O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
17.11.2016

DEPUTATLIK NAZORATI TARAQQIYOT KAFOLATI

Toshkent viloyati hokimligida «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturi va boshqa dasturlar ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati samaralari: yutuqlar, muammolar va istiqboldagi vazifalar mavzusida mintaqaviy seminar otkazildi.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga komaklashuvchi komissiyasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda senatorlar, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari hamda Toshkent shahar Kengashi deputatlari, hokimliklar tashkiliy-nazorat guruhlari rahbarlari, Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga komaklashuvchi komissiyasiga yordam beruvchi ishchi guruhlar a’zolari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

— Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati sifat jihatdan ijobiy tomonga ozgarib, joylardagi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni aniqlash va hal etishda mahalliy vakillik organlari faoliyati samaradorligi oshib bormoqda, deydi Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining yuridik bolimi mudiri orinbosari A.Mahmudov. Mahalliy vakillik organlarining qonuniy vakolatlari kengayib, ularning joylardagi dolzarb masalalarni hal etishdagi roli kuchayib borayotgani islohotlar samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etayotir.

Mahalliy vakillik organlari nazorat faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari, xususan, songgi yillarda qonunchilikka kiritilgan yangi normalarni amalga oshirish mexanizmlari, mahalliy kengash deputatlarining Soglom ona va bola yili Davlat dasturi va boshqa dasturlar ijrosi ustidan olib borgan faoliyati muhokama qilindi. Bu borada erishilgan natijalar, oz yechimini kutayotgan muammolar va toliq foydalanilmagan imkoniyatlar tahlil qilindi.

Tadbirda mahalliy kengashlar va ularning tegishli doimiy komissiyalari tomonidan joylardagi tibbiyot muassasalari faoliyatini yanada yaxshilash, mazkur muassasalarda ish sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan masalalar sessiya hamda majlislarda yetarli darajada muhokama qilinmayotgani qayd etildi. Shundan kelib chiqib, mahalliy kengashlar nazorat faoliyatini takomillashtirish, bunda siyosiy partiyalar deputatlik guruhlarining rolini kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.

I.AVVALBOYEV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: