O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
01.12.2016

ZAMONAVIY SAYLOV TIZIMI: OZBEKISTON TAJRIBASI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish uchun xorijiy jurnalistlar, saylov jarayonini kuzatish maqsadida xalqaro kuzatuvchilar kelmoqda.

OzA muxbiri ularning ayrimlari bilan mamlakatimiz saylov tizimi, Prezident sayloviga tayyorgarlik jarayoni haqida suhbatlashdi.

Nikolay LEVICHEV, Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi:

— Dunyoning koplab davlatlarida saylov jarayonlarini kuzatganman. Ozbekistondagi siyosiy partiyalar orasidagi soglom raqobat muhiti, ozaro hamjihatlik, birdamlik, saylovda ovoz berish tartibi, ulardan farqli ravishda, muayyan afzalliklarga ega. Saylov uchastkasida tashkil etilgan tibbiyot xonasi, ota-onalar ovoz berayotganda ularning farzandlari ona va bola xonalarida mutaxassislar qarovida bolishi bular etiborga molik tajribalar.

Ozbekistondagi tinchlik va osoyishtalik, barqarorlik va hamjihatlik muhitiga har qancha havas qilsa arziydi. Rossiya va Ozbekiston ortasidagi hamkorlik taraqqiy etib, barcha sohada rivojlanishiga ishonamiz.

Osman GOKMEN, TRT telekanalining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari (Turkiya):

2005 yildan buyon Ozbekistonda faoliyat yuritaman. Saylov jarayonlarini kuzatganman. «Press klub: Saylov.uz 2016» press-klubining tashkil etilishi xorijiy jurnalistlar, xalqaro kuzatuvchilar, ekspertlar ishini yanada yengillashtirdi. Qarang, press-klubda bir paytning ozida qancha telekanal korsatuvlarini kuzatish mumkin. U haqiqiy axborot makoniga aylangan.

Turkiya telekanallarida har kuni Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik korish, uni kotarinki ruhda otkazish, saylov uchastkalaridagi zamonaviy shart-sharoitlar borasida lavhalar berib borilmoqda. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va jahon hamjamiyati tomonidan etirof etilgan demokratik tamoyillarning amaldagi yana bir ifodasi boladi.

Li YAAOYUANYA, Xitoyning Szinszi Jibao gazetasi maxsus muxbiri:

Ozbekiston Prezidenti sayloviga 600 ga yaqin xalqaro kuzatuvchi va jurnalistlarning kelayotgani bejiz emas. Bu mamlakatingizning nufuzi yildan-yilga yuksalib, taraqqiy etayotganidan, axborot tizimi, media sohasi rivojlanib, iqtisodiy yuksalayotganidan dalolatdir. Biz jurnalist sifatida Ozbekistondagi ommaviy axborot vositalari tizimining mukammal faoliyat yuritayotgani, xabarlar tezkor, ishonchli, sifatli tashkil etilayotgani, nodavlat teleradiokanallari faollashganidan xursandmiz.

Dmitriy POVAROV, Rossiya segodnya axborot agentligi maxsus muxbiri:

Ozbekistonda turizm sohasi jadal rivoj topmoqda. Ozbekiston Markaziy Osiyodagi eng rivojlangan, qadimiy obidalari, osori-atiqalari, tarixiy shaharlari bilan dunyoga mashhur mamlakat sanaladi. Men Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlarida bolganman. Ozbekistonda Prezident saylovi qonun doirasida otishiga ishonaman. Saylovda ishtirok eta olmaydigan bemorlar, keksalarning uylariga saylov qutilari olib borilishi, Ozbekistonning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalarida saylov uchastkalari tuzilgani har bir fuqaroga oz huquqidan tola foydalanish imkonini beradi.

OzA muxbiri

Azima QIYOSOVA

yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: