etirof etish lozim, dedi Xatamjon Ketmonov.

Uchrashuvda nomzod mamlakatda amalga oshiriladigan islohotlar, avvalo, inson manfaatlariga xizmat qilishi lozimligini takidladi. Bunda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ish bilan taminlash muhim ahamiyatga ega. Odamlarning munosib ish orniga ega bolishi jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni taminlashi, fuqarolarning ijtimoiy faolligiga keng yol ochishini qayd etdi.

— Bizning goyalar mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga, xalqimiz turmushini farovonlashtirishga yonaltirilgan, dedi u. Davlat va jamiyat tomonidan qollab-quvvatlashga ehtiyojmand aholi qatlami manfaatlarini himoya qilishni ustuvor vazifa, deb hisoblaymiz. Bunda qator ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga etibor qaratish lozim. Jumladan, aholi turmush darajasini yaxshilashning eng muhim sharti ularni muqim ish joyi bilan taminlashdan iboratdir. Mustaqil hayotga kirib kelayotgan yoshlarga kasb tanlash, talim olish hamda oquv muassasalarini bitirgach, ish orniga ega bolishi uchun adolatli, teng va ijtimoiy jihatdan maqbul shart-sharoitlarni yaratish eng muhim masaladir.

Har yili mamlakatimizda yarim millionga yaqin yigit-qiz kasb-hunar kollejlarini tamomlaydi. Ularni ish bilan taminlash kechiktirib bolmaydigan masaladir. Bu borada qator takliflar ilgari surilmoqda. Masalan, kollej bitiruvchilarining yakka tartibdagi mehnat va tadbirkorlik faoliyatini ragbatlantirish uchun maqbul sharoitlar yaratish maqsadida imtiyozli mikrokreditlar ajratish amaliyotini kengaytirish kerak. Oz biznesini ochishda belgilangan yigimlardan, faoliyatini toliq yolga qoygunga qadar soliqlardan ozod qilish muddatini uzaytirish maqsadga muvofiq boladi, deb oylaymiz.

Yoshlar bilan suhbatlarda bir narsaga guvoh bolganman. Ishlab chiqarishning qaysidir turida ish boshlash niyatida yurgan yigit-qizlar juda kop. Hozir ularni qollab-quvvatlasak, kerakli mablag bilan taminlanishiga komaklashsak, huquqiy maslahat berib, faoliyatini boshlashiga yordam bersak, bu ularning oziga ishonchi ortishiga xizmat qiladi. Bu borada belgilangan yigimlardan ozod qilish muddatini uzaytirish masalasini ham chuqurroq oylab korsak, ular qorqmasdan oz biznesini boshlaydi.

Samimiy muloqot ruhida, erkin savol-javoblar asosida otgan uchrashuvda saylovchilar oz fikr-mulohazalarini bildirishdi. Sozga chiqqanlar Ozbekiston XDPdan Prezidentlikka nomzodning Saylovoldi dasturida belgilangan maqsadlar, ilgari surilgan goya va takliflarning hayotiyligini etirof etishdi.

Mahmud AHMEDOV, Ozbekiston XDP Sirdaryo tuman kengashi raisi:

Dasturda ijtimoiy himoya masalalariga alohida etibor qaratilganini qollab-quvvatlaymiz. Boisi unda aholining ijtimoiy faolligini oshirish, iqtisodiy daromadlarini kopaytirish, bilan bogliq dolzarb masalalar orin olgan.

Nomzod Saylovoldi dasturida, avvalo, mamlakatimizda ish orinlari tashkil etish va mehnatga layoqatli aholi bandligini taminlash boyicha amalga oshirilayotgan maqsadli choralarni qollab-quvvatlash, bandlik sohasidagi siyosatni yanada takomillashtirish masalasiga alohida etibor qaratilgan. Bu bizga har tomonlama maqul boldi.

Malumki, yurtimiz aholisi va ishchi kuchi resursi tarkibida yoshlar katta qismni tashkil qiladi. Buni har yili mehnat bozoriga kirib kelayotgan yigit-qizlar misolida ham korish mumkin. Nomzodimiz fikricha, ularni ish bilan taminlashda korxona va ish beruvchilarning tegishli hududlardagi kasb-hunar kollejlariga biriktirilishi hamda muntazam harakatdagi «kollej-korxona» aloqalarini izchil yolga qoyish kerak.

Togrisini aytish kerak, ayrim xojalik boshqaruvi organlari, korxonalar va tashkilotlar faoliyatida ish orinlari soni haqidagi statistik malumotlarni asossiz ravishda oshirib korsatishdek salbiy holatlar uchrab turibdi. Nomzodimiz ilgari surgan ushbu taklif bu borada uchrayotgan xato va kamchiliklarni bartaraf etishda muhim orin tutadi, deb oylayman.

Shu jihatdan olib qaraganda, nomzodning Saylovoldi dasturida ilgari surilgan maqsad va vazifalar hozirgi kunda juda dolzarb hisoblanadi. Shu bois, nomzodning dasturini qollab-quvvatlayman va barchangizni Prezident saylovida faol ishtirok etishga chaqiraman.

Noroy DOSTMURODOVA, Guliston shahridagi Dostlik qishloq vrachlik punkti shifokori, xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati:

Xatamjon Ketmonovning Saylovoldi dasturidagi yuqori sifatli va maqbul tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga etiboringizni qaratmoqchiman.

Kasbimdan kelib chiqib, dasturdagi tibbiyot sohasida amalga oshirilishi lozim bolgan goyalar bilan yaqindan tanishdim. Aholi, ayniqsa, olis qishloq hududlarida birlamchi tibbiy yordamdan qulay va tez foydalanish imkoniyatini taminlovchi qishloq vrachlik punktlari tarmogini kengaytirish taklifi juda togri, deb hisoblayman. Negaki bazi qishloqlarda tibbiy xizmat hali ham kongildagidek emas. Hammamiz issiq jonmiz, hayotda kutilmagan hodisalar ham bolishi mumkin. Shunday paytlar boladiki, kimgadir shoshilinch tibbiy xizmat korsatish kerak boladi. Demak, qishloq vrachlik punktlari tarmogini kengaytirish, har bir hududda ularning faoliyatini tizimli yolga qoyish dolzarb masala.

Dasturda farmatsevtika korxonalari va dorixona muassasalari faoliyati, dori-darmon vositalari narxi ustidan davlat va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, dori vositalari reklamasini cheklash masalalariga alohida toxtalib otilgan. Bularning hammasi juda muhim masalalardir.

Shohira YULDASHEVA, Sirdaryo tuman xalq talimi muassasalarini metodik taminlash va tashkil etish bolimi mudiri orinbosari, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati:

Saylovoldi targiboti jarayonlarida bir narsaga kop guvoh boldim. Xatamjon Ketmonov dasturida belgilangan ustuvor yonalishlar, hayotiy takliflar saylovchilarni befarq qoldirmayapti.

Hozirgi kunda kasb-hunar kollejlari, oliygohlarni tugatgan ayrim yosh kadrlar egallagan mutaxassisligiga mos ish topolmayotgani yoki kam oylik maosh bilan ishlayotganidan koz yuma olmaymiz. Oqish uchun shartnoma pullarini tolashga qiynalayotgan, ehtiyojmand oilalar farzandlari ham yoq emas. Bunday talabalarning shartnoma pullarini tolayotgan korxonalarni ragbatlantirish masalasi nomzodimiz dasturidan orin olgani etiborga loyiq. Talim sohasi mutaxassisi sifatida kadrlar masalasi hamda yoshlarning bandligi bilan bogliq goyalar tarafdoriman.

Mavluda MAMATKARIMOVA, Ozbekiston XDP Guliston tuman kengashi raisi:

Nomzodning Saylovoldi dasturi hayot bilan chambarchas boglangan. Xususan, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarga qulay shart-sharoitlar yaratish, buning uchun ijtimoiy obyektlarda nogironlarga maxsus kirish yolagi panduslar hamda ularga moslashtirilgan piyodalar yolakchalari bolishini taminlash haqidagi taklifi menga manzur boldi. Kocha-koyda jismoniy imkoniyati cheklangan kishilarning qiyin ahvolda ketayotganini kop kuzatganman. Bir narsani unutmasligimiz kerak. Ular ham jamiyatning teng huquqli azosi. Shunday ekan, nogironlar uchun hamma sharoitlarni yaratish dolzarb masala.

Hammamiz bilamiz, odamlarning yaxshi yashashi va munosib turmush sharoitiga ega bolishida kommunal soha rivoji muhim ahamiyatga ega. Nomzodning Saylovoldi dasturida kommunal sohada raqobat muhitini yaratish, korsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash bilan bogliq muhim masalalar aks etgan. Kommunal xizmatlar, xususan, gaz, elektr va issiqlik taminoti, kanalizatsiya, maishiy chiqindilar narxlari va tariflarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish taklif etilyapti. Shu orqali odamlarga munosib turmush sharoitlarini yaratish imkoni kengayadi, deb oylayman...

Uchrashuv davomida sozga chiqqanlarning barchasi Prezidentlikka nomzod Xatamjon Ketmonovning Saylovoldi dasturi mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirib kelinayotgan kuchli ijtimoiy siyosat, insonparvar demokratik islohotlarning bosh maqsadiga mos kelishini takidlashdi. Shuning uchun saylovchilarni undagi goyalarni qollab-quvvatlashga, nomzodimizga ovoz berishga chaqirishdi.

Saylovchilarning dasturdagi ustuvor yonalishlar haqidagi savollariga Xatamjon Ketmonov atroflicha javob berdi.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi maxsus muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: