O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
29.11.2016

SAYLOVDA OZ OVOZIM BILAN ISHTIROK ETAMAN

Shahlo HIKMATULLAYEVA, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti talabasi:

— Men 19 yoshdaman. Katta orzular bilan o‘qiyapman. Bilaman, ertaga oqishni tugatib, qanday ishlashim, yashashim davlatimiz siyosatiga, jamiyatda yaratilgan sharoitlarga bogliq. Mamlakatimiz ravnaqi qanday bolishi esa saylovda kimga ovoz berishimizga bogliq. Prezident saylovi har birimizning taqdirimizga daxldor bolgan, muhim voqea hisoblanadi.

Bu saylovda men birinchi marta ovoz beraman. Shuning uchun institutimizda saylovga bagishlab otkazilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etayapman. Ozimni qiziqtirgan savollarga javob olyapman. Saylov huquqi togrisidagi tushunchalarim kengaydi. Siyosiy partiyalardan korsatilgan nomzodlarning dasturlari bilan tanishdim. Ularda hayotimizning muhim yonalishlari qamrab olingan.

Saylov kuni tengdoshlarim bilan bir safda turib, munosib nomzodga ovoz beraman.

Orolmirzo SAFAROV, Ozbekiston xalq hofizi:

Bu yilgi saylovda birinchi marta brayl yozuvidagi saylov varaqalari joriy etildi. Bu yangilikdan juda xursand boldik. Endilikda biz jismoniy imkoniyati cheklangan insonlar ham yurtimiz taqdiri, oilamiz, farzandlarimiz kelajagi uchun munosib, deb bilgan nomzodimizga mustaqil ovoz berish imkoniga ega boldik.

Avvallari, kimningdir yordami orqali nomzodlarning dasturlari bilan tanishardik. Saylov uchastkasiga birga borgan yaqinimizga qaysi nomzodga ovoz berishimizni aytardik, biz uchun u ovoz berardi. Joriy qilingan yangi tartib mamlakatimizda saylovlar tenghuquqlilik, xolislik prinsiplari, insoniy tamoyillar asosida otishini anglatadi. Har kim oz tanlovini erkin tarzda bildiradi.

Jahonning koplab mamlakatlarida turli usullarda ovoz beriladi. Yurtimizda saylov umumiy, teng va togridan-togri saylash huquqi asosida yashirin ovoz berish yoli bilan amalga oshiriladi. Demak, biz oz fikrimizni mustaqil, erkin tarzda bildirish imkoniga ega bolamiz.

Men birinchilardan bolib saylov uchastkasiga borib, oz-ozim xohlagan nomzodga ovoz beraman.

Nodira GOFUROVA, OzXDP Toshkent shahar kengashi sektor mudiri:

Ozbekiston XDP Toshkent shahar kengashi «Istiqbol» yoshlar qanoti 17 mingdan ziyod yigit-qizni birlashtirgan. Ularning 23 foizdan koprogi saylovda birinchi marta ishtirok etadi.

Shundan kelib chiqib, qanotimiz faollari ham oz oldilariga bir qator vazifalarni qoygan. Mening ovozim Vatanim kelajagini belgilaydi, Yurtim ravnaqi uchun ovoz beraman, Men kuzatuvchiman shiori ostida davra suhbatlari, seminar-treninglar tashkil qilyapmiz.

Ishonchim komilki, Istiqbol yoshlar qanoti a’zolari saylovda eng birinchilardan bolib ovoz berishadi.


Fazliddin GOYIBNAZAROV, boks boyicha Olimpiya oyinlari chempioni, Ozbekiston iftixori faxriy unvoni sohibi:

Men har gal xalqaro musobaqalarda ringga chiqar ekanman, avvalo, Vatanimiz shanini oylayman. Davlatimiz tomonidan biz sportchilarga korsatilayotgan etiborga munosib natija korsatishga harakat qilaman. Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga davlat siyosati darajasida qarab kelinmoqda.

Ozbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan yurtimizda koplab zamonaviy sport inshootlari barpo etildi. Sport yoshlarni jismonan soglom etib tarbiyalash bilan birga, mamlakatimizni dunyoga tanitadigan muhim vosita, deb uqtirib kelindi. Bu fikrlar naqadar togriligini hayotning ozi korsatdi.

Mamlakatimizga xorijdan sportchilar kelsa, poytaxtimiz Toshkentdami, Andijon yoki Samarqanddami, qayerda musobaqa bolmasin, biz faxrlanib ularga yurtimizni korsatamiz. Togrisi, ular orasida bizga havasi kelganlarni kop korganmiz.

Hayot davom etadi. Uning talablari oshib boraveradi. Biz yutuqlarimizni yanada kopaytirishimiz kerak, oldinda yangi marralar turibdi. Shuning uchun ham saylovda qatnashish, ovoz berishni burchim, deb bilaman. Kimga va nima uchun ovoz berishim kerakligi togrisida aniq qarorga egaman. Saylov kuni ozim uchun maqul bolgan nomzodni qollab-quvvatlayman. Barcha sportchilarimizni saylovda faol qatnashishga davat etaman.

Oxunjon HAKIMOV, Ozbekiston xalq shoiri:

Sozimni Yaratganga shukronalikdan boshlamoqchiman. Yoshim... saksondan oshgan bolsa-da, haligacha el-yurt etiborida, xurmatida ekanim, zamonamizning tinchligi, xalqimizning farovon hayot kechirayotgani, mamlakatimiz dunyoning manaman degan davlatlaridan kam emasligi, obodu maftunkorligini korish, shunday dorulomon zamonda yashashning ozi katta baxt. Men tengilar ogir zamonlarni boshdan kechirdik. Ochlikni ham, kamsitishu tahqirni ham kordik. Bu gaplar albatta aytilishi kerak bolgan, lekin alohida mavzu. Olloh rahmatiga olsin, Birinchi Prezidentimiz Ozbekiston mamlakati va Ozbekiston xalqining kelajagini oylab, goyat togri yol tanladi, uzoqni kozlab chora-tadbir kordi. Bugungi yutuqlar ana shu dono siyosatning natijalaridir.

Biz mamlakat taqdiri, xalq kelajagi uchun goyat muhim voqea Prezident saylovi arafasida turibmiz. Bu oddiy saylov emas. Ertaga hayotimiz qanday boladi, Birinchi Prezidentimiz olib borgan iqtisodiy islohotlar, ijtimoiy himoyaga asoslangan ichki siyosat qanday davom etadi, tinchligimiz qanday taminlanadi, yoshlarga munosabat-chi, bularning hammasi biz ertaga saylovda kimga ovoz berishimizga bogliq.

Men saylovchi sifatida barcha nomzodlar dasturi bilan tanishib chiqdim, bizning Fargonada otkazilgan uchrashuvlarda ularning nutqlarini tingladim va ozim uchun bir qarorga keldim. Birinchi Prezidentimiz boshlagan ishlarni yangi goyalar, yangi tashabbuslar bilan boyitib, mamlakatimiz taraqqiyotini yanada yuksaltira oladigan nomzodga ovoz beraman.

Men barcha yurtdoshlarimni Prezident sayloviga yuksak masuliyat bilan qarashga va 4 dekabr kuni saylov uchastkasiga borib, xalqimiz baxtu saodati, yurtimiz taraqqiyoti uchun ovoz berishga chaqiraman.

Yoqutxon XOLBEKOVA, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori:

Mamlakatimiz taqdiri, taraqqiyotiga daxldor bolgan, barchamizning zimmamizga ulkan masuliyat yuklovchi muhim siyosiy sanaga sanoqli kunlar qoldi. Prezident saylovi biz yoshlardan faollik hamda birdamlikni talab qiladi.

Mana shu muqaddas zaminda tugilib, kamolga yetayotganimdan baxtiyorman. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibi bolganim zimmamdagi masuliyatni ikki hissa oshiradi. Mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlarni xorijdan kelgan mehmonlar ham etirof etishmoqda. Biz chuqur bilim olishimiz, kasb organishimiz, oz istedodimizni namoyon qilishimiz uchun yetarli sharoit yaratilgan. Hech kimdan kam bolmay voyaga yetyapmiz.

Kelajagimiz qanday bolishi esa bugun kimga ovoz berishimizga bogliq. Biz ertaga amalga oshadigan bunyodkorliklar uchun, farovon turmush, tinchlik va taraqqiyot uchun ovoz beramiz.

Nigarxan NAMETULLAYEVA, Kegeyli tumanidagi 14-umumiy orta talim maktabi oqituvchisi, Dostlik ordeni sohibi:

Ottiz yildan buyon yoshlarga talim-tarbiya berib kelyapman. Bugungi yoshlarga biz faqat havas bilan qaraymiz. Ular chindan-da baxtli yoshlar. Chunki tinch-totuv yurtda yashayapti, barcha imkoniyatlar asosida talim olishyapti.

Mustaqillik yillari maktab, litsey va kasb-hunar kollejlarining zamonaviy binolari barpo etildi. Oliy oquv yurtlari uchun ham koplab yangi binolar qurildi. Bunga bizning Qoraqalpogiston ham yaqqol misol bola oladi.

Talim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar oz samarasini bera boshladi. Ozbekiston farzandlari qaysi sohani olmaylik, hech kimdan kam emasligini namoyon qilib kelyapti. Bu yutuqlar yanada mustahkamlanishi kerak. Birinchi Prezidentimiz boshlagan ishlar izchil davom ettirilishi lozim. Bu esa biz qaysi nomzodga ovoz berishimizga bogliq. Kim ertaga Prezident bolishini bizning ovozimiz hal etadi.

Malika EGAMBERDIYEVA, Nihol mukofoti sovrindori:

Bizning yurtimizda Prezident saylovi har doim yuqori darajada otkazib kelingan. Esimda, oldingi saylovlarda yoshim yetmagani uchun qatnasha olmaganman. Ota-onam saylovga chiqib, kelishganida kimga ovoz berdinglar, qanaqa ovoz beriladi?, deb sorardim. Ular vaqti kelsa, sen ham ovoz berasan. Oshanda hammasini bilib olasan, deyishgandi. Togrisi, osha paytda saylovning ahamiyatini tushunmasdim. Keyin bildim, hayotimiz, taqdirimiz, Vatanimiz taraqqiyoti mamlakat rahbari kimligiga bogliqligini.

Prezidentlik saylovida qatnashayotgan har bir fuqaro bir haqiqatni chuqur anglashi zarur: saylovda biz oz kelajagimiz uchun ovoz beramiz. Bazida Bitta mening ovozim nimani hal qiladi, qabilidagi gaplarni eshitib qolamiz. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti bizga hamisha daxldorlik hissi bilan yashash zarurligini uqtirardi. Shundan kelib chiqadigan bolsak, har birimizda mamlakatimiz siyosiy hayotidagi muhim voqea Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga masuliyat bilan qarashimiz, unda munosib ishtirok etishimiz zarur, deb oylayman.

Ishonamanki, ozi, oilasi va Vatanining ertangi kuniga befarq bolmagan har bir fuqaro 4 dekabr kuni yurtimiz kelajagi uchun ovoz beradi.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Zilola UBAYDULLAYEVA yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: