O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
12.11.2016

SAYLOV VA YOSHLAR FORUMI BOLIB OTDI

Farg‘ona viloyatida «Men oz kelajagim uchun ovoz beraman» shiori ostida Saylov va yoshlar forumi bolib otdi. Uning ishtirokchilari dastlab buyuk ajdodimiz Ahmad al-Fargoniy haykali poyiga gul qoydilar. Fargona politexnika instituti faoliyati, oquv va amaliy mashgulotlar, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Songra 729-saylov uchastkasida bolib, korgazmali mashgulotda qatnashishdi.

Rishton tumanida videokonferensaloqa shaklida otkazilgan forumda vodiy viloyatlaridan kelgan tort yarim mingdan ziyod yoshlar ishtirok etdi.

Forum avvalida Ozbekiston Respublikasi Markaziy Saylov komissiyasi a’zosi Temir Shirinov mamlakatimizda Prezidentlik sayloviga tayyorgarlikning borishi haqida axborot berdi.

— Fargona viloyati yoshlaridan 55 ming nafardan ziyodi bolajak saylovda birinchi bor ovoz beradi, dedi viloyat hokimining orinbosari Qamariddin Imomov. Joylardagi muloqotlar shuni korsatmoqdaki, yoshlar saylovga befarq emas, aksincha, faollik bilan yondashmoqdalar.

Bugun mamlakatimizda qabul qilingan qonunlarning saksondan ortigida yoshlarning bilim olishi, kasb egallashi, istedodini yuksaltirishi, farovon va baxtli yashashini taminlashga qaratilgan moddalar bor, dedi Ozbekiston Oliy Majlisi Senatining azosi, Ozbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova. Saylovda ishtirok etish bilan siz oz kelajagingiz uchun ovoz bergan bolasiz...

Ekspertlar, viloyat okrug saylov komissiyasi azolari, siyosiy partiyalar viloyat kengashlari raislari, xuquqshunoslar yoshlar bergan savollarga javob qaytarishdi.

Bagdoddan Zaxro Tojiddinova saylash huquqi kafolatlari, buvaydalik Javohir Hasanov okrug va uchastka komissiyalari vakolatlari bilan qiziqdi. Yozyovonlik Ozodbek Muhammadjonov muddatidan ilgari ovoz berish qoidalari haqidagi savoliga javob oldi.

Ekspertlar forum ishtirokchilarining ottizga yaqin savoliga javob berishdi. Okrug komissiyasi tomonidan elektron sayt orqali savol-javob uzluksiz davom etishi bildirildi.

Boshlovchi forum ishiga yakun yasamoqchi edi. Lekin yoshlar saylov haqida oz fikr-mulohazalari borligini aytib ketma-ket soz sorashdi. Fargona, Andijon, Namangan viloyatlaridan tashrif buyurgan yoshlar vakillari Prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi dasturlari bilan tanishgani, yoshlarga qaratilgan etibordan mamnunliklarini, bolajak Prezidentlik saylovida faol ishtirok etib, munosib nomzodga ovoz berishga tayyor ekanliklarini aytishdi.

Forum ishtirokchilari Ozbekiston yoshlariga murojaat qabul qilishdi.

Men forum chogida saylov uchastkalari ishi, saylov qonunchiligi, xuquq va burchlarim bilan tanishdim. Ilgari menga malum bolmagan juda kop malumotlarga ega boldim, deydi Oltiariq tumani Zavchal qishlogida yashovchi Azamat Gofurov. Bugun ozim uchun xulosa chiqardim. Avvalo, bolajak saylovda, albatta, faol ishtirok etaman. Tengdoshlarimga forumda eshitib bilganlarimni aytib beraman. OzXDP yoshlar qanoti azolariga havasim keldi. Endi ular tashkil etadigan tadbirlarga qatnashib turaman. Siyosiy bilimimni oshirgach, ana shu partiya safiga kirishni niyat qildim.

Saylov va yoshlar forumi... Ozbekiston XDP va boshqa siyosiy partiyalar viloyat Kengashlari hamda Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi hamkorligida tashkil etildi.

Muhammadjon OBIDOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: