O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
19.11.2016

NOMZODNING DASTURIDAGI GOYALAR

ishonchli vakillar tomonidan keng targ‘ib qilinmoqda

Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga Xalq demokratik partiyasidan nomzod Xatamjon Ketmonovning ishonchli vakili Abdulhamid Nurmatov Andijon shahar, Marhamat, Asaka, Buloqboshi, Xojaobod, Izboskan va Paxtaobod tumanlari saylovchilari bilan uchrashuvlar otkazdi.

Buloqboshi tumanidagi 11-musiqa va san’at maktabida bolib otgan uchrashuvni xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi deputati Muhammadjon Yuldoshev kirish sozi bilan ochdi. U saylovning mamlakatimiz, xalqimiz hayotidagi orni va ahamiyati xususida toxtalib otdi.

Shundan song nomzodning ishonchli vakili Xatamjon Ketmonov Saylovoldi dasturining asosiy yonalishlari yuzasidan yigilganlarga batafsil malumot berdi.

— Partiyamizdan Prezidentlikka nomzodning dasturida demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish boyicha dolzarb vazifalar qayd etilgan, dedi u. Shuningdek, unda milliy manfaatlarga sodiqlik, mamlakat mustaqilligini asrash va mustahkamlash, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligini taminlash, fuqarolararo va millatlararo hamjihatlik, ijtimoiy barqarorlikni saqlash masalalari ustuvor yonalishlar sifatida belgilangan.

Prezidentlikka nomzod Xatamjon Ketmonovning dasturida ilgari surilgan goyalar hayotiyligi, xalq qalbiga yaqinligi va dolzarbligi bilan menga manzur boldi, deydi Buloqboshi tumanidagi «Sharq yulduzi» mahalla fuqarolar yigini raisi Oyshaxon Haydarova. Nomzodning dasturida haqiqatan ham yechilishi zarur bolgan masalalarga alohida etibor qaratilgan. Ishchi kuchi chetga chiqib ketishining oldini olish, buning uchun har yili qabul qilinadigan aholi bandligi dasturi ijrosida yangicha yondashuvlarga otish, mehnat bozoridagi talab va taklifni toliq organish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini tuzishda joriy va istiqboldagi taraqqiyot yonalishlarini aniq belgilash haqidagi takliflarni qollab-quvvatlayman.

Odamlarning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuygusi yuksalib bormoqda, deydi Buloqboshi yengil sanoat kasb-hunar kolleji oqituvchisi Mahfuzaxon Sultonova. Buni Prezidentlikka nomzod va ularning ishonchli vakillari bilan uchrashuvlarda ishtirok etayotgan saylovchilarning fikr-mulohazalaridan ham yaqqol sezish mumkin. Huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini barpo etishda bunday faollik muhim ahamiyatga ega.

Nomzod oz dasturida boqimandalik kayfiyatini bartaraf etish, aholi turmush darajasini yaxshilash, ehtiyojmand odamlarni har tomonlamana qollab-quvvatlash masalalarini hal qilishning bosh omili bandlikni taminlash ekanini takidlaydi.

Uchrashuvda, shuningdek, kollej oquvchilari, tuman xotin-qizlaridan vakillar sozga chiqib, Xalq demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod dasturida ilgari surilayotgan goya va takliflarni qollab-quvvatlashlarini bildirishdi.

Barno SOLIYEVA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: