O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
01.12.2016

SHHT KUZATUVCHILAR MISSIYASI OZBEKISTONGA KELDI

Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik korish va uni otkazish jarayonini kuzatish boyicha missiyasi kuzatuvchilari 2016 yil 30 noyabr kuni mamlakatimizga keldi. Unga ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov rahbarlik qilmoqda.

ShHT missiyasi Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Prezident sayloviga xalqaro kuzatuvchilar taklif etilishini uni demokratik tamoyillar asosida, ochiq va oshkora otkazishga bolgan intilishning yaqqol ifodasi, deb baholaydi.

Missiya oz faoliyatini Ozbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga hamda Prezident va parlament saylovlarida, referendumlarda ShHT kuzatuvchilar missiyasi togrisidagi nizom asosida siyosiy betaraflik va davlatning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyillariga rioya qilgan holda amalga oshiradi.

Uning tarkibiga ShHTga a’zo davlatlarning qonun chiqaruvchi, ijro va saylov organlari, shuningdek, ShHT kotibiyatining 20 nafar vakili kiritilgan. Ular oz faoliyati davomida iloji boricha koproq saylov uchastkalariga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.

Missiya Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida uchrashuvlar otkazadi. Saylov komissiyalari, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari vakillari, xalqaro tashkilotlar missiyalari azolari, xorijiy mamlakatlar kuzatuvchilari bilan muloqotlar otkazishni rejalashtirgan.

ShHTda saylovlarni kuzatish sohasida katta tajriba toplangan. Bu borada tashkilotda 2004 yildan buyon 37 missiya shakllantirilgan bolib, ularning 5 tasi mamlakatimizda ish olib borgan.

* * *

Shu kuni Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov ShHT kuzatuvchilar missiyasi rahbari R.Alimov bilan uchrashdi.

Muloqot chogida missiya rahbari Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik korish va uni otkazish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishtirildi.

Takidlanganidek, saylovga tayyorgarlik ishlari saylov togrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq, ochiq va oshkora olib borilmoqda.

B.BOZOROV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: