O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
19.11.2016

MDH MISSIYASI KUZATUVCHILARI OZ FAOLIYATINI BOSHLADI

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) missiyasi uzoq muddatli kuzatuvchilari Ozbekistonga keldi.

Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi taklifiga binoan MDH kuzatuvchilari missiyasi Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik korish va uni otkazish jarayonini kuzatishda ishtirok etadi.

Markaziy saylov komissiyasida MDH Ijroiya qomitasi bolim boshligi Yevgeniy Sloboda boshchiligidagi kuzatuvchilar missiyasi a’zolari bilan uchrashuv bolib otdi. Komissiya raisi M.Abdusalomov mehmonlarni Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasining borishi bilan tanishtirdi.

Takidlanganidek, saylov kampaniyasi Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, saylov togrisidagi qonunlar va Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilingan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha asosiy tadbirlar dasturiga muvofiq holda, ochiqlik va oshkoralik sharoitida otmoqda.

MDH missiyasining uzoq muddatli kuzatuvchilari Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqoti jarayoni bilan tanishtirildi. Saylovoldi tashviqotini olib borishda nomzodlarga ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda keng va teng imkoniyatlar yaratilgani qayd etildi.

Uchrashuvda MDH kuzatuvchilari faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Toshkent shahrida Missiya shtabi faoliyat korsatishi va kuzatuvni tashkil etish bilan bogliq zarur tadbirlarni otkazishi takidlandi. Saylov jarayonining borishi togrisida materiallar toplash va ularni tahlil qilish, saylov qonunchiligini huquqiy ekspertizadan otkazish, tele va radiokanallardagi axborot dasturlari va korsatuvlarni, shuningdek, bosma ommaviy axborot vositalarini monitoring qilish, nomzodlarning saylovoldi shtablarida uchrashuvlar otkazish Missiya shtabining asosiy vazifalari hisoblanadi.

Markaziy saylov komissiyasi shu paytga qadar Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari boyicha byurosi, Mustaqil Davlatlar Hamdostligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi va Islom hamkorlik tashkiloti missiyalarining 90 dan ziyod kuzatuvchisini akkreditatsiyadan otkazdi.

B.BOZOROV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: