O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
29.11.2016

YEVGENIY SLOBODA: OZBEKISTONDA SAYLOV KAMPANIYASI QONUN DOIRASIDA, XALQARO STANDARTLAR BOYICHA OCHIQ VA OSHKORA OTMOQDA

Mamlakatimiz, xalqimiz muhim siyosiy voqea arafasida turibdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga har tomonlama puxta tayyorgarlik korildi. Shu kunlarda butun dunyo nigohi Ozbekistonga qaratilgan, desak mubolaga bolmaydi.

Ushbu saylovni kuzatish uchun xalqaro kuzatuvchilar, xalqaro tashkilotlar vakillari, yetakchi ekspertlar mamlakatimizga kelmoqda. OzA muxbiri MDH Ijroiya qomitasi bolim boshligi Yevgeniy SLOBODA bilan suhbatlashdi.

— Ozbekistonda Prezident sayloviga doir qonunchilik asoslari takomillashtirilib, fuqarolarga yengillik yaratish maqsadida ma’lum ozgartirish va qoshimchalar kiritilganidan xabardormiz, dedi Mustaqil Davlatlar Hamdostligi Ijroiya qomitasi bolim boshligi Yevgeniy Sloboda. 2015 yil dekabrda «Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisida»gi qonunga kiritilgan ozgartirish va qoshimchalarga muvofiq saylovoldi tashviqotini olib borish turlari, shakllari va usullari yanada aniqlashtirilgan. Saylov kuni oz yashash joyida bololmaydigan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega boldi. Qonunda siyosiy partiyalarning saylovda qatnashishi, oz nomzodini qollab-quvvatlashi uchun qoshimcha imkoniyatlar belgilandi. Prezidentlikka korsatilgan nomzodni qollab-quvvatlovchi imzo varaqalari Ozbekiston Respublikasi jami saylovchilari umumiy sonining besh foizidan bir foiziga qisqartirildi.

Ozbekistonda otgan parlament va Prezident saylovlarida kuzatuvchi sifatida qatnashganmiz. Ozbekistondagi siyosiy tadbirlarda aholining faolligi tobora oshib borayotganini kuzatmoqdamiz. Bu ularning siyosiy va huquqiy madaniyati yuksakligidan dalolatdir.

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish boyicha saylovoldi tashviqotlari otkazilgani, keng miqyosda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisidagi qonun, unga kiritilgan ozgartirish va qoshimchalar, saylov kampaniyasining mazmun-mohiyati tushuntirilgani, mavzuga oid targibot tadbirlari, davra suhbati, seminar, uchrashuv va konferensiyalar tashkil etilgani, ommaviy axborot vositalari orqali maqola, eshittirish va korsatuvlar elon qilib borilayotgani, turli targibot materiallari tarqatilganini alohida qayd etmoqchiman. Birgina misol: saylovoldi tashviqotlariga doir 100 mingdan ortiq plakat jamoat joylari, transport vositalari, saylov uchastkalari, odamlar gavjum hududlarga joylashtirilgan. Ommaviy axborot vositalari tomonidan elon qilinayotgan materiallar ham fuqarolar siyosiy madaniyatini oshirishga hissa qoshmoqda.

Ozbekistonda xotin-qizlarning siyosiy faolligiga alohida etibor qaratiladi. Bu ushbu saylov jarayonlarida ham namoyon bolmoqda. Qarang, okrug saylov komissiyalarining 152 azosidan 56 nafari xotin-qizlardir. Ularning 12 nafari saylov komissiyalarida rahbarlik qilmoqda. Uchastka saylov komissiyalari tarkibida xotin-qizlar 47,4 foizni tashkil etadi. Ozbek xotin-qizlari siyosiy hayotda dunyoning boshqa koplab davlatlari havas qilgulik darajada faol.

Saylovoldi tashviqotlari, umuman, saylov bilan bogliq jarayonlarda Ozbekiston ommaviy axborot vositalari rolini juda yuqori baholaymiz. Yaqinda Markaziy saylov komissiyasida barcha saylov komissiyasi azolari ishtirokini taminlovchi videokonferensiya tashkil etildi. Bu ham ochiqlik va oshkoralikni qaror toptirishdagi eng samarali usullardan biri. Tadbirda Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod korsatgan siyosiy partiyalardan kuzatuvchi, matbuot, televideniye va radio vakillari, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar qatnashdi. Boshqa tomondan, Markaziy saylov komissiyasi Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, yetakchi axborot agentliklari, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bilan ozaro hamkorlik togrisida bitimlar imzolagani bu yilgi saylov kampaniyasini har tomonlama xolis yoritishda muhim omil bolmoqda. Mazkur yonalishda milliy ommaviy axborot vositalari orqali 10 mingdan ortiq materiallar elon qilingani etiborga molik. Ommaviy axborot vositalari saylovoldi tashviqotida barcha nomzodlar uchun teng sharoit yaratib, haqqoniylik va xolislikni taminlamoqda.

Bir necha viloyatlarda, koplab saylov uchastkalarida boldik. Kuzatuvlarimga asoslanib ishonch bilan aytishim mumkinki, mamlakatingizda saylov kampaniyasi qonun doirasida, xalqaro standartlar boyicha ochiq va oshkora otmoqda. Saylovchilarning Prezidentlikka nomzodlarning dasturi bilan tanishishi, ozlari xohlagan nomzodga ovoz berishi, oz huquqlaridan foydalanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

OzA muxbiri

S.ALIJONOVA yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: