O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
17.11.2016

OZBEKISTON MUSTAHKAM DEMOKRATIK TIZIMNI YARATISHGA INTILAYOTGAN DAVLATLAR UCHUN NAMUNADIR

O‘zbekiston xalqi uchun muhim bolgan sana — 4 dekabr, Prezident saylovi kuni tobora yaqinlashib kelmoqda. Bugungi kunda bu bolajak voqea respublikamizda ham, xorijda ham eng kop muhokama etilayotgan mavzudir. Chunki mamlakatimizning bundan keyingi taraqqiyoti, uning yanada yuksalishi, mustaqillik yillarida barcha sohalarda qolga kiritilgan muvaffaqiyatlarni saqlab qolish va ularni yanada boyitish otkaziladigan ana shu saylovning natijalariga bogliqdir. Ozbekistonning zamonaviy hayoti bilan yaxshi tanish bolgan kopgina xorijlik ekspertlar bu haqda oz fikr-mulohazalarini bildirishmoqda.

Per Shabal, Gavr universiteti professori (Fransiya):

Prezident saylovlari Konstitutsiya va «Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisida»gi qonunga tola muvofiq holda tashkil etilmoqda, bu esa davlatning konstitutsiyaviy tizimi samarali va barqaror ravishda amal qilayotganidan dalolat beradi. Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasining 2016 yil 8 sentabrdagi qoshma yigilishida qabul qilingan qarorlar hamda Prezident saylovining sanasi e’lon qilingani mamlakatning demokratik qadriyatlarga sodiq ekanligini butun dunyoga namoyon qildi.

Shuni qayd etish joizki, mustaqil rivojlanish yillari davomida respublikada erkin, demokratik va shaffof saylovlar otkazish kafolatini taminlaydigan salmoqli qonunchilik zamini shakllandi. Bu jarayonda Markaziy saylov komissiyasi mustaqilligini mustahkamlashga yonaltirilgan Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi togrisidagi qonunning qabul qilingani alohida ahamiyat kasb etdi.

Shu bois, men saylovlarda xorijlik kuzatuvchilarning ishtirok etishini yuqori baholayman. Saylov jarayoni borishining monitoringi konstruktiv xalqaro hamkorlik ruhida, faqat milliy qonunchilikka muvofiq ravishda amalga oshirilmogi lozim, deb hisoblayman.

Oldinda turgan Prezident saylovi mamlakatni yanada demokratlashtirish ishida muhim bosqich bolib qolishiga shubha yoq.

Olive For, Sorbonna Parij V universitetining xalqaro muzokaralar boyicha professori (Fransiya):

Ozbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik ishlari xalqaro andozalarga mos bolgan tashkiliy-siyosiy darajada bormoqda. Ular bolajak saylovlarning mamlakat qonunchiligi va xalqaro meyorlarga muvofiq ravishda otkazilishini kafolatlaydi.

Oldinda turgan saylovlar monitoringi xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari boyicha byurosining (DIIHB) tolaqonli missiyasi tomonidan amalga oshirilishi mamlakatdagi izchil demokratik rivojlanishning korsatkichi hisoblanadi.

Shunisi muhimki, respublika Konstitutsiyasida barcha fuqarolarga teng saylov huquqi berilgan. Takidlash joizki, Markaziy Osiyoning tarixiy oziga xosligi hamda mamlakat aholisining etnik va diniy jihatdan xilma-xilligi etiborga olingan taqdirda Ozbekiston erishgan muvaffaqiyatlarning naqadar yuqori bahoga sazovor ekanligi roy-rost ayon boladi.

Mamlakat qonunchiligi bilan taqdim etilgan Markaziy saylov komissiyasi mustaqilligining qoshimcha kafolatlari ushbu komissiya faoliyatida yanada keng demokratiyani va shaffoflikni taminlashga xizmat qilishini ham qayd etishni istar edim.

Ozbekistonning izchil iqtisodiy osishi barqarorlik hamda jamiyatdagi ijtimoiy sheriklik mustahkamlanishidagi eng muhim omil, deb hisoblayman. Ozbekiston mustahkam demokratik tizimni yaratishga intilayotgan davlatlar uchun namuna bolib xizmat qilishi mumkin.

Antonio Alonso Markos, San Pablo universiteti professori (Ispaniya):

Mustaqillik yillari davomida erishilgan natijalarni birlashtirish va yangi muvaffaqiyatlar yolidagi sharoitlarni mustahkamlash uchun ulkan ahamiyat kasb etadigan Ozbekiston Prezidenti saylovlarining juda muhim ekanligini butun dunyoda tushunishadi, deb oylayman. Ishonchim komilki, ozbek xalqi mamlakatni yangi darajaga olib chiqadigan, bundan keyingi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni taminlaydigan hamda uning xavfsizligi va barqarorligini mustahkamlaydigan munosib nomzodni yoqlab ovoz beradi. Shu boisdan ham oldinda turgan saylovlar nafaqat Ozbekiston, balki butun Markaziy Osiyo uchun muhim ahamiyatga ega bolgan voqea hisoblanadi.

Udo Folker, CLAAS kompaniyasining mustaqil maslahatchisi (GFR):

Men Ozbekiston bilan, uning iqtisodiyoti va siyosiy rivojlanishi bilan yaxshi tanishman, Germaniya Ozbekiston iqtisodiy forumi ishida faol ishtirok etaman.

Oldinda turgan Prezident saylovi nafaqat Ozbekiston, balki butun Markaziy Osiyo siyosiy hayotining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Chunki Ozbekiston mintaqa barqarorligining saqlanishida ota muhim orin tutadi.

Joriy yil 4 dekabr kuni bolajak saylov demokratik tamoyillar va xalqaro andozalarga mos ravishda otishiga ishonchim komil, chunki Ozbekiston oldinda turgan muhim siyosiy tadbirni yuqori darajada tashkil etish uchun barcha huquqiy va texnikaviy imkoniyatlarga ega. Umidvormanki, ozbek xalqining xohish-irodasi respublikaning yanada ravnaq topishiga, mamlakat Birinchi Prezidenti Islom Karimovning bevosita rahbarligida mustaqillik yillari davomida erishilgan muvaffaqiyatlar kolamlarini yanada kengaytirishga komaklashadi.

Robert Blum, Jeneva Diplomatiya davrasining prezidenti (Shveytsariya):

Ozbekistonda ochiqlik va demokratiya muhitida olib borilayotgan saylov kampaniyasi davlat boshqaruvi tizimi rivojlanishining hamda aholi siyosiy madaniyati yuksalishining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

Men saylovlarda tortta siyosiy partiyadan nomzodlarning ishtirok etishini hamda saylovlarning shaffofliligini taminlash yuzasidan korilayotgan chora-tadbirlar siyosiy barqarorlik va qonun ustuvorligi kafolatining yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi, deb hisoblayman.

Barcha siyosiy partiyalar saylovoldi dasturlarining tahlili shuni korsatmoqdaki, ularning hammasi fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari taminlanishini, mamlakat iqtisodiy taraqqiyoti va ijtimoiy farovonligini yoqlab chiqishmoqda. Mening fikrimcha, ular bir-birini toldiradi, alal oqibatda ularning qay biri hayotga tatbiq etilishidan qati nazar, mamlakatdagi umumiy siyosiy muhit real iqtisodiy va moliyaviy istiqbollar eshigini ochgani barobarida xorijiy sheriklarning respublika iqtisodiyotiga sarmoya kiritishini ragbatlantiradi.

Sidxart Saksenna, Markaziy Osiyo boyicha Kembrij forumi raisi (Buyuk Britaniya):

Mening nazarimda hozirgi saylovoldi jarayoni uning tarixiy ahamiyatga ega ekanligi va mazmundorligi nuqtai nazaridan juda muhim hisoblanadi. Mamlakat Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan barpo etilgan siyosiy tizim ozining mustahkam va barqaror ekanligini namoyon qilganini mintaqa mutaxassislarining kopchiligi qayd etishmoqda. Qolaversa, mening fikrimcha, Ozbekistondagi otish davri xuddi shunday vaziyatga ega bolgan boshqa davlatlardagidan farqli ravishda birgina saylovoldi jarayoni bilan toldirilgani yoq u qator muhim ijtimoiy va iqtisodiy ozgarishlar, Toshkentning yuqori darajadagi tashqi siyosiy faolligi qollab-quvvatlanishi bilan yodda qoladi.

Menga shunisi ham ayonki, mehnatkash hamda tinchlikparvar ozbek xalqi barqarorlikni va toplangan tajribani qollash imkoniyatini hamma narsadan ustun qoyadi. Dunyoning boshqa bir chekkalaridagi saylovoldi poygalari bir-biriga tana toshlarini otish va populistik yondashuvlarga qurilgan bir davrda ozbek siyosatchilari nafaqat pragmatizmni, balki oz xalqi oldida kelajak uchun bolgan katta masuliyatni ham namoyon etishmoqda.

Men ovoz berish natijalarini nekbinlik bilan kutaman. YeXHT kuzatuvchilarining tolaqonli missiyasini hamda kop sonli boshqa xalqaro kuzatuvchilarni qabul qilishga hozirligi Ozbekistonning bu tadbirni qabul qilingan xalqaro meyorlarga muvofiq tarzda otkazishga bolgan intilishidan dalolat beradi.

Jahon AA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: