O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
22.11.2016

TARTIB-QOIDALAR ANIQ VA QATIY

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bilan bogliq jarayonlar saylovchilar, keng jamoatchilikda katta qiziqish uygotmoqda. Mamlakat rahbarini saylash qay tartibda, qanday mezonlar asosida otishi hech kimni befarq qoldirmayapti.

Tahririyatimizga fuqarolardan kelayotgan saylov bilan bogliq turli savollar ham buni korsatib turibdi.

Qonunchiligimizda muddatidan oldin ovoz berishning qanday normalari belgilangan?

Umidjon ABDULLAYEV,

xususiy tadbirkor (Andijon viloyati).

Dilmurod Sa’dullaev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OzXDP fraksiyasi azosi:

— Saylov kuni oz yashash joyida bolish imkoniyatiga ega bolmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.

Muddatidan oldin ovoz berish saylovga on kun qolganida boshlanadi va saylovga bir kun qolganida tugallanadi. Muddatidan oldin ovoz berishni otkazish vaqti okrug saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi va saylovchilarning, ommaviy axborot vositalari vakillarining etiboriga yetkaziladi.

Muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun saylovchi saylov kunida bola olmasligi sabablari (tatil, xizmat safari, chet elga chiqish va hokazo) korsatilgan ariza asosida oz yashash joyidagi uchastka saylov komissiyasidan saylov varaqasini oladi. Saylovchi saylov varaqasini olganligi haqida uchastka saylov komissiyasining kamida ikki nafar azosi hozirligida saylovchilar royxatiga imzo qoyadi.

Saylov varaqasi maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida saylovchi tomonidan toldiriladi. Saylovchi qaror qabul qiladi va toldirilgan saylov varaqasini yopiq konvertda uchastka saylov komissiyasida qoldiradi. Konvertning yelimlangan joyiga uchastka saylov komissiyasi ikki nafar azosining imzolari qoyilib, ular komissiyaning muhri va saylovchining imzosi bilan tasdiqlanadi.

Prezident saylovi kuni saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda qatnashishga kimlar haqli? Umuman, bu jarayon qanday otkaziladi?

Shahzoda NISHONBOYEVA,

Olmazor tumanidagi 120-maktabgacha talim muassasasi tarbiyachisi.

Komila Karomova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OzXDP fraksiyasi azosi:

«Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisida»gi Qonunning 33-moddasida aynan sizni qiziqtirgan masala bayon etilgan. Unga asosan, uchastka saylov komissiyasi saylov uchastkasida har bir nomzod boyicha berilgan ovozlarni alohida-alohida sanab chiqadi.

Saylov qutilari uchastka saylov komissiyasi tomonidan komissiya raisi ovoz berish tugaganini elon qilganidan keyin komissiyaning barcha azolari hozirligida ochiladi. Ovoz berish tugaguniga qadar saylov qutilarini ochish taqiqlanadi. Foydalanilmagan barcha saylov byulletenlari saylov qutilarini ochishdan oldin uchastka saylov komissiyasi tomonidan sanab chiqiladi va bekor qilinadi.

Uchastka saylov komissiyasi saylovchilarning asosiy royxati va mazkur royxat ilovasi boyicha uchastkadagi saylovchilarning umumiy sonini, shuningdek, byulleten olgan saylovchilarning sonini aniqlaydi. Saylov qutilarida bolgan byulletenlar va saylov varaqalari asosida komissiya ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning umumiy sonini, har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar sonini hamda haqiqiy emas, deb topilgan byulletenlar, varaqalar sonini aniqlaydi. Saylovchilar tomonidan byulletenlarga va varaqalarga qoshimcha tarzda yozilgan fuqarolarning familiyalari boyicha berilgan ovozlar hisobga olinmaydi.

Belgilanmagan namunadagi saylov byulletenlari va varaqalari, shuningdek, ovoz berish vaqtida bittadan ortiq kvadratga belgi qoyilgan yoki bitta ham kvadratga bunday belgi qoyilmagan byulletenlar va varaqalar haqiqiy emas, deb topiladi. Saylov byulletenining, varaqasining haqiqiyligiga shubha tugilgan taqdirda masala uchastka saylov komissiyasi tomonidan ovozga qoyish orqali hal etiladi.

Ovozlarni sanab chiqish natijalari uchastka saylov komissiyasi majlisida korib chiqiladi va bayonnomada aks ettiriladi.

Bayonnoma komissiya raisi, komissiya raisining orinbosari, komissiya kotibi va azolari tomonidan imzolanadi hamda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda tegishli okrug saylov komissiyasiga yuboriladi.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Laziza ShEROVA tayyorladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: