O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
08.11.2016

MUHIM TADBIRGA PUXTA TARADDUD

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini otkazuvchi 8-Sirdaryo saylov okrugida tashkil etilgan 271 saylov uchastkasining barchasida ushbu muhim siyosiy tadbirga puxta hozirlik korilmoqda.

Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida mustahkam milliy saylov qonunchiligi yaratilgani fuqarolarning oz xohish-irodasini demokratik tamoyillarga mos tarzda emin-erkin ifoda etishi, konstitutsiyaviy huquqidan tolaqonli foydalanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Uchastka saylov komissiyasi a’zolari ishini samarali tashkil etish va saylovchilarga qulaylik yaratish maqsadida uchastka markazlari umumtalim maktablari, kasb-hunar kollejlari, davlat korxonalari va jamoat tashkilotlarining zamonaviy binolarida joylashtirilgan.

— Uchastka saylov komissiyalari azolarining 67 foizi avval ham ushbu siyosiy tadbirda komissiya tarkibida faoliyat yuritgan va muayyan amaliy tajribaga ega, deydi 8-Sirdaryo okrug saylov komissiyasi raisi S.Qudratov. Viloyatda 529 ming 810 saylovchi royxatga olingan bolib, ularning 15 mingdan ortigi birinchi marta ovoz beradigan yoshlardir. Har bir uchastkada saylovchilar uchun barcha sharoit yaratilmoqda. Saylov uchastkalari davlat ramzlari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, mebel, ovoz berish kabinalari va zarur adabiyotlar bilan toliq taminlanmoqda. Saylov qonunchiligiga oid malumotlar, saylovchilar huquq va majburiyatlari togrisidagi targibot-tashviqot vositalari korinarli joylarga osib qoyilgan.

Guliston shahridagi 6-saylov uchastkasi «Navbahor» mahalla fuqarolar yigini hududidagi 6-umumtalim maktabi binosida joylashgan. Mahallada 2 ming 200 dan ziyod saylovchi bolib, ularning 20 nafari ushbu muhim siyosiy tadbirda birinchi marta ishtirok etadi. Mebel, zamonaviy aloqa, yoritish va isitish vositalari, meyoriy hujjatlar va boshqa zarur materiallar bilan jihozlangan uchastkada saylovoldi tayyorgarlik ishlari milliy qonunchiligimiz va Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan tadbirlar rejasi asosida olib borilmoqda.

A.QAYUMOV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: