O'zb  
 
10.11.2016

XALQARO MEVA-SABZAVOT YARMARKASI

hamkorlik va tajriba almashish maydoniga aylandi

Bobodehqonlarimiz tomonidan diyorimizda yetishtirilayotgan meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlari o‘zining xushta’mligi, foydali va toyimliligi, sarxilligi bilan nafaqat yurtimiz, balki jahon bozorlarida ham oz xaridorlariga ega.

«Ozekspomarkaz»da bolib otayotgan I Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida mamlakatimizning meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish, qayta ishlash, eksport qilishga ixtisoslashgan kompaniyalari ishtirok etmoqda.

Shuningdek, korgazmada Yaponiya, Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Italiya, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Malayziya, Janubiy Koreya, Hindiston, Ozarbayjon, Latviya, Eron, Turkmaniston, Afgoniston, Qozogiston kabi ottizdan ziyod mamlakatlarning savdo tashkilotlari, savdo-sanoat palatalari, qishloq xojaligi yonalishidagi vazirlik va idoralari, logistika kompaniyalari vakillari qatnashmoqda.

Mazkur korgazma Ozbekoziqovqatxolding, Ozvinosanoat-xolding xolding kompaniyalari, Ozbekoziqovqatzaxira uyushmasi, Ozagroeksport tashqi savdo kompaniyasi va Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi direksiyasi MChJ tomonidan tashkil etildi.

Yarmarka oziq-ovqat sanoati va qishloq xojaligi sohasining barcha zamonaviy yonalishlarini qamrab olgan bolib, unda poliz ekinlari, dukkakli osimliklar, yongoqlar, ziravorlar, hol va quruq mevalar, sabzavotlar, kokatlar, ichimliklar, qadoqlar va qadoqlash texnologiyalari, transport va logistikaga oid bolimlar ishlamoqda.

Yarmarka doirasida meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilar va ularning hamkorlari ishtirokida davra suhbatlari, muzokaralar tashkil etish, intensiv boglar, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar hamda sovutish komplekslariga tashriflar uyushtirish rejalashtirilgan.

Shahboz SAIDOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: