O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
10.11.2016

PREZIDENT SAYLOVI DEMOKRATIK YANGILANISH VA ISLOHOTLAR KOZGUSI

Mamlakatimizda 2016 yil 4 dekabr kuni bo‘lib otadigan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ishlari qizgin pallaga kirdi. OzA muxbiri Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzoulugbek ABDUSALOMOV bilan ushbu saylovning mamlakatimiz hayoti va taraqqiyotidagi ahamiyati, milliy saylov qonunchiligimizga kiritilgan ozgartishlar, saylovga korilayotgan tayyorgarlik ishlari haqida suhbatlashdi.

— Mustaqilligimiz asoschisi, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning bevaqt vafoti barchamiz, butun xalqimiz uchun ogir judolik boldi, deydi M.Abdusalomov. Yurtboshimiz respublikamiz deyarli jar yoqasiga kelib qolgan, ogir ijtimoiy-iqtisodiy muammolar jamiyatda keskin norozilik kayfiyatini tugdirgan murakkab va tahlikali bir paytda respublika rahbari etib saylangan edi. Buyuk Yolboshchimiz ozining oqil va dono siyosati, uzoqni kora olishi, har bir muammo va masalaning yechimi ustida chuqur oylab, yetti olchab, bir kesishi natijasida nafaqat osha davrda vujudga kelgan vaziyatning yanada chuqurlashib, olov olib ketishining oldini olishga erishdi, balki Vatanimiz istiqlolini e’lon qilib, uni mustaqil taraqqiyot yoliga olib chiqdi. Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida Ozbekiston ijtimoiy yonaltirilgan bozor iqtisodiyotiga ega bolgan huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, xalq farovonligini, uning hayot sifatini va darajasini muttasil oshirib borish, jahon hamjamiyatidan munosib orin egallash yolida olamshumul yutuqlarga erishdi.

Islom Karimov Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy muallifi, mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish jarayonlarining huquqiy asosini belgilab bergan koplab qonun hujjatlarining tashabbuskori va ijodkori boldi. Ozbekistonda demokratik tamoyillarga toliq javob beradigan milliy saylov tizimi va qonunchiligi yaratilgani ham bevosita Birinchi Prezidentimiz nomi va faoliyati bilan bogliq.

Mamlakatimiz saylov qonunchiligi asosini Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar togrisida xalqaro pakt va Ozbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan boshqa xalqaro huquq hujjatlarida mustahkamlangan va jahonda etirof etilgan muhim demokratik prinsiplar tashkil qiladi. Bu haqda gapirganda, aksariyat xorijlik mustaqil ekspertlar bugungi kunda Ozbekiston saylov qonunchiligi demokratiyaga muvofiqlik darajasi boyicha dunyoning koplab rivojlangan davlatlarining saylov togrisidagi qonunlaridan ustundir, degan fikrda ekanini aytib otish orinlidir.

Mamlakatimizda yaratilgan ana shunday demokratik saylov qonunchiligi parlament, Prezident va mahalliy Kengashlarga saylovlarning mustahkam huquqiy asosi bolib xizmat qilmoqda.

Markaziy saylov komissiyasi Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 96- va 117-moddalari, «Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisida»gi qonunning 8-moddasi, Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi togrisidagi qonunning 5- va 9-moddalariga muvofiq 2016 yil 4 dekabr kunini Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni, deb belgiladi va 9 sentabrdan saylov kampaniyasi boshlangani elon qilindi.

Takidlash kerakki, Ozbekistonda davlat boshqaruvida prezidentlik instituti asosiy orin tutadi. Mamlakatimiz hali sobiq ittifoq tarkibida bolgan davrda Islom Karimov asos solgan bu institut mustaqillikka erishish yolidagi muhim qadam edi. Ozbekiston mustaqillikni qolga kiritganidan keyin prezidentlik instituti ozining tom manodagi mazmun-mohiyatiga ega boldi.

Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qoyilganidek, Prezident davlat boshligidir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishi hamda hamkorligini taminlaydi. Prezident fuqarolarning huquq va erkinliklariga, Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafolatidir.

Mustaqil Ozbekiston tarixining hozirgi davrida oldimizda nihoyatda masuliyatli vazifa turibdi. Yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikni, fuqarolar va dinlararo bagrikenglik, ozaro hurmat va mehr-oqibat muhitini asrab-avaylash va yanada mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni barqaror rivojlantirish, xalqimiz farovonligini izchil yuksaltirib borish, Vatanimizning dunyodagi eng rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishi yolidagi ezgu maqsadlarimizni royobga chiqarish boyicha strategik va ustuvor vazifalarni belgilab olishimiz lozim.

Shu manoda joriy yilning 4 dekabrida bolib otadigan Prezident saylovi mamlakatimiz, xalqimiz hayotida goyat muhim orin tutadigan ijtimoiy-siyosiy tadbir hisoblanadi.

Mazkur saylovga tashkiliy-huquqiy va moddiy-texnik jihatdan yuksak darajada tayyorgarlik korish, uni milliy saylov qonunchiligimizda mustahkamlab qoyilgan demokratik prinsiplarga toliq muvofiq holda, ochiq-oshkora va adolatli otkazish katta ahamiyatga ega. Buning uchun mamlakatimizda barcha shart-sharoit yaratilgan.

Prezident saylovini demokratik tamoyillarga muvofiq holda otkazishni kafolatlaydigan huquqiy asoslar togrisida kengroq malumot bersangiz.

Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi milliy saylov tizimining faoliyat yuritishi va jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarini demokratik rivojlantirishda, shubhasiz, asosiy hujjat bolib xizmat qilmoqda. Konstitutsiyada, xususan, Ozbekiston Respublikasining Prezidenti Ozbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va togridan-togri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoli bilan saylanishi belgilab qoyilgan. Bundan tashqari, mustaqillik yillarida Prezident saylovi jarayonini tartibga soladigan qonunlar yaratildi. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisida, Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari togrisida, Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi togrisidagi qonunlar va boshqa qonun hujjatlari shular jumlasidandir.

Mamlakatimizda ushbu sohada qabul qilingan huquqiy-meyoriy hujjatlar adolatlilik, ochiqlik, oshkoralik va transparentlik prinsiplari asosida fuqarolarning saylov huquqlariga sozsiz rioya etish, saylovchilarga saylovda erkin ishtirok etish uchun zarur shart-sharoitlar, Prezidentlikka nomzod korsatadigan siyosiy partiyalar va nomzodlarga saylov kampaniyasi davomida keng va teng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.

Milliy qonunchiligimizda Markaziy saylov komissiyasi rahbarligida saylovlarning qonun talablariga muvofiq ravishda tashkil etilishi va otkazilishini taminlaydigan hamda faqat qonunga boysunadigan mustaqil saylov komissiyalari haqidagi meyor mustahkamlab qoyilgani saylov tizimining eng muhim xususiyatidir.

Saylov qonunchiligiga keyingi yillarda kiritilgan ozgartishlar haqida ham toxtalib otsangiz.

Mamlakatimizda toplangan demokratik saylovlar otkazish tajribasi va huquqni qollash amaliyotini hisobga olgan holda saylov qonunchiligi izchil takomillashtirilmoqda. Aytib otish kerakki, 2014 yilda Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar hamda 2015 yilda otkazilgan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi demokratik saylov tizimini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ozgarishlar oz samarasini berayotganini korsatdi.

Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi asosida saylov qonunchiligiga saylov erkinligi prinsipini yanada toliq amalga oshirishga oid meyorlar kiritildi. Bu saylovoldi tashviqotini otkazishda siyosiy partiyalar va ular tomonidan korsatilgan nomzodlarni teng sharoitlar bilan taminlash samaradorligini oshirish, saylov davomida oshkoralikni taminlashning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish imkonini berdi.

2015 yilda otkazilgan Prezident saylovidan keyin Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisidagi qonunning takomillashtirilgani ham muhim ahamiyatga ega boldi. Qonunda siyosiy partiyalarning saylovda qatnashishida yengillik berildi. Yani Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga korsatilgan nomzodni qollab-quvvatlovchi imzo varaqalari jami saylovchilarning umumiy soni kamida bir foizining, kamida sakkizta mamuriy-hududiy tuzilma namoyandasi bolgan saylovchilarning imzosini qamrab olgan bolishi kerak. Ilgari bu korsatkich besh foiz edi.

Ovoz berish tartibiga oid qoidalarning takomillashtirilgani saylovlarni yanada liberallashtirish, ularning ochiqligini taminlash, fuqarolarning oz xohish-irodasini erkin va mustaqil bildirishi uchun yanada qulay shart-sharoit yaratdi.

Taraqqiy etgan davlatlar qonunchiligida mavjud bolgan saylov kuni va ovoz berish boshlanishiga bir kun qolganda saylovoldi tashviqotiga yol qoyilmasligiga doir norma ham qonunchiligimizga kiritildi. Bu saylovchilarga oz qarashlarini, siyosiy xayrixohligini aniqlab olish, kim va qanday siyosiy dastur uchun ovoz berish masalasida aniq bir qarorga kelishi uchun qoshimcha imkoniyat yaratadi. Bu ovoz berish kuni arafasida turli suiistemollik holatlari va qonunbuzilishlarining oldini oladi.

Saylov kuni ayrim fuqarolar mehnat tatili, xizmat safari yoki oquv faoliyatining tartibi, davlat va jamoat majburiyatlarini bajarish, salomatligi bilan bogliq uzrli sabablarga kora, oz uylarida bolmasliklari mumkin. Bunda saylovchining boshqa mamuriy hududga ketayotganligi tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan bolishi kerak. Bu jarayon Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisidagi qonunning 31-moddasida oz ifodasini topgan. Muddatidan oldin ovoz berish saylovga 10 kun qolganda boshlanadi va saylovga bir kun qolganda tugallanadi. Muddatidan oldin ovoz berishni otkazish vaqti okrug saylov komissiyasi tomonidan belgilanib, saylovchilar, kuzatuvchilar hamda OAV vakillarining etiboriga yetkaziladi.

Shuni ham aytish lozimki, qamoqda saqlash joylarida saylov uchastkalarini tashkil etish imkoniyati Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov togrisida, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov togrisidagi qonunlarga kiritilgan edi. Bu amaliyot Qonunchilik palatasiga bolib otgan saylov vaqtida, shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi qaroriga asosan 2015 yilda bolib otgan Prezident saylovida muvaffaqiyatli sinab korildi. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini taminlash maqsadida qamoqda saqlash joylarida sud huqmi chiqarilmagan shaxslarning ovoz berishi uchun imkoniyat yaratildi.

Saylov qonunchiligidagi songgi ozgartirish va qoshimchalardan kelib chiqib, Markaziy saylov komissiyasining ondan ziyod nizom va yoriqnomasi qayta korib chiqildi.

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovchilar royxatini tuzish tartibi, nomzodlar korsatish va ularni qollab-quvvatlab toplangan imzo varaqalari togri toldirilganligini tekshirish tartib-taomili, saylovoldi tashviqoti hamda saylov kampaniyasi moliyalashtirilishi, shikoyat va arizalar korib chiqilishi, shuningdek, kuzatuvchilarning huquqlari va vazifalariga oid masalalarni tartibga soladigan hujjatlar yangilangandi. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisida va Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov togrisidagi qonunlarda boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan bolgan kuzatuvchilarga mandatlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan berilishi haqidagi norma mustahkamlandi.

Saylovga tayyorgarlik ishlari qanday ketmoqda?

Barcha darajadagi saylov komissiyalarining faoliyati va saylov jarayonining har bir bosqichida otkaziladigan tadbirlar tegishli qonunlar hamda qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha asosiy tadbirlar dasturi asosida olib borilmoqda. Saylov kampaniyasini yuksak demokratik darajada tashkil etish, okrug va uchastka saylov komissiyalarining samarali faoliyat korsatishi, saylov jarayoni ishtirokchilarining huquqlarini toliq amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda.

Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri chegaralari doirasida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini otkazuvchi 14 saylov okrugi tuzildi, okrug saylov komissiyalari tomonidan 9 ming 378 saylov uchastkasi tashkil etildi. Mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida 44 saylov uchastkasi tuzildi. Uchastka saylov komissiyalari tarkibi shakllantirilib, ularning faoliyatiga 98 mingdan ziyod kishi jalb qilingan. Okrug saylov komissiyalari azolarining 56 nafari xotin-qizlardir, ularning 12 nafari saylov komissiyalarining rahbariyatidan joy egallagan. Uchastka saylov komissiyalari tarkibida xotin-qizlar soni 47,4 foizni tashkil etadi. Uchastka saylov komissiyalari raislarining 26,7 foizi xotin-qizlardir.

Saylov okruglari va uchastkalari barcha shart-sharoitga ega zamonaviy binolarda joylashtirilib, transport, axborot-kommunikatsiya va aloqa vositalari, shu jumladan, internetga ulanish imkoniyatlari bilan taminlanmoqda.

Jismoniy imkoniyatlari cheklangan fuqarolarning ovoz berishda ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida har bir saylov uchastkasi nogironlarning aravachalari bemalol binoga kirishini nazarda tutadigan alohida pandus bilan jihozlanmoqda. Bundan tashqari, kabinalarning biri nogironlarning ovoz berishi uchun moljallanmoqda. Kozi ojiz fuqarolarga brayl alifbosida saylov mavzusi boyicha turli risolalar tayyorlanmoqda, ilk marta ular uchun moljallangan saylov byulletenlarini tayyorlash rejalashtirilgan. Bularning barchasi imkoniyati cheklangan shaxslar jamiyatimizning tolaqonli azosi ekanini inobatga olgan holda amalga oshirilmoqda.

Malumki, uchastka saylov komissiyalari faoliyatini togri tashkil etish saylov kampaniyasini togri olib borishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Shu bois bu jihatga yanada katta masuliyat bilan yondashilmoqda, saylov uchastkalarini tayyorlash, uchastka saylov komissiyalari azolarining huquqiy bilimini oshirish boyicha keng kolamli ishlar amalga oshirilmoqda. Uchastka saylov komissiyalari ishini samarali tashkil etishga qaratilgan uch bosqichli seminar-treninglar dasturi ishlab chiqildi. Mamlakat, viloyat va tumanlar miqyosida tashkil etilayotgan mazkur tadbirlarda Markaziy saylov komissiyasi azolari, saylov qonunchiligi va amaliyoti boyicha ekspertlar ham bevosita ishtirok etib, uchastka saylov komissiyalari faoliyatini moliyalashtirish, saylovchilar royxatini tuzishning oziga xos xususiyatlari, ovoz berish jarayonini tashkil etish hamda otkazishning huquqiy asoslari, muddatidan oldin ovoz berishni tashkil qilish singari dolzarb masalalar boyicha uchastka saylov komissiyalari azolarining bilim va malakalari oshirilmoqda.

Bugungi kunda saylov uchastkalari fuqarolarimizning nafaqat huquqiy madaniyatini yuksaltirish, balki nomzodlar saylovoldi dasturlari va tarjimai hollari bilan tanishishi uchun siyosiy-marifiy markazga aylangan. Bu yerda saylovchi saylovga oid har qanday malumotni olishi mumkin.

Milliy saylov amaliyotimiz tarixida birinchi bor Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik korish davrida saylovchilar huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish boyicha otkaziladigan tadbirlar dasturi qabul qilindi.

Dastur fuqarolarga istiqlol yillarida yaratilgan milliy saylov tizimi, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisidagi qonun, songgi yillarda unga kiritilgan ozgartish va qoshimchalar, Markaziy saylov komissiyasining saylov masalalarini tartibga soluvchi qarorlarining mazmun-mohiyati hamda saylovchilarning qonunlarda mustahkamlab qoyilgan huquq va erkinliklarini keng tushuntirish ishlarini olib borishni nazarda tutadi.

Targibot tadbirlari davra suhbati, seminar, uchrashuv, bevosita muloqot, konferensiya, trening shaklida, ommaviy axborot vositalari orqali maqola, eshittirish va korsatuvlar elon qilish, turli risola, flayer va boshqa targibot materiallarini tayyorlash orqali amalga oshirilmoqda.

Dasturda nazarda tutilgan tadbirlar doirasida aholining barcha qatlami, xorijdagi yurtdoshlarimiz qamrab olinmoqda. Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati, Xotin-qizlar qomitasi, Mahalla xayriya jamoat fondi, Respublika Baynalmilal madaniyat markazi, fuqarolik jamiyati institutlari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan ijtimoiy sheriklikda fuqarolarning huquqiy madaniyati va faolligini yanada oshirish maqsadida turli aksiyalar otkazmoqda.

Saylovchilar huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan targibot tadbirlarida oilaviy ovoz berishning oldini olishga alohida etibor berilmoqda. Joylarda saylovchilar, okrug va uchastka saylov komissiyalari azolari ishtirokida seminarlar otkazilmoqda. Shu bilan birga, mazkur mavzuda 100 ming nusxada tashviqot plakatlari chop etilib, ularni odamlar gavjum maskanlarda joylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birga muddatidan oldin ovoz berish, ovoz berish va saylov byulletenini toldirish tartibiga bagishlangan roliklar tayyorlanmoqda.

Saylov kampaniyasining eng muhim bosqichlaridan biri bolgan saylovoldi tashviqoti davom etmoqda. Ushbu jarayon haqida ham gapirib bersangiz.

Saylovoldi tashviqoti saylov kampaniyasida goyat muhim orin tutadi. Bu jarayonga barcha demokratik davlatlar, jumladan, mamlakatimizda ham alohida etibor qaratiladi. Tashviqot nomzodlarga saylovchilarni oz saylovoldi dasturi bilan tanishtirish imkonini beradi. 2015 yil 29 dekabrda qabul qilingan Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi qonun saylovga oid qonunchilikni takomillashtirish ishlarining mantiqiy davomi boldi. Mazkur qonunda saylovoldi tashviqotini olib borishning turlari, shakllari va usullari, ommaviy axborot vositalari orqali tashviqot olib borish, OAV orqali tarqatiladigan axborotga qoyiladigan, masalan, uning haqqoniyligi, Prezidentlikka nomzodlar, siyosiy partiyalarning huquq va qonuniy manfaatlarini buzmasligiga doir talablar batafsil bayon etildi.

Qonunda bosma, korgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarida albatta korsatilishi lozim bolgan adad, bosib chiqarilgan sana kabi malumotlar royxati oz aksini topgan. Bino, inshootlar va boshqa joylarda joylashtirilgan saylovoldi tashviqoti materiallari saylov kunidan bir kun avval mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan olib tashlanishi belgilandi.

Saylovchilar bilan uchrashuvlar otkazish orqali saylovoldi tashviqoti yuritish, Prezidentlikka nomzodlar uchun teng sharoitlar yaratish masalalariga alohida etibor qaratilgan. Xususan, davlat va xojalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoatchilik birlashmalari hamda fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari Prezidentlikka nomzodlarga saylovchilar bilan uchrashuv otkazish uchun tegishli ravishda jihozlangan xonalar ajratishi, kerakli malumot va axborot materiallarini olishiga komaklashishi shartligi belgilandi.

Bugungi kunda saylov kampaniyasi, shu jumladan, saylovoldi tashviqotini amalga oshirish jarayonlari mamlakatimiz qonunchiligi va Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha asosiy tadbirlar dasturiga tola muvofiq holda amalga oshirilmoqda.

Siyosiy partiyalardan kelib tushgan taklif va istaklarni inobatga olib, har bir nomzodga oz saylovoldi dasturlarini aholiga yetkazish uchun Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Ozbekiston va Yoshlar tele va radiokanallarida 638 daqiqadan, Milliy teleradiokompaniyaning 12 hududiy telekanalida 206 daqiqadan, Toshkent teleradiokanalida 286 daqiqadan bepul efir vaqti ajratildi. Xalq sozi, Narodnoye slovo va Pravda Vostoka gazetalarida 6 sahifadan iborat nashr maydoni bepul berilmoqda. Bundan tashqari, hududlardagi 30 mahalliy gazetada har bir nomzod uchun 55,5 sahifa nashr maydoni bepul taqdim qilinadi.

Turli millat vakillari bolgan fuqarolarga saylovoldi tashviqoti materiallari bilan tanishishga alohida etibor qaratilmoqda. Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar tojik tilidagi Ovozi tojik, Ovozi Samarqand, qozoq tilidagi Nurli jol gazetalari nashr maydonidan bepul foydalanadi. Umuman olganda, saylov kampaniyasi jarayonlari haqidagi axborotlar mamlakatimizdagi OAVlarda 17 tilda chop etilmoqda. Bundan tashqari, koreys tilidagi Koryo Sinmun, Txonil-Edinstvo, arman tilidagi Apaga kabi nashrlar ham hech qanday tosiqlarsiz oz mushtariylarini ushbu jarayonlar togrisida xabardor qilishlari diqqatga sazovordir.

Nomzodlarning har biri mamlakatimiz boyicha 642 tadan tashqi reklama vositasidan, yani maxsus konstruksiyalar, ekranlar, billbordlardan oz dasturiy goya va maqsadlarini targib qilishda foydalanadilar. Respublikamizdagi 36 elektron monitorda ham nomzodlarning tashviqot roliklarini bepul joylashtirish imkoniyati yaratildi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ommaviy axborot vositalarida saylovoldi tashviqoti materiallarining turlari, shakllari, usullari va mazmunini mustaqil belgilaydi.

Takidlash joizki, saylovoldi tashviqoti davrida teng shart-sharoit yaratish tamoyili partiya nashrlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Ular tegishli materiallarni istalgan hajmda chop etishlari mumkin.

Bugungi kunda nomzodlar saylovoldi tashviqoti tadbirlarini faol olib bormoqda, bu jarayonda ularga ishonchli vakillari yaqindan yordam bermoqda.

Okrug saylov komissiyalari tenglik tamoyiliga rioya qilinishini qattiq nazorat qilmoqda.

Joylarda qonunchilik talablari qay darajada taminlanayotgani monitoring qilinmoqda va bu borada Markaziy saylov komissiyasiga kunlik axborot berilmoqda.

Saylov jarayonining ochiq va oshkoraligini taminlash uchun saylov komissiyalari qanday chora-tadbirlarni kormoqda?

Mamlakatimizda demokratik saylovlarni tashkil etish yashirin ovoz berishga asoslangan bolib, qolgan barcha jarayonlar ochiqlik, oshkoralik va transparentlik asosida otkaziladi. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisidagi qonunga muvofiq, saylov komissiyalari fuqarolarni saylovga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha oz faoliyati bilan tanishtirib boradi. Saylov komissiyalari tuzilgani, ular joylashgan manzil va ularning ish vaqti haqida malum qiladi. Saylovchilar royxati, saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalar royxati, Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar togrisidagi malumotlar bilan tanishtiradi, ovoz berish va saylov yakunlaridan xabardor qiladi.

Saylovga tayyorgarlik korish va uni otkazishga doir tadbirlarda, har bir saylov uchastkasida saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar korsatgan siyosiy partiyalardan bittadan kuzatuvchi, matbuot, televideniye va radio vakillari, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilar qatnashish huquqiga ega.

Saylov jarayonining ochiq va oshkoraligini taminlashda ommaviy axborot vositalari muhim orin tutadi. Prezident saylovi boyicha 2016 yilgi saylov kampaniyasini har tomonlama xolis yoritish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi va Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Ozbekiston Milliy axborot agentligi, Jahon, Uzreport axborot agentliklari, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi ortasida ikki tomonlama bitimlar imzolandi.

Prezident saylovini yoritish boyicha Respublika matbuot markazi, shuningdek, okrug saylov komissiyalari huzurida ham shunday matbuot markazlari faoliyati yolga qoyilgan. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan xorijiy va milliy ommaviy axborot vositalarining 500 dan ortiq vakili, okrug saylov komissiyalari tomonidan qariyb 560 nafar mahalliy jurnalist akkreditatsiyadan otkazildi.

қ, қ қ қ қ www.elections.uz - , , , ғқ , , - қ қ, , , ҳққ қ , қ қ .

Markaziy saylov komissiyasi dasturiga muvofiq okrug va uchastka saylov komissiyalari, shuningdek, xotin-qizlar, yoshlar, nuroniylar, imkoniyati cheklangan shaxslar, harbiy xizmatchilar, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari, mehnat jamoalari, oquv muassasalari vakillari, jurnalistlar uchun mavzuga oid seminarlar otkazilmoqda. Bu milliy saylov qonunchiligiga kiritilgan songgi ozgartishlar, saylov komissiyalari oldida turgan vazifalar, ommaviy axborot vositalari ishtirokida saylov jarayonining ochiq va oshkoraligini taminlash vazifalari haqida ularning xabardorligini oshirishga yordam beradi.

Mazkur yonalishdagi say-harakatlar samarasida saylov kampaniyasi boshlangandan beri mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarida bu mavzuda 9 ming 900 dan ortiq, xorijiy ommaviy axborot vositalarida 800 dan ziyod material elon qilindi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik korish, uni otkazish chogida qonunbuzilishlarining oldini olish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini oz vaqtida korib chiqish, ular yuzasidan qonunda belgilangan choralarni korish hamda okrug, uchastka saylov komissiyalari bilan doimiy aloqa ornatishni taminlash maqsadida 2016 yil 1 noyabridan boshlab Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida kechayu kunduz ishlab turadigan ishonch telefoni (0 371 239-35-62), shuningdek, faks (0 371 239-42-43) va elektron pochta (ub_saylov@umail.uz) ishga tushirildi.

Ayni paytda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari boyicha byurosi, Mustaqil Davlatlar Hamdostligi Ijroiya qomitasi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi kabi nufuzli xalqaro tuzilmalarga Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun taklifnomalar yuborilib, ular ushbu jarayonda qatnashishga tayyor ekanligini malum qildi.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari boyicha byurosining saylovni kuzatish boyicha missiyasi asosiy guruhi mamlakatimizga tashrif buyurib, oz faoliyatini boshladi. Shu orinda mazkur tashkilotning rasmiy veb-saytida Ehtiyojlarni baholash missiyasi ekspertlarining Ozbekistonga tashrifi natijalari boyicha hisobot elon qilindi. Unda mamlakatimiz qonunchiligiga kiritilgan songgi ozgartishlar, Markaziy saylov komissiyasining nizom va yoriqnomalari yanada takomillashtirilgani yuqori baholangan, Ozbekiston saylovni xalqaro standartlarga muvofiq otkazishga tayyor ekani etirof etilgan holda saylovni kuzatish boyicha tolaqonli missiya yuborish haqida malum qilingan.

Missiya asosiy guruh bilan birga 20 nafar uzoq muddatli kuzatuvchi, ovoz berish kuni saylov uchastkalarida kuzatuvni amalga oshiradigan 250 nafar qisqa muddatli kuzatuvchidan iborat boladi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichidagi goyat muhim ijtimoiy-siyosiy voqeadir. Zero, Vatanimiz kelajagi, uning yanada taraqqiy topishi saylov barcha ishtirokchilarining faolligi, siyosiy yetukligi va pirovardida saylovchilar qabul qiladigan qarorga bogliqdir.

OzA muxbiri

Norgul ABDURAIMOVA

suhbatlashdi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: