O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
17.11.2016

BOQIMANDALIK KAYFIYATINI BARTARAF ETISH, TASHABBUSLARNI QOLLAB-QUVVATLASH ZARUR

Prezidentlikka nomzod Xatamjon Ketmonov samarqandlik va navoiylik saylovchilar bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Xalq demokratik partiyasidan nomzod Xatamjon Ketmonovning samarqandlik saylovchilar bilan bolgan uchrashuvi yuqori saviyada, fikr-mulohazalarga boy tarzda otdi.

Viloyat hokimligida videokonferensaloqa shaklida otkazilgan uchrashuvda deyarli barcha shahar va tumanlardagi saylovchilar vakillari qamrab olindi.

Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sahobiddin Arziqulov yigilganlarga Xatamjon Ketmonovning tarjimai holi va faoliyati haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Prezidentlikka nomzod uchrashuv avvalida mustaqillik yillarida yurtimizda, jumladan, Samarqand viloyatida amalga oshirilgan buyuk ozgarishlar, bunyodkorlik ishlari, kohna kentning dunyodagi eng gozal shaharlardan biriga aylangani, unda yashab otgan aziz avliyolar haqida soz yuritdi. Song oz Saylovoldi dasturining asosiy yonalishlari haqida maruza qildi.

Dasturda Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qatiy amal qilish, milliy manfaatlarga sodiqlik, mamlakat mustaqilligini asrash va mustahkamlash, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligini taminlash, ijtimoiy barqarorlikni saqlash kabi ezgu maqsadlar mujassam ekanini takidladi. Bularning barchasi Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi dasturiy goya va maqsadlariga uygundir.

— Fuqarolarning turmush darajasini yaxshilashning eng muhim sharti ularning bandligini taminlashdir, dedi Xatamjon Ketmonov. Ushbu maqsadga erishishda birinchi galda mehnatga layoqatli kishilarning munosib haq tolanadigan ish orinlariga ega bolishi hamda fuqarolarning shaxsiy tashabbuskorligi, ishbilarmonligini qollab-quvvatlash va ragbatlantirish lozim. Saylovoldi dasturimda mazkur masalalarga keng orin berilgan. Bandlikni taminlashning mutlaqo yangi va zamonaviy usullarini joriy qilish, ish orinlari tashkil etish dasturining sozsiz bajarilishi ustidan kuchli parlament nazoratini yolga qoyish maqsadga muvofiq boladi. Yaratiladigan barqaror ish orinlari soni bilan orta maxsus va oliy talim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirishning ozaro bogliqligini taminlashga erishish lozim, deb hisoblayman.

Prezidentlikka nomzod ijtimoiy himoya borasida pensionerlar, nogironlar, ota-ona qaramogidan mahrum bolgan bolalar va aholining mehnatga layoqatsiz guruhlarining hayotiy ehtiyojlari toliq qondirilishini kafolatlovchi pensiya taminoti va ijtimoiy nafaqalarning samarali tizimini shakllantirish lozimligiga alohida urgu berdi.

Aholining kam taminlangan qismini kuchli ijtimoiy himoya qilish bilan birgalikda boqimandalik kayfiyatidan xalos bolish masalasini toliq bartaraf etish, oz ishini ochishni maqsad qilganlarni qollab-quvvatlashni yanada kuchaytirish zarur, dedi Prezidentlikka nomzod. Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi aholining xarid qobiliyatini oshirish ichki talabning ortishiga xizmat qiladi, deb hisoblaydi. Bu esa iqtisodiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi va iqtisodiyotning real sektori osish suratlari izchil oshirib borilishining mustahkam asosidir.

Saylovoldi uchrashuvida Xatamjon Ketmonov demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini shakllantirishda aholining ehtiyojmand qatlamlariga manzilli ijtimoiy yordam korsatish togrisidagi, shuningdek, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid va jamoatchilikning katta qiziqishiga sabab boladigan masalalar boyicha qaror qabul qilishdan avval jamoatchilik maslahatlashuvlarini otkazishning majburiyligini belgilashni taklif etdi.

Takidlandiki, dasturda qayd etilgan ustuvor yonalishlarni amalda royobga chiqarish mamlakatni har tomonlama taraqqiy ettirish, olib borilayotgan barcha yonalishdagi islohotlarning ijtimoiy samaradorligini oshirish, aholi turmush darajasini yuksaltirish, demokratik ozgarishlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Uchrashuvda sozga chiqqanlar nomzod dasturida belgilangan vazifalar yuzasidan oz fikr va mulohazalarini bildirishdi.

Islombek UMIROV, Ozbekiston XDP Samarqand viloyat kengashi «Istiqbol» yoshlar qanoti koordinatori:

Mamlakatimizda talim sohasida uzoqni kozlab amalga oshirilayotgan islohotlar Xalq demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Xatamjon Ketmonovning Saylovoldi dasturida ham keng orin olgan. Xususan, nomzodimiz mustaqil hayotga kirib kelayotgan yoshlar ijtimoiy kelib chiqishidan qati nazar, kasb tanlash, talim olish va oquv muassasalarini bitirgach, albatta, birinchi ish orniga ega bolishi uchun adolatli, teng va ijtimoiy ommabop sharoitlarni yaratish masalasini eng muhim ustuvor vazifa, deb hisoblaydi.

Shu orinda nomzodning Saylovoldi dasturida nogiron bolalarni zarur maxsus adabiyot va qollanmalar bilan taminlashni oz ichiga oladigan inklyuziv talim tizimini yanada rivojlantirish masalasiga ham etibor qaratilganini takidlash kerak. Zero, ushbu vazifaning amalga oshirilishi bilan partiyamiz elektorati vakillarining sifatli talim olishi, yurtimiz ravnaqiga hissa koshishi uchun sharoit yaratiladi.

Zaynab BERDIYeVA, Kattaqorgon tumanidagi 20-umumtalim maktabi direktori, Oliy Majlis Senati azosi:

Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga partiyamizdan nomzodning dasturi hayotiy jihatlari bilan etiborga molik. Xususan, unda maqbul tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish masalasiga alohida etibor qaratilgan.

Hech birimizga sir emas, tez tibbiy yordamdan foydalanish, keksalar, pensionerlar va nogironlarga malakali tibbiy xizmat korsatishda ayrim kamchiliklar uchrab turibdi. Dorixonalarda sotilayotgan dori-darmonlar narxlarida nomutanosibliklar kuzatilmoqda. Ularning bartaraf etilishi soglom turmush tarzining qaror topishiga, tibbiy madaniyat yuksalishiga xizmat qiladi, deb oylayman.

Shularni inobatga olgan holda, nomzodimiz dasturida imtiyozli va bepul asosda malakali tibbiy-sanitariya yordami korsatilishini tartibga soluvchi qonun hujjatlarining ijrosi, dori-darmon vositalari narxi ustidan davlat va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish boyicha bildirilgan takliflarni qollab-quvvatlayman.

Muzaffara DAVRONOVA, Samarqand shahridagi Said mahalla fuqarolar yigini maslahatchisi:

Mushohada qilib koradigan bolsak, kam taminlangan oilalar azolariga oz ishini ochishi, mustaqil biznesni yolga qoyishi uchun imtiyozli kreditlar va foizsiz ssudalar ajratish amaliyotini yanada rivojlantirish bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Agar ular oz ishini yolga qoyib, barqaror daromad manbaiga ega bolsa, ijtimoiy himoya uchun byudjetdan pul ajratishga hojat qolmaydi. Aksincha, ularning ozi taraqqiyotga hissa qoshuvchiga aylanadi.

Nomzodimiz oz dasturida ijtimoiy qollab-quvvatlash tizimida boqimandalik kayfiyatini bartaraf etish, aholining mehnat va tadbirkorlik faoliyatini qollab-quvvatlash tashabbuskorligini ragbatlantirish zarur, deb hisoblaydi. Aytaylik, kimdir ishlab chiqarishning qaysidir turiga qiziqadi, lekin u vaqtinchalik ishsiz. Ozi qiziqqan va qolidan keladigan ishni boshlashi uchun mablagga ehtiyoji bor. Demak, uni qollab-quvvatlash, kerakli mablag bilan taminlash lozim boladi. Shunda jamiyatda boqimandalik kayfiyati bartaraf etiladi. Koplab odamlar ish bilan taminlanib, oila daromadiga, jamiyat taraqqiyotiga hissa qoshadi.

Dasturda ilgari surilgan goyalarni har tomonlama hayotiy, deb bilaman hamda barchani saylov kuni Xatamjon Ketmonov nomzodini qollab-quvvatlashga chaqiraman.

Ozbekiston Xalq demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Xatamjon Ketmonov Karmana tumanida navoiylik saylovchilar bilan uchrashdi.

Tadbir videokonferensaloqa shaklida tashkil etilib, unda 3 ming nafarga yaqin saylovchi ishtirok etdi. Uchrashuvni xalq deputatlari Karmana tuman Kengashidagi OzXDP guruhi azosi Jasur Savriyev ochdi.

Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Ahad Ahmedov yigilganlarni Xatamjon Ketmonovning tarjimai holi bilan tanishtirgandan song, nomzod oz dasturida ilgari surilgan goyalar, belgilangan maqsad-vazifalar haqida saylovchilarga atroflicha malumot berdi.

Nomzod dastlab Navoiy viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatiga alohida toxtalib otdi.

Istiqlol yillarida yurtimizda tarixiy ozgarishlar roy berdi, dedi Xatamjon Ketmonov. Mamlakatimizning boshqa hududlarida bolgani kabi Navoiy viloyatida ham qator bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Bir paytlar Navoiy viloyati deganda koz ongimizda koproq bepoyon chol va yaylovlar gavdalanar edi. Bugun esa bu voha jadal taraqqiy etayotgan viloyatlardan biridir. Navoiy kon-metallurgiya kombinati Davlat korxonasi, Navoiyazot, Qizilqumsement, Navoiy IES AJ kabi yirik ishlab chiqarish korxonalari hamda Navoiy erkin iqtisodiy zonasi iqtisodiyotimizning tayanchiga aylanib ulgurdi. Ayni paytda el-yurt taraqqiyoti uchun mehnat qilayotgan navoiyliklarning huquqiy ongi va tafakkuri, Vatan kelajagiga daxldorlik hissi ortib bormoqda.

Saylovoldi dasturim haqida soz yuritadigan bolsam, biz uchun asosiy ustuvor yonalish aholining davlat va jamiyat tomonidan qollab-quvvatlashga ehtiyojmand qatlamlari manfaatlarini himoya qilish hisoblanadi.

Malumki, bugungi kunda aholi orasida uy-joyga bolgan talab ortib bormoqda. Biz uy-joylarning ijtimoiy maqbulligini taminlash maqsadida davlat mulkini xususiylashtirishdan olinadigan mablaglarning bir qismini turar-joy fondini shakllantirishga yonaltirish mexanizmini takomillashtirish masalasini ilgari surmoqdamiz.

Shuningdek, dasturda mamlakatimizda avtotransport vositalarining kopayib borayotgani natijasida yollar, katta shaharlar kochalarida tirbandliklar vujudga kelishiga barham berish maqsadida tegishli infratuzilmani doimiy takomillashtirib borish, piyodalar yolaklarini kapital tamirlash, ekologik toza, soglom turmush tarziga zamin yaratuvchi veloyolaklarni qurish kabi yonalishlarga ham keng orin berilgan.

Prezidentlikka nomzod aholiga yuqori sifatli talim olish va maqbul tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga ham atroflicha toxtaldi. Jumladan, pedagogik malumotga ega, lekin bola tarbiyasi bilan mashgul bolgani bois vaqtincha ishlamaydigan ayollarning oilaviy maktabgacha talim tarbiyachisi sifatidagi uy mehnatini tashkil etish, bu masalada qonuniy asoslarni yaratish zarurligi haqida gapirdi.

Uchrashuvda saylovchilar nomzodning Saylovoldi dasturi boyicha oz fikr-mulohazalarini bildirishdi, takliflarini qollab-quvvatlashdi.

Partiyamizdan korsatilgan nomzod Xatamjon Ketmonovning Saylovoldi dasturini diqqat bilan tingladik, deydi xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi deputati, viloyat Oila ilmiy-amaliy markazi rahbari Gulchehra Roziyeva. Dasturda kam taminlangan oilalar, keksalar va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish samaradorligini yanada oshirishga alohida etibor qaratilgani menga maqul boldi. Bu yonalishda nomzod nafaqalar va moddiy yordamlarning manzilliligini taminlash, har oyda tolanadigan ijtimoiy nafaqalarni maqsadli foydalanish sharti bilan bir martalik tolov shakliga otkazish mexanizmini joriy etishni ilgari surmoqda. Bu taklifni har tomonlama togri, deb hisoblayman.

Chunki har oyda olingan mablag odamlarda boqimandalik kayfiyatini uygotishi mumkin. Beriladigan mablaglarning mustaqil ish boshlashi uchun ajratilishi jamiyat rivoji, turmush farovonligi yanada ortishiga asos boladi.

Nomzod oz dasturida uy-joy masalasiga alohida etibor qaratgani bizni quvontirdi, dedi Navoiy kon-metallurgiya kombinati Davlat korxonasi xodimi Bahodir Qosimov. Qurilish sohasini modernizatsiya qilish, qurilish tashkilotlarini keng rivojlantirish, ularni zamon talabiga javob beradigan mutaxassislar, texnik vositalar bilan taminlash takliflarini qollab-quvvatlayman.

Uchrashuvda sozga chiqqanlar yigilganlarni Prezident saylovida faol ishtirok etishga hamda Xatamjon Ketmonovga ovoz berishga chaqirdi.

Abdurasul SATTOROV,

Ilhom SATTOROV,

Ozbekiston ovozi muxbirlari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: