O'zb  
 
26.11.2016

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASINING MAJLISI

Joriy yilning 25 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish boyicha Respublika matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bolib otdi. Videokonferensaloqa shaklida otkazilgan tadbirda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini otkazuvchi okrug saylov komissiyalari a’zolari, siyosiy partiyalar vakillari, xalqaro kuzatuvchilar, jurnalistlar ishtirok etdi.

Majlisda Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqoti boyicha monitoringning dastlabki natijalari korib chiqildi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar joriy yilning 28 oktabridan boshlab mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boyicha oz goya va qarashlari, taklif va tashabbuslari aks etgan saylovoldi dasturlarini saylovchilar, umuman, keng jamoatchilikka yetkazishga yonaltirilgan tashviqot tadbirlarini olib bormoqda. Saylovoldi tashviqotini olib borishda, jumladan, ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan foydalanishda nomzodlarga teng sharoit taminlanmoqda.

Nomzodlar Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Ozbekiston» va Yoshlar teleradiokanallari, hududiy tele va radiokanallarda taqdim etilgan bepul efir vaqti, shuningdek, Xalq sozi, Narodnoye slovo, Pravda Vostoka, Nurl jol va Ovozi tojik gazetalari, hududiy gazetalarda ajratilgan bepul nashr maydonidan tashviqot maqsadida samarali foydalanmoqda.

Nomzodlar va ommaviy axborot vositalari Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisidagi qonun va Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2016 yil 3 oktabrdagi qarori bilan tasdiqlangan Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqotini olib borish tartibi togrisidagi nizom talablariga qatiy amal qilib kelmoqda. Saylovoldi tashviqotining otgan davrida saylov qonunchiligi buzilishi holatlari qayd etilmadi.

Majlisda ovoz berishga tayyorgarlik korish va uni otkazish masalalari ham korib chiqildi. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha asosiy tadbirlar dasturini amalga oshirish doirasida barcha bogindagi saylov komissiyalari tomonidan fuqarolarning saylov huquqlarini taminlash yuzasidan katta ish olib borilmoqda.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini otkazish uchun saylov uchastkalari, jumladan, Ozbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida 44 saylov uchastkasi tuzilib, zarur jihozlar bilan taminlandi. Har bir saylov uchastkasida Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar haqida axborot mavjud. Uchastka saylov komissiyalari tomonidan saylovchilarni ovoz berish vaqti va joyi haqida xabardor qilish boyicha ishlar olib borilmoqda. Teleradiokanallarda saylov sanasi haqida informatsion roliklar, muddatidan oldin ovoz berish, saylov kuni ovoz berish tartibi, saylov byulleteni, shuningdek, uchastka saylov komissiyalarining saylov kunidagi faoliyati haqida korsatuv, videorolik, eshittirishlar efirga uzatilmoqda.

Bugungi kunda saylov kuni oz yashash manzilida bolish imkoniyati yoq saylovchilar uchun muddatidan oldin ovoz berish jarayoni davom etmoqda.

Saylov kuni ovoz berish jarayonini onlayn rejimida kuzatish, mamlakatimiz hududlari bilan videoaloqa orqali muloqot olib borishni taminlash maqsadida yagona komputer tarmogi yaratilgan. Jamoatchilikni saylovning borishi haqida xabardor qilish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov kuni, yani 4 dekabrda onlayn brifinglar otkaziladi.

Majlisda Markaziy saylov komissiyasi vakolatiga tegishli boshqa masalalar ham korib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

B.BOZOROV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: