O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
29.11.2016

OZBEKISTONDA SIYOSIY PARTIYALAR FAOLIYATI LEGAL VIEWS GAZETASI NIGOHIDA

Pokistonda nashr etiladigan «Legal Views» gazetasida O‘zbekistonda siyosiy partiyalar: goyalar, fikrlar va maslaklar kurashi sarlavhasi ostida maqola bosilib chiqdi. U Ozbekistonda bolib otadigan Prezident saylovlari mavzusiga bagishlangan.

Maqola mazkur gazetaning bosh muharriri, Pokiston Advokatlar Assotsiatsiyasining doimiy a’zosi Safir Husayn Shoh qalamiga mansub. U 2014 va 2015 yillarda Ozbekistonda bolib otgan parlament va Prezident saylovlarida Pokistondan xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan.

Maqolada qayd etilganidek, mustaqil rivojlanish yillari davomida Ozbekistonda siyosiy partiyalarning keng qamrovda ijtimoiy-siyosiy faoliyat olib borishi uchun zarur sharoitlarni taminlaydigan samarali qonunchilik zamini yaratildi. Shu bilan birga, siyosiy fikrlar xilma-xilligini hamda amaliy kop partiyaviylikni izchil rivojlantirish, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida siyosiy partiyalarning orni va ahamiyatini oshirish Ozbekistonda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishdagi eng muhim ustuvorliklardan biri hisoblanishi ham gazetxonlarning etiboriga havola qilingan.

Pokistonlik ekspert malum qilganidek, hozirgi paytda respublikada kuchli siyosiy partiyalar faoliyat korsatmoqda, ular jamiyatdagi turli qatlam va guruhlarning siyosiy xohish-irodalarini namoyon qilishayotgani holda demokratiya asosida saylangan oz vakillari orqali mamlakatda davlat hokimiyatining shakllanishida ishtirok etishmoqda.

Nashr Ozbekistondagi barcha tort siyosiy partiya — Ozbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati Ozbekiston Liberal-demokratik partiyasi, Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi, Ozbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasi Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida oz nomzodlarini ilgari surganini ham gazetxonlarga malum qilgan. Ularning har biri elektoratning xohish-irodasidan kelib chiqqan holda davlat va jamiyat qurilishiga oid ota muhim masalalarning hal etilishi yuzasidan oz qarashlariga egadir, deb yozadi Legal Views.

Jahon AA,

Islomobod.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: