O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
10.11.2016

ISLOHOTLARNING IJTIMOIY SAMARADORLIGINI OSHIRISH ASOSIY MAQSADIMIZ!

Prezidentlikka nomzod Xatamjon Ketmonov Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Xalq demokratik partiyasidan nomzod Xatamjon Ketmonovning saylovchilar bilan uchrashuvlari qizgin davom etmoqda. Nomzodning Toshkent shahridagi saylovchilar bilan uchrashuvi ham samimiy ruhda, fikr-mulohazalarga boy tarzda otdi.

Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili, Toshkent shahar partiya kengashi raisi Haydar Boboxonov yigilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirgandan song, Xatamjon Ketmonov oz dasturida ilgari surilgan goyalar, belgilangan maqsad-vazifalar haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Nomzod, avvalo, azim poytaxtimiz, bu yerda yashayotgan oqkongil, mehribon insonlar haqida iliq sozlar aytdi, kohna va navqiron Toshkent mustaqillik yillarida dunyodagi eng gozal shaharlardan biriga aylanganini, bundan har bir yurtdoshimiz haqli ravishda faxrlanishini takidladi.

Xatamjon Ketmonov oz Saylovoldi dasturi bilan yigilganlarni tanishtirar ekan, poytaxt aholisi uchun muhim masala — aholiga kommunal xizmatlar korsatish tariflari va narxlarini maqbullashtirish yonalishlariga alohida toxtaldi.

Avvalo takidlash kerakki, hududlarda aholiga korsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash borasida qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Songgi yillarda aholining etirozlariga sabab bolayotgan sohadagi ayrim muammolar mutasaddi tashkilotlar ishtirokida bosqichma-bosqich hal etilyapti, dedi Xatamjon Ketmonov. Tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar elektr va issiqlik energiyasi, gaz taminoti, ichimlik suvi narxlari va tariflarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Ijtimoiy himoya borasida ham bir qator masalalarni ilgari suryapmiz. Xususan, pensionerlar, nogironlar, ota-ona qaramogidan mahrum bolgan bolalar va aholining mehnatga layoqatsiz boshqa ijtimoiy guruhlari hayotiy ehtiyojlari toliq qondirilishini kafolatlovchi pensiya taminoti va ijtimoiy nafaqalarning samarali tizimini shakllantirish muhim, deb hisoblaymiz.

Nomzod, shuningdek, aholi bandligini taminlash tizimiga zamonaviy usullarni joriy qilish, kam taminlangan oilalar, keksalar va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish samaradorligini yanada oshirish, yuqori sifatli talim olish va maqbul tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalarida oz takliflarini bildirdi.

Uchrashuvda sozga chiqqanlar nomzodning dasturida belgilangan vazifalar boyicha munosabat va fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Akmal INOGOMOV, Olmazor tumanidagi «Akmal Ziyo» xususiy korxonasi rahbari:

Nomzodning Saylovoldi dasturida, birinchi navbatda, mamlakatimizda ish orinlari tashkil etish va mehnatga layoqatli aholining bandlik darajasini oshirish masalasi ilgari surilmoqda.

Malumki, aholi turmush darajasini yaxshilashning eng muhim sharti ularning bandligini taminlashdir. Buning uchun mehnatga layoqatli kishilar munosib haq tolanadigan ish orinlariga ega bolishi, fuqarolarning shaxsiy tashabbuskorligi va ishbilarmonligini qollab-quvvatlash va ragbatlantirish zarur. Avvalo, mustaqil hayotga kirib kelayotgan yoshlar birinchi ish orinlariga ega bolishi uchun adolatli, teng va ijtimoiy jihatdan maqbul shart-sharoitlar yaratish talab etiladi.

Shu jihatdan olib qarasak, nomzod dasturida ilgari surilgan bu goyalar mamlakat taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi uchun xizmat qiladi, deb oylayman.

Muqaddas RAHMATULLAYEVA, Shayxontohur tumanidagi 44-oilaviy poliklinika bosh shifokori, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati:

Men nomzod dasturida ilgari surilgan aholiga yuqori sifatli va maqbul tibbiy yordamdan keng foydalanish imkoniyatini taminlash masalalariga etibor qaratishingizni xohlardim.

Xatamjon Ketmonovning imtiyozli va bepul asosda malakali tibbiy-sanitariya yordami korsatilishini tartibga solish, bu borada tegishli qonun hujjatlarining ijrosi ustidan nazorat samaradorligini oshirish haqidagi takliflarini juda orinli, deb bilaman.

Sababi, birinchi tibbiy yordamdan barcha qulay va tezkor foydalanishi, kam daromadli odamlar uchun ham uning maqbulligini taminlash muhim ahamiyatga ega. Buning uchun oilaviy poliklinikalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni yuqori malakali kadrlar bilan taminlash, odamlarning tibbiy-huquqiy bilimini yuksaltirish talab etiladi.

Nuriddin JALOLOV, Yunusobod tumanidagi Oqtepa mahalla fuqarolar yigini raisi:

Nomzod dasturida belgilangan yana bir muhim vazifa diqqat-etiborimni tortdi. Bu adolat va mehr-oqibat, ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini keng qollagan holda, mahalla institutining aholini ijtimoiy himoya qilish markazi sifatidagi orni va ahamiyatini oshirib borish masalasidir.

Nomzodning mahallalarga chuqur kirib borish, aholi, ayniqsa, ehtiyojmand oilalar bilan muloqot qilish, ularni oylantirayotgan masalalarni joyida hal etish haqidagi takliflari juda maqul boldi. Bu goyalarni faol qollab-quvvatlayman.

Dilafruz USMONOVA, Toshkent shahridagi Konfutsiy nomli Ozbek-Xitoy instituti oqituvchisi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori:

Menga nomzodning nogironlar mehnat qilishi uchun ixtisoslashgan korxonalarni tashkil etishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish, davlatning markazlashgan sarmoyalari hisobidan bunday korxonalar tarmogini rivojlantirish haqidagi takliflari maqul keldi.

Bir narsaga kop guvoh bolganman. Jismoniy imkoniyati cheklangan bolsa-da, qolidan ish keladigan kishilar bor. Ularni qollab-quvvatlash maqsadida mehnat qilishi uchun ixtisoslashgan korxonalar tashkil etish har tomonlama maqsadga muvofiq boladi.

Xatamjon Ketmonovning takliflari ana shu jihati bilan ahamiyatli, deb oylayman.

Uchrashuvda sozga chiqqanlar ishtirokchilarni Prezidentlikka nomzod Xatamjon Ketmonovga ovoz berishga chaqirdi.

Gulruh ODASHBOYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: