O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
24.11.2016

BOSHQA KISHILAR UCHUN OVOZ BERISH MUMKIN EMAS

Men bu yil saylovda birinchi marta ishtirok etaman. Saylov byulleteni haqida to‘liqroq ma’lumot bersangiz...

Lida Ahmedova, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti talabasi.

Muqaddas RAHMATULLAYEVA, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati:

— «Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisida»gi Qonunning 27-moddasida siz soragan masala bayon etilgan. Unga kora, Prezident sayloviga doir saylov byulletenining shakli va matni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar saylov byulleteniga familiyasi, ismi, otasining ismi, tugilgan yili, egallab turgan lavozimi (mashgulotining turi) va ish joyi korsatilgan holda alifbo tartibida kiritiladi.

Saylov byulletenida uni toldirish tartibi togrisidagi tushuntirish boladi. Markaziy saylov komissiyasining farmoyishiga binoan saylov byulletenlari saylovga kamida yigirma kun qolganida davlat tilida nashr etiladi. Okrug saylov komissiyasining qaroriga binoan saylov byulletenlari saylov okrugining kopchilik aholisi sozlashadigan tillarda ham tayyorlanishi mumkin.

Uchastka saylov komissiyalari saylov byulletenlarini saylovga kamida uch kun qolganida okrug saylov komissiyalaridan oladi. Berilgan va olingan saylov byulletenlarining sonini tegishli okrug va uchastka saylov komissiyalarining raisi yoki rais orinbosari yoxud kotibi oz imzosi bilan tasdiqlaydi.

Uchastka saylov komissiyasi oladigan saylov byulletenlarining soni saylov uchastkasi boyicha saylovchilarning royxatlariga kiritilgan saylovchilar sonidan yarim foizdan kop bolishi mumkin emas. Saylov byulletenining ong tomoni yuqori burchagiga uchastka saylov komissiyasining ikki azosi imzo qoyadi, imzolar uchastka saylov komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi. Komissiya tomonidan tasdiqlanmagan saylov byulletenlari ovozlarni sanab chiqishda hisobga olinmaydi.

Saylovda ilk bor qatnashayotganim uchun ovoz berish qoidalari, tartibi haqida toliq tasavvurga ega emasman. Shu haqda kengroq malumot olmoqchi edim.

Samandar Joraqulov, Samarqand viloyati.

Akmal UMARALIYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OzXDP fraksiyasi azosi:

Qonunchiligimizga asosan har bir saylovchi shaxsan ovoz beradi, boshqa kishilar uchun ovoz berishga yol qoyilmaydi. Ovoz berish vaqti va joyi togrisida uchastka saylov komissiyasi saylovchilarni saylovdan kamida on kun oldin xabardor qiladi.

Ovoz berish maxsus ajratilgan binolarda otkaziladi. Saylov byulletenlarini tegishli saylov komissiyasi saylov uchastkasi saylovchilarning royxati asosida pasport yoki boshqa guvohnoma korsatilgach beradi. Har bir saylovchi saylov byulleteni olgani haqida saylovchilar royxatidagi oz familiyasi roparasiga imzo chekadi.

Saylov kuni oz yashash joyida bolish imkoniyatiga ega bolmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.

Saylov varaqasi maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida saylovchi tomonidan toldiriladi. Saylovchi qaror qabul qiladi va toldirilgan saylov varaqasini yopiq konvertda uchastka saylov komissiyasida qoldiradi.

Ayrim saylovchilar salomatligining yaxshi emasligi yoki boshqa sabablarga kora, ovoz berish binosiga kela olmagan hollarda, ularning iltimosiga binoan uchastka saylov komissiyasi ovoz berishni ana shu saylovchilar turgan joyda tashkil qiladi.

Byulletenni mustaqil ravishda toldirish imkoniga ega bolmagan saylovchi oz xohishiga kora, saylov komissiyasining azolaridan, kuzatuvchilardan va nomzodlarning ishonchli vakillaridan boshqa biron kishini kabina yoki xonaga taklif qilishga haqli.

Laziza SHOMILOVA

yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: