O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
12.11.2016

KUCHLI IJTIMOIY HIMOYA UCHUN KURASHAMIZ

Prezidentlikka nomzod Xatamjon Ketmonov qoraqalpog‘istonlik va xorazmlik saylovchilar bilan uchrashdi

Shu kunlarda mamlakatimizda muhim ijtimoiy-siyosiy voqea — Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boyicha saylovoldi tashviqoti qizgin davom etmoqda. Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi tashkilotlari Prezident saylovi, uning ahamiyati va mazmun-mohiyatiga oid targibot-tushuntirish ishlarini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Barcha hududlarda partiyadan Prezidentlikka nomzod Xatamjon Ketmonovning saylovchilar bilan uchrashuvlari yuqori saviyada otkazilmoqda.

Nomzodimizning qoraqalpogistonlik saylovchilar bilan uchrashuvi ham samimiy muloqot ruhida otdi.

Unda mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, xalqimiz turmush farovonligini oshirish masalalarida fikr-mulohazalar bildirildi, nomzodning dasturi, unda ilgari surilgan goya va takliflar har tomonlama chuqur tahlil etildi.

Ozbekiston XDP Qoraqalpogiston Respublika kengashining raisi, Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili Xalilla Yeshimbetov saylovchilarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

Ishonchli vakil nomzodning dasturi partiyamiz dasturiga hamohangligi, unda elektorat manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan hayotiy takliflar ilgari surilganini qayd etdi.

Shundan song soz Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Xatamjon Ketmonovga berildi.

Nomzod dastlab Qoraqalpogiston diyorining salohiyati va qoraqalpoq xalqining mehnatsevarligiga yuksak baho berdi. Mustaqillik yillarida Qoraqalpogiston Respublikasida Markaziy Osiyoda yagona, sahro bagridagi mojiza Qongirot soda zavodi, Xojayli shisha zavodi, «Markaziy Osiyo bezak toshlari» qoshma korxonasi, Qongirot karbid, Nukus marmar va kabel zavodlari kabi koplab zamonaviy ishlab chiqarish obyektlari ishga tushirilganini, bularning barchasi aholi farovonligini oshirishda muhim ahamiyatga ega bolganini alohida takidladi.

Bugungi kunda Nukus shahridan boshlab, tumanlar markazlari, shahar va qishloqlar, hatto chekka ovullarda katta yangilanish va ozgarishlar boy korsatmoqda. Bunday ulkan bunyodkorliklarda kelajakka ishonch bilan yashayotgan Qoraqalpogiston ahlining buyuk hissasi borligi etirof etildi. Prezidentlikka nomzod har bir masalaga jonkuyarlik bilan yondashadigan qoraqalpogistonliklar oldimizda turgan saylov jarayonlarida ham yuksak darajada faollik korsatishiga ishonch bildirdi.

Uchrashuvda nomzod oz Saylovoldi dasturi bilan yigilganlarni tanishtirar ekan, unda, avvalo, mamlakatimiz mustaqilligini asrash va mustahkamlash, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligini taminlashga qaratilgan ezgu maqsadlar mujassamligini tilga oldi.

Biz uchun asosiy ustuvor yonalish, avvalambor, aholining davlat va jamiyat tomonidan qollab-quvvatlashga ehtiyojmand qatlamlari manfaatlarini himoya qilish hisoblanadi, deya takidladi Xatamjon Ketmonov. Bu maqsadni samarali amalga oshirish uchun dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga alohida etibor qaratish lozim, deb hisoblaymiz. Aholining ehtiyojmand qatlamlari manfaatlarini himoya qilish, turmush darajasini yaxshilashning eng muhim sharti bandlikni taminlashdir. Buning uchun mehnatga layoqatli kishilarning munosib haq tolanadigan ish orinlariga ega bolishi, fuqarolarning shaxsiy tashabbuskorligi va ishbilarmonligi qollab-quvvatlanishi va ragbatlantirilishi zarur, deb bilamiz.

Ishli, turmush darajasi yuqori bolgan odam oilasidan, ertasidan kongli toq yashaydi. Shundan kelib chiqib, biz bu borada dolzarb masalalarni ilgari surdik. Xususan, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining yakka tartibdagi mehnat va tadbirkorlik faoliyatini ragbatlantirish uchun maqbul sharoitlar yaratish maqsadida imtiyozli mikrokreditlar ajratish amaliyotini kengaytirish tarafdorimiz. Oz biznesini ochishda belgilangan yigimlardan, faoliyatini toliq yolga qoygunga qadar soliqlardan ozod qilish muddatini uzaytirish ham maqsadga muvofiq boladi, deb oylaymiz. Bu masalalar kollej bitiruvchilarining hayotda oz ornini topishi, oilasi oldida masuliyatni his qilib, mehnatga nisbatan qiziqishi ortishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Uchrashuvda sozga chiqqanlar nomzod dasturida belgilangan vazifalar haqida oz fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Haqiqatan ham, aholini ish bilan taminlash, mehnatga oid huquq va manfaatlarini himoya qilish turmush farovonligi oshishida katta ahamiyatga ega, deydi Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesidagi OzXDP fraksiyasi rahbari, Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali direktori Yelmurat Tureniyazov. Shu manoda Prezidentlikka nomzod Xatamjon Ketmonov dasturida ilgari surilayotgan xizmat korsatish va servis sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarda mehnatga layoqatli aholi bandligini taminlash boyicha say-harakatlarni faollashtirish goyasi menga maqul keldi. Chunki mazkur sohalarni rivojlantirish orqali ish orinlari ochish, odamlarga munosib turmush sharoitini yaratish, aholiga xizmat korsatish sifatini oshirish kafolati mustahkamlanadi.

Nomzod dasturida ilgari surilgan goyalar mamlakat taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi uchun xizmat qiladi, deb oylayman, dedi Qoraqalpogiston Respublikasi Manaviyat-targibot markazi rahbari, Qaraqalpaqstan haoaz gazetasi bosh muharriri Sharapatdin Ayapov. Dastur partiyamiz azolari qollab-quvvatlayotgan goyalar bilan mushtarakdir. Nomzodning talim va sogliqni saqlash, sud-huquq, uy-joy va kommunal xizmatlar korsatish tizimini yanada isloh etish, talim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish samaradorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslari hayotimizda kuzatilayotgan ayrim masalalarni samarali hal qilishda muhim orin tutishiga ishonaman.

Uchrashuvda, shuningdek, Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti magistri, Prezident stipendiyasi sohibi Guljahan Seytnazarova, Xojayli tumanidagi 70-umumtalim maktabi direktori, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Aylargul Orinbayeva va Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti magistri Otebay Kengesbayevlar ham nomzod dasturining ahamiyatli jihatlari haqida oz mulohazalarini bildirib otishdi.

Uchrashuv davomida Prezidentlikka nomzod Saylovoldi dasturidagi pensiya taminotini takomillashtirish, kommunal xizmatlar tariflarini maqbullashtirish, tibbiy xizmat sifatini yuksaltirish va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini taminlash masalalari yuzasidan saylovchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Prezidentlikka nomzod Xatamjon Ketmonovning Xorazm viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi ham fikr-mulohazalarga boy tarzda otdi.

Videokonferensaloqa shaklida otkazilgan uchrashuvda viloyatning shahar va tumanlaridan uch mingga yaqin saylovchi qamrab olindi. Tadbirni xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Otaboy Rahimov kirish sozi bilan ochdi.

Nomzodning ishonchli vakili Raimbergan Saburov yigilganlarni Prezidentlikka nomzod Xatamjon Ketmonovning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

Shundan song nomzod qadim tarixga ega, jahon tamadduni beshiklaridan biri bolmish Xorazm diyori tarixi, bu zaminda yashab otgan ulug siymolar haqida soz yuritdi. Bularning barchasi Xorazm elining bugungi taraqqiyoti va ulugligining asosiy omili va mustahkam zamini ekanini alohida takidladi. Oz ona yurtining kelajagiga daxldor har bir masalaga fidoyilik bilan yondashadigan Xorazm ahli Prezident saylovida ham yuksak fuqarolik masuliyatini namoyon etishiga ishonch bildirdi.

Nomzod Saylovoldi dasturining asosiy yonalishlari bilan yigilganlarni tanishtirar ekan, dasturda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami manfaatlarini muhofaza qilish boyicha qator masalalar ilgari surilayotganini takidladi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi mamlakatimizda demokratik islohotlar yanada chuqurlashayotgan, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish yangi bosqichga kotarilayotgan ota masuliyatli davrda bolib otmoqda, deydi Xatamjon Ketmonov. Partiyamiz bu saylovda Ozbekiston tanlagan yolni har tomonlama qollab-quvvatlagan holda, ozining strategik maqsadlarini amalga oshirishni kozlab faol ishtirok etishni muhim vazifa, deb hisoblaydi.

Bizning eng asosiy goyamiz aholining davlat va jamiyat tomonidan qollab-quvvatlashga ehtiyojmand qatlamlari manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Bunda ularning bandligini taminlashga alohida etibor qaratish lozim. Fikrimizcha, kadrlar tayyorlash uchun oliy oquv yurtlari talabalarining talim shartnomalari tolovlarini tolayotgan korxonalar va tashkilotlarni ragbatlantirish amaliyotini takomillashtirish zarur, deb bilamiz.

Prezidentlikka nomzod oz Saylovoldi dasturida ilgari surilgan taklif va tashabbuslar va ularning ahamiyati haqida batafsil toxtalib otdi.

Uchrashuvda nomzodning Saylovoldi dasturi boyicha ishtirokchilar sozga chiqdi.

Nodira ODAMBOYEVA, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati:

Nomzodimiz dasturida kam taminlangan aholi qatlamini manzilli va tizimli ijtimoiy himoya qilishga keng orin berilgani, ayniqsa, xotin-qizlarimiz bandligiga asosiy etibor qaratilayotgani diqqatga sazovor. Uy mehnati, kasanachilik va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, sohaga oid qonun hujjatlariga tegishli qoshimcha va ozgartirishlar kiritish boyicha ilgari surilayotgan takliflar juda dolzarbdir.

Bilamizki, qolidan ish keladigan, oz ishini boshlash istagida yurgan xotin-qizlar talaygina. Ularga ozgina komak zarur, xolos. Nomzod taklif etayotgan tashabbuslar opa-singillarimizni har tomonlama qollab-quvvatlashda muhim orin tutadi.

Oybek RAHIMOV, Xalq sugurta sugurta kompaniyasi Xorazm viloyat filiali direktori:

Davlatimiz va keng jamoatchilik tomonidan ehtiyojmand aholi qatlami kuchli ijtimoiy himoyalanishi muhim masala. Aholi salomatligi muhofazasini taminlash ham nomzod dasturida asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan.

Xatamjon Ketmonov olis qishloq hududlarida birlamchi tibbiy yordamdan qulay va tez foydalanish imkoniyatini taminlovchi qishloq vrachlik punktlari tarmogini kengaytirish masalasiga alohida etibor qaratmoqda. Chindan ham, ayrim hududlar tuman tibbiyot muassasalaridan ancha yiroq. Bu, albatta, aholiga qiyinchilik tugdiradi. Qishloq vrachlik punktlarining zarur tibbiy asbob-uskunalar, malakali mutaxassislar bilan taminlanishi bu boradagi muammolar bartaraf etilishiga xizmat qiladi, deb oylayman.

Rasulbek HOJIYEV, Urganch davlat universiteti talabasi:

Kasb-hunar kollejlari, oliygohlarni tugatgan ayrim yosh kadrlar egallagan mutaxassisligiga mos ish topolmayotgani yoki oylik maoshi kam tashkilotlarda ishlayotgani bor gap. Oqish uchun shartnoma pulini tolashga qiynalayotgan kam daromadli oilalar farzandlari ham yoq emas. Bunday talabalarning shartnoma pullarini tolayotgan korxonalarni ragbatlantirish masalasi nomzodimiz Saylovoldi dasturidan orin olgani etiborga loyiq. Bu masalalar qonun hujjatlarida aks etsa, oliygohlarda oqish istagidagi yoshlarga yanada yaxshi imkoniyat kafolatlangan bolardi. Shu bois Xatamjon Ketmonovning goyalarini faol qollab-quvvatlayman.

Sozga chiqqanlar saylovchilarni Prezident saylovida Xatamjon Ketmonovga ovoz berishga chaqirishdi. Uchrashuvda saylovchilar vakillari ozlarini qiziqtirgan savollarga nomzoddan batafsil javob olishdi.

Ozekiston Xalq demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Xatamjon Ketmonovga ovoz bering!

Reyimboy YESHIMBETOV,

Mnajatdin QUTLIMURATOV,

Rozimboy HASAN,

Ozbekiston ovozi muxbirlari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: