O'zb  
 
15.11.2016

ISHONCHLI VAKILLAR

saylovoldi tashviqotining yuqori saviyada o‘tishida muhim orin tutadi

Shu kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida Prezident saylovining muhim bosqichlaridan biri — saylovoldi tashviqoti qizgin davom etmoqda. Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar va ularning ishonchli vakillari saylovchilar bilan har tomonlama samarali uchrashuvlar otkazyapti.

Xosh, ishonchli vakil institutining saylov jarayonidagi orni qanday? Uning vazifalari va majburiyatlari nimalardan iborat? Bu borada rivojlangan davlatlar tajribasi qanday? Mazkur savollarga oydinlik kiritish maqsadida deputatlar, huquqshunos-ekspertlarga murojaat qildik.

Gulchehra TOLAGANOVA, OzXDP Markaziy Kengashi ekspertlar guruhi a’zosi, yuridik fanlar doktori:

Avvalo, shuni takidlash kerakki, otgan yillar mobaynida mamlakatimizda demokratik saylov tizimini shakllantirish va rivojlantirish borasida keng kolamli islohotlar amalga oshirildi. Ayniqsa, 2003 hamda 2008 yillarda Konstitutsiyamiz va «Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisida»gi qonunga kiritilgan tegishli ozgartish va qoshimchalar milliy saylov tizimining izchil va bosqichma-bosqich liberallashuvini, saylovlarning qonun talablari va umumetirof etilgan xalqaro prinsip va normalarga tola mos holda otkazilishini taminlaydigan mukammal qonunchilik bazasining shakllanishiga xizmat qilmoqda.

Bir masalaga alohida etibor qaratish lozimki, Prezident sayloviga tayyorgarlik korish va uni otkazish bilan bogliq mutlaq vakolatlar Markaziy saylov komissiyasiga berilgan.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisidagi qonunning 29-moddasida Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ishonchli vakillarining huquqiy maqomi mustahkamlangan.

Unga kora, Prezidentlikka nomzod 15 nafarga qadar ishonchli vakillarga ega bolishga haqlidir.

Ishonchli vakillar nomzodga saylov kampaniyasini otkazishda yordam beradi, uni Ozbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylash uchun targibot olib boradi. Davlat va jamoat tashkilotlari, saylov komissiyalari bilan boladigan munosabatlarda nomzodning manfaatini himoya qiladi. Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning taqdimnomasiga kora ishonchli vakillarni Markaziy saylov komissiyasi royxatga oladi hamda ularga tegishli guvohnomalar beradi.

Bizning qonunchiligimizda saylov kampaniyasining biror-bir ishtirokchisi uchun qandaydir alohida imtiyoz va preferensiyalar berilmasligi belgilab qoyilgan. Shu bois ishonchli vakillar faqat qonunda belgilangan vakolatlardan foydalanishi talab etiladi.

Bunyodjon ESHONQULOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning ishonchli vakillari Prezidentlikka nomzod nomidan saylovchilar bilan uchrashuvlar otkazish, saylovoldi yigilishlarida sozga chiqish, televideniye korsatuvlari va radio eshittirishlarida qatnashish vaqtida saylovni otkazish uchun ajratiladigan mablaglar hisobidan ortacha oylik ish haqi saqlangan holda, ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan ozod bolish huquqiga ega.

Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakillariga tashviqotning saylovchilarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar korsatish (axborot xizmatlari bundan mustasno), shuningdek, pul mablaglari tolash bilan qoshib olib borilishi taqiqlanadi.

Shuningdek, ovoz berish kuniga qadar qolgan besh kun ichida hamda ovoz berish kuni jamoat fikri sorovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini va otkazilayotgan saylov bilan bogliq boshqa tadqiqotlarni nashr etish, ularni umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlariga, xususan, internetga joylashtirishga yol qoyilmaydi.

Shu bilan birga, agar siyosiy partiya u yoki bu shaxsni Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib korsatish togrisidagi oz qarorini saylovga kechi bilan yetti kun qolganida bekor qilsa yoki Prezidentlikka nomzod etib korsatgan siyosiy partiya faoliyatini tugatgan taqdirda yoxud nomzod saylovga kechi bilan yetti kun qolganida nomzodlikdan voz kechsa, bu shaxs Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlik maqomidan mahrum etilishi mumkin.

Bunday hollarda Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning ishonchli vakillari ham vakolatlarini soqit qiladi. Yani, Markaziy saylov komissiyasi ishonchli vakillarning vakolatlarini bekor qilish togrisida tegishli qaror qabul qiladi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar, ularning ishonchli vakillari saylov komissiyalariga azo bolishi mumkin emas.

Hushvaqt HAYITOV, TDYuU katta oqituvchisi, yuridik fanlar nomzodi:

Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ishonchli vakillarining asosiy vazifasi nomzodni qollab-quvvatlagan holda saylovoldi tashviqoti olib borish hisoblanadi.

Saylov kuni Prezidentlikka nomzodni qollab-quvvatlashga qaratilgan har qanday harakatlar va tashviqot olib borish qonun bilan taqiqlanadi. Ushbu norma mazmunidan shuni tushunish mumkinki, nomzodning ishonchli vakillari oz faoliyatlarini saylov kuni toxtatadi.

Shunday ekan, Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning ishonchli vakillari saylov kuni saylash huquqiga ega bolgan barcha fuqarolar qatori ozining Konstitutsiyaviy huquqini royobga chiqaradi.

Eshmuhammad QODIROV, huquqshunos:

Ishonchli vakil institutidan dunyo tajribasida qanday foydalaniladi, degan savolga javob izlaydigan bolsak, oziga xos holatlarning guvohi bolishimiz mumkin. Misol uchun, Fransiyada saylovlarni tashkil etish va otkazish Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Prezidentlikka nomzodlarni royxatga olishni esa Konstitutsiyaviy kengash bajaradi. Yani, ushbu kengash markaziy saylov komissiyasi vazifasini otaydi. Mazkur davlat qonunchiligida Prezidentlikka nomzodlarning ishonchli vakillari haqida aniq norma mustahkamlanmagan.

Rossiya federatsiyasida Prezident saylovlarida ishonchli vakillardan foydalanish jarayoni Rossiya federatsiyasi prezidenti saylovi togrisidagi federal qonun bilan tartibga solinadi. Ushbu qonunning 43-moddasi nomzodlarning ishonchli vakillariga bagishlangan bolib, unga kora, Prezidentlikka nomzod 600 tagacha ishonchli vakil tayinlashga haqli. Nomzodni ilgari surgan siyosiy partiya oz nomzodini qollab-quvvatlovchi ishonchli vakil tayinlashi mumkin. Ishonchli vakil sifatida korsatilgan shaxslar markaziy saylov komissiyasi tomonidan royxatga olinadi. Saylov komissiyasi azolari, davlat organlari mansabdor shaxslari, xodimlari ishonchli vakil sifatida royxatga olinmaydi. Ishonchli vakil kuzatuvchi vakolatidan foydalana olmaydi.

Mutaxassis-ekspertlarning fikrlaridan shunday xulosaga kelish mumkinki, Ozbekistonda yaratilgan huquqiy meyorlarda saylov kampaniyasi bilan bogliq har bir jihatga alohida etibor berilgan. Bu saylov kampaniyasi ishtirokchilarining haq-huquqlari kafolatlanishi, ular uchun barcha tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratib berilishi, eng asosiysi, Prezident saylovining demokratik tamoyillar asosida otishini taminlaydi.

Nurali ORIPOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: