O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
26.11.2016

ISHONCHLI VAKIL SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Xatamjon Ketmonovning ishonchli vakili A.Ahmedov Navoiy viloyati Xatirchi tumani saylovchilari bilan uchrashdi.

Ishonchli vakil saylovchilarni Xatamjon Ketmonovning tarjimai holi va saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi.

Vakil Prezidentlikka nomzodning dasturida belgilangan muhim jihatlarni qayd etar ekan, qishloq vrachlik punktlari tarmogini kengaytirish, imtiyozli va bepul malakali tibbiy-sanitariya xizmati korsatilishini tartibga soluvchi qonun va hujjatlar ijrosi ustidan tizimli nazoratni kuchaytirish, farmatsevtika korxonalari va dorixona muassasalari faoliyati hamda dori-darmon vositalari narxi ustidan davlat va jamoatchilik nazoratini mustahkamlash, dori vositalari reklamasini cheklash kabi muhim vazifalarga alohida e’tibor qaratilganini takidladi.

Nomzod dasturida istiqbolli loyihalarni rivojlantirish boyicha investitsiya dasturlari ishlab chiqishga malakali orta maxsus va oliy malumotli mutaxassislarni jalb etish hamda hududiy bandlik dasturlari bilan ozaro bogliqlikni taminlash, ishchi kuchi chetga chiqib ketishining oldini olish, buning uchun aholi bandligini taminlashning mutlaqo yangi va zamonaviy usullarini joriy qilish, ish orinlari tashkil etish dasturining sozsiz bajarilishi ustidan parlament nazoratini kuchaytirish kabi ustuvor vazifalar ilgari surilgan.

Uchrashuvda xalq deputatlari Xatirchi tumani Kengashidagi partiya guruhi rahbari R.Boymurodov, tumandagi 88-davlat ixtisoslashtirilgan umumtalim maktabi direktori M.Saidahmedova, «Soglom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi tuman bolimi direktori Sh.Jorayeva va boshqalar nomzodning dasturida belgilangan ustuvor vazifalar xususida fikr bildirdi.

Nomzodning ishonchli vakili saylovchilarning savollariga atroflicha javob qaytardi.

N.RAHIMOV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: