O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
01.12.2016

FUQAROLIK BURCHI

O‘zbekiston XDP «Yoshlik» talabalar shaharchasi kengashi Saylovda faol ishtirok etish — mening fuqarolik burchim mavzusida davra suhbati otkazdi.

Tadbirda ta’kidlandiki, mustaqillik yillarida mamlakatimizda siyosiy-huquqiy tizimlar izchil, bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinishi natijasida huquqiy davlat asoslari yanada mustahkamlandi. Bu jarayonda demokratik talablarga javob beradigan saylov tizimi yaratildi.

Tadbirda saylovda ilk bor ishtirok etayotgan yoshlar saylov qonun-qoidalari bilan tanishtirilib, ularga saylov kampaniyasi jarayonlari haqida atroflicha tushuncha berildi. Shu bilan birga, ovoz berish tartibi, saylovchilarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, bu jarayonda yoshlarning ishtirokini kengaytirish masalalari haqida fikr yuritildi.

Yoshlar ozlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi. 4 dekabr kuni bolib otadigan saylovda albatta ishtirok etishlarini takidlashdi.

Muhabbat ABDULLAYEVA,

Ozbekiston XDP Yoshlik talabalar shaharchasi kengashi raisi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: