O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
29.11.2016

XALQARO TURNIR

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida yunon-rum va erkin kurash bo‘yicha Oltin Gran-pri turkumidagi xalqaro turnir bolib otdi. Musobaqada murabbiylarimiz asosan yosh va umidli polvonlarimizga ishonch bildirishgan edi.

Unda hamyurtimiz Feruz Toxtayev (59 kg) yunon-rum kurashi boyicha finalgacha barcha raqiblarini maglubiyatga uchratdi. Saralash bellashuvlarida hindistonlik Gaurav Sharmani 8:0, ozarbayjonlik Karim Ja’farovni 6:3 hisobida yengdi. Yarim finalda rossiyalik Mingiyan Semyonov ustidan zafar quchdi.

Oltin medal uchun bolgan bellashuvda Feruz Toxtayev yaponiyalik Kenichiro Fumitoga kichik farq bilan (4:5) yutqazib, shohsupaning ikkinchi pogonasidan joy oldi.

Erkin XOLBOBO,

«Ozbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: