O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
08.11.2016

SAYLOV JARAYONIDA MAHALLALAR FAOL ISHTIROK ETMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish boyicha Respublika matbuot markazida «Mahalla» xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi tomonidan Markaziy saylov komissiyasi, Adliya vazirligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda seminar otkazildi.

Videokonferensaloqa shaklida tashkil etilgan tadbirda Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov, Mahalla fondi respublika boshqaruvi raisi J.Inogomov va boshqalar mamlakatimiz hayotining barcha sohasini tubdan yangilash hamda modernizatsiya qilish jarayonida fuqarolarning oz xohish-irodasini erkin bildirishi, saylash va saylanish boyicha konstitutsiyaviy huquqlari toliq royobga chiqarilishini ta’minlash maqsadida demokratik standartlarga mos bolgan saylov tizimi yaratilganini qayd etishdi.

Mahallalar aniq yonaltirilgan asosda aholini ijtimoiy qollab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markazlariga aylanayotgani, shuningdek, ularning faol ishtirokida davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazorati olib borilayotgani etirof etildi.

Tadbirda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 2016 yil 7 oktabrda tasdiqlangan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik korish davrida saylovchilar huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish boyicha otkaziladigan tadbirlar dasturi ijrosini taminlash maqsadida mahallalarda keng tushuntirish ishlari olib borilayotgani aytib otildi.

Jamiyatni yanada yangilash va demokratlashtirish fuqarolarning saylov huquqi amalga oshirilishi bilan ham uzviy bogliq. Shu bois saylov jarayonining barcha bosqichlaridan saylovchilar xabardor bolishi, ularning huquqiy madaniyatini, shu jumladan, aholining ijtimoiy faolligini oshirish muhim hisoblanadi. Bu esa saylov togrisidagi qonun hujjatlariga tolaqonli rioya etilishi va saylov kuni oz xohish-irodalarini erkin bildirishlarini kafolatlaydi.

Prezident sayloviga tayyorgarlik korish davrida saylovchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish boyicha mahallalarda targibot tadbirlarini tashkil etish va otkazish boyicha chora-tadbirlar rejasiga binoan, aholining huquqiy va saylov madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tashviqot ishlari izchil amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, fuqarolarning saylov jarayonidan xabardorlik darajasini yanada oshirish maqsadida mahallalarda Men shaxsan ozim ovoz beraman, Bizning oilamizda har birimiz oz ovozimizga egamiz, Mening ovozim Vatan kelajagiga daxldor, Biz tanlash huquqiga egamiz, Saylovchilar royxatida bormisiz? kabi mavzularda targibot tadbirlari otkazilmoqda.

Seminarda Prezident sayloviga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha amalga oshiriladigan tadbirlarda fuqarolar yiginlari raislari va jamoatchilik komissiyalarining orni, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonunining mohiyati va ahamiyati, uchastka saylov komissiyalari ishini samarali tashkil etishda mahalla faollarining roli haqida atroflicha soz yuritildi.

Saylovga tayyorgarlik korish davrida targibot tadbirlarini aholi ortasida, oilalarda izchil davom ettirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Seminar qatnashchilari ozlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Tadbirda Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosari, Fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boyicha respublika kengashi raisi A.Aripov ishtirok etdi hamda sozga chiqdi.

Laziza SHEROVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: