O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
26.11.2016

HAR BIR INSON UCHUN MUNOSIB ISH HAQI

Prezidentlikka nomzod Xatamjon Ketmonov surxondaryolik saylovchilar bilan uchrashdi

Qumqo‘rgon tuman hokimligining majlislar zalida videokonferensaloqa tarzida tashkil etilgan uchrashuvda tuman va shaharlardagi studiyalar orqali 3 ming nafarga yaqin saylovchi ishtirok etdi.

Tadbirni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Tursunpolat Norboyev ochdi.

Dastlab nomzodning ishonchli vakili, partiyaning Surxondaryo viloyat kengashi raisi Chori Jumaqulov yigilganlarni Xatamjon Ketmonovning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

Shundan keyin soz Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Xatamjon Ketmonovga berildi.

Xatamjon Ketmonov oz ma’ruzasida dastlab mustaqillik yillarida fuqarolarning oz xohish-irodasini erkin ifoda etishi uchun jahonda umumetirof etilgan meyorlarga muvofiq saylov tizimi shakllanganligini qayd etdi.

Prezidentlikka nomzod, qadimiy va boy tarixi, gozal tabiati, yer osti va yer usti boyliklari bilan dovrug qozongan Surxon vohasining bugungi kunda mamlakatimiz taraqqiyotida tutgan ornini etirof etar ekan, viloyat ahlining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy sohalarda erishgan muvaffaqiyatlari, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, millatlararo dostlik va hamjihatlik munosabatlarini rivojlantirishga qoshgan munosib hissasi uchun Termiz shahri «Amir Temur» ordeni bilan mukofotlanganini alohida takidladi.

Nomzodning maruzasida, 2015-2017 yillarda Surxondaryo viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturi qabul qilinganligi va unda viloyat sanoatini rivojlantirishning eng muhim yonalishlari aniq belgilab berilganligi haqida soz bordi.

Nomzod mustaqillik yillarida viloyatdagi islohotlar aholining nafaqat turmush farovonligi yuksalishiga, balki fuqarolarning siyosiy ongi va madaniyatining oshishiga, asosiysi, ularda yurt taraqqiyotiga nisbatan daxldorlik tuygusining kuchayishiga sabab bolganini va bu oz navbatida, oldimizda turgan saylovda surxondaryolik saylovchilar faol ishtirok etishiga xizmat qilishini takidladi.

Nomzod oz Saylovoldi dasturi bilan yigilganlarni tanishtirar ekan, dasturda avvalo, Ozbekiston Xalq demokratik partiyasining goya va dasturiy maqsadlariga, xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining parlamentdagi kopchilik — Demokratik kuchlar blokiga nisbatan ozini muxolifat, deb elon qilgani, buning natijasida muxolif fraksiya sifatida ilgari surgan qator goyalariga asoslanishini alohida tilga oldi.

Nomzod oz dasturida korxona va ish beruvchilarning tegishli hududlardagi kasb-hunar kollejlariga biriktirilishi hamda muntazam harakatdagi kollej-korxona aloqalarini yolga qoyish, muhim-ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar bilan bogliq ravishda zamonaviy kasbga ega bolgan kadrlar tayyorlash masalasi hal qilinishiga erishish lozimligini takidladi.

Shuningdek, nogironlar mehnat qilishi uchun ixtisoslashgan korxonalar tashkil etishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish, jumladan, ushbu maqsadda davlatning markazlashgan sarmoyalari hisobidan bunday korxonalar tarmogini rivojlantirish va yirik korxonalarga kasanachilik ish joylarini tashkil etish boyicha majburiy kvotalar belgilash orqali jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar (nogironlar)ni kasanachilik faoliyatiga jalb qilishni kengaytirish zarurligini alohida qayd etib otdi.

Shundan song maruza yuzasidan ishtirokchilar sozga chiqishdi.

Bahodir TOGAYeV, Oltinsoy tuman Bandlikka komaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati:

Nomzod dasturida aholining barcha qatlamlari, eng avvalo, kam taminlangan qatlamning turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda davlatning tartibga soluvchilik rolini mustahkamlash masalalariga alohida etibor qaratilgan. Buni samarali amalga oshirish uchun qator ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga jiddiy etibor berish kerak, deb oylayman.

Jumladan, aholining ehtiyojmand qatlamlari manfaatini himoya qilish, turmush darajasi yaxshilanishining eng muhim sharti ularning bandligini taminlashdir. Buning uchun mehnatga layoqatli kishilarning munosib haq tolanadigan ish orinlariga ega bolishi, fuqarolarning tashabbuskorligi va ishbilarmonligini qollab-quvvatlash va ragbatlantirish zarur, deb bilaman.

Malumki, mustaqil hayotga kirib kelayotgan yoshlarga kasb tanlash, talim va oquv muassasalarini bitirgach, albatta, birinchi ish orinlariga ega bolishlari uchun adolatli, teng va ijtimoiy jihatdan maqbul shart-sharoitlar yaratish talab etiladi.

Viloyatimizda har yili 43 ming 500 nafardan ortiq yigit-qiz kasb-hunar kollejlarini tamomlaydi. Nomzodimizning fikricha, ularni ish bilan taminlash kechiktirib bolmaydigan masaladir.

Dasturda kichik biznes, uy mehnati, kasanachilik va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish orqali xotin-qizlar bandligini taminlash samaradorligini oshirish, mehnat qonunchiligida ayollarga berilgan huquq va qoshimcha imtiyozlardan keng foydalanish uchun yanada maqbul sharoitlar yaratish lozimligi ham qayd qilindi. Shularni hisobga olgan holda, saylovda munosib nomzodga ovoz beramiz.

Ozoda JORAYeVA, Termiz shahridagi 2-son oilaviy poliklinika bosh shifokori:

Dasturda ilgari surilgan aholiga yuqori sifatli va maqbul tibbiy yordamdan keng foydalanish imkoniyatini yaratish masalasi etiborimni tortdi. Olis qishloq hududlarida birlamchi tibbiy yordamdan qulay va tez foydalanish imkoniyatlarini taminlovchi qishloq vrachlik punktlari tarmogini kengaytirish togrisidagi taklifni togri, deb hisoblayman. Shuningdek, imtiyozli va bepul asosda malakali tibbiy-sanitariya yordami korsatishni tartibga soluvchi tegishli qonun hujjatlarining ijrosi ustidan nazorat samaradorligini oshirish borasida bildirilgan taklif ham juda orinli.

Sir emas, tez tibbiy yordamdan foydalanish, keksalar, pensionerlar va nogironlarga malakali tibbiy xizmat korsatishda ayrim kamchiliklar bor. Dorixonalarda sotilayotgan dori-darmonlar narxlarida nomutanosibliklar kuzatilmoqda. Ularning bartaraf etilishi soglom turmush tarzining qaror topishiga, tibbiy madaniyat yuksalishiga xizmat qiladi.

Barchani shu yilning 4 dekabrida bolib otadigan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqiraman!

Dinora ABDULLAYEVA, Termiz shahridagi 24-son maktabgacha talim muassasasi mudiri, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati:

Nomzodning Saylovoldi dasturida aholi bandligini taminlash ustuvor vazifalardan biri etib belgilangani meni quvontirdi. Malumki, oz biznesini yolga qoymoqchi bolgan ayrim fuqarolar moliyaviy komakka ehtiyoj sezadi. Demak, ularni qollab-quvvatlash va zarur sarmoya ajratish choralarini korish kerak. Shunda ularda boqimandalik kayfiyati bartaraf etiladi. Bandlik taminlanib, jamiyat taraqqiy etadi. Buning uchun albatta imtiyozli kredit va foizsiz ssudalar ajratish yaxshi samara beradi, deb hisoblayman.

Torabek ZOIROV, Ozbekiston XDP Termiz tuman kengashi raisi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati:

Malumki, viloyatimiz respublikamizning boshqa davlatlar bilan chegaradosh hududlariga kiradi. Shuni inobatga oladigan bolsak, Xatamjon Ketmonovning Saylovoldi dasturida tashqi siyosiy faoliyat masalalariga etibor qaratilgani quvonarli. Bu borada qoshni mamlakatlarga nisbatan ochiq va pragmatik siyosat yuritish, ular bilan savdo-istiqodiy, madaniy-gumanitar sohalarda ozaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan.

Mintaqadagi ekologik vaziyatni yaxshilash, Markaziy Osiyodagi transchegaraviy daryolar suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari boyicha xalqaro tashabbuslarni ilgari surish nazardan chetda qolgani yoq. Bir soz bilan aytganda, qator ustuvor yonalishlarning amalga oshishi mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish va aholining turmush darajasini yuksaltirishga xizmat qilishi muqarrar.

Ochiq, oshkora va samimiy ruhda otgan uchrashuvda Termiz davlat universiteti talabasi Avazbek Omonov, Ozbekiston XDP Surxondaryo viloyat kengashi Aholi bandligi va ijtimoiy-siyosat masalalari boyicha bolim boshligi, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati Farrux Abjalov, Denov tumanidagi Surxon region masuliyati cheklangan jamiyat raisi Boborahmat Abdullayevlarning nomzodning saylovoldi dasturi yuzasidan ortaga tashlangan savollariga Xatamjon Ketmonov atroflicha javob berdi.

Abdumalik HAYDAROV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: