O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
19.11.2016

MILLIY GURUR VA IFTIXOR TIMSOLI

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi davlatimiz bayrogi qabul qilingan kun munosabati bilan joylarda turli ma’naviy-marifiy tadbirlar otkazmoqda. Toshkent shahar partiya kengashi tomonidan Mirzo Ulugbek nomidagi Ozbekiston Milliy universitetida tashkil etilgan tadbir «Bayrogimiz — yurtimizning qudrati, xalqimizning gurur va iftixori» mavzusiga bagishlandi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, partiya faollari, professor-oqituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Takidlanganidek, davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulug sanaladi. Chunki, ular xalqimizning otmishi, buguni va kelajagini ozida mujassam etgan Vatanimizning yorqin timsollaridir. 1991 yil 18 noyabr xalqimiz yodida ochmas va qutlug sana bolib qoldi. Shu kuni Ozbekiston Respublikasining Davlat bayrogi togrisidagi qonun qabul qilindi. Bayrogimiz kuch-qudrat, ahillik, erk va ozodlik timsoli sifatida har bir ozbekistonlik qalbidan chuqur joy olgan.

Ozbekiston demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurish yolidan bormoqda, dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OzXDP fraksiyasi azosi Akmal Umaraliyev. Bayrogimizda ham biz tanlagan adolat yolining mazmun-mohiyati mujassam. Undagi timsollar bizni har doim millatlararo dostlik, hamjihatlik, mamlakat kelajagi bolgan yoshlarni qollab-quvvatlash, eng asosiysi, erk va ozodlikni uluglashga davat qiladi.

Shuningdek, tadbirda universitetning manaviy-marifiy ishlar boyicha prorektori Davlatyor Jumaboyev, OzXDP Toshkent shahar kengashi raisi orinbosari Nilufar Yuldasheva, Yoshlik talabalar shaharchasi partiya kengashi raisi Muhabbat Abdullayeva, Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlari doktori Jumanazar Xolmominov va boshqalar davlat ramzlarining ahamiyati, ulardan foydalanishning huquqiy meyorlari haqida soz yuritishdi.

Milliy bayrogimizga hurmat bajo keltirish har bir fuqaroning muqaddas burchi ekani takidlandi.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: