O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
05.11.2016

IJTIMOIY HIMOYA TASHABBUSKORLIKKA YOL OCHISHI KERAK

Xatamjon Ketmonov namanganlik saylovchilar bilan uchrashdi

Uchqo‘rgon tumanida videokonferensaloqa shaklida tashkil etilgan uchrashuvda barcha tuman va shaharlardagi saylovchilar qamrab olindi. Uchrashuvni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi a’zosi Abdugaffor Qirgizboyev kirish sozi bilan ochdi va Prezident saylovi mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim voqea ekanini, bu jarayonda saylovchilarning faolligi dolzarb ahamiyat kasb etishini takidladi.

Ozbekiston XDP Namangan viloyat kengashining raisi, Prezidentlikka nomzodning viloyatdagi ishonchli vakili Dilorom Abdurahimova saylovchilarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

Shundan song Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga Xalq demokratik partiyasidan nomzod Xatamjon Ketmonov ozining saylovoldi dasturi yuzasidan nutq sozladi.

Nomzod avval Namangan viloyatida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va ularning samaralari, mustaqilligimizni mustahkamlash, tinchlik-osoyishtalik va barqarorlikni taminlashga viloyat ahlining qoshayotgan katta hissasini etirof etdi.

Aytish kerakki, nomzodimiz dasturi Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi goya va maqsadlariga, xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasining parlamentdagi kopchilik — Demokratik kuchlar blokiga nisbatan muxolif fraksiya sifatida ilgari surgan qator goyalariga asoslangan. Unda aholining barcha qatlamlari, eng avvalo, kam taminlangan qatlami turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, bunda davlatning tartibga soluvchilik rolini mustahkamlash masalalari ilgari surilgan.

Shuningdek, eng kam istemol xarajatlari standartlarini belgilashda zamonaviy mexanizmlarni ishlab chiqish va joriy etish, kommunal xizmatlar narxlarini maqbullashtirish, aholi bandligini taminlashning mutlaqo yangi va zamonaviy usullarini joriy qilish, bu boradagi dasturning sozsiz bajarilishi yuzasidan parlament nazoratini kuchaytirish bilan bogliq rejalar belgilangan.

Biz uchun asosiy ustuvor yonalish, avvalambor, aholining davlat va jamiyat tomonidan qollab-quvvatlashga ehtiyojmand qatlamlari manfaatlarini himoya qilish hisoblanadi, deya takidladi Xatamjon Ketmonov. Iqtisodiy siyosatdagi asosiy ustuvor vazifalarimiz bu davlatimizning moliyaviy-iqtisodiy qudratini oshirishni kuchli ijtimoiy siyosat bilan uygunlashtirish, shu orqali aholining, xususan, uning ehtiyojmand qatlamlarining turmush darajasini yanada yaxshilashdan iboratdir.

Ozimizda ishlab chiqargan mahsulot hisobiga ichki bozorni toldirish, narx-navo oshishining oldini olishga qaratilgan tovar hamda xizmatlar ishlab chiqarishni rivojlantirishning hududiy dasturlarini yaratish va amalga oshirish, buning uchun mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari masuliyatini yanada kuchaytirish muhim, deb hisoblaymiz.

Bu masalaning ahamiyatli tomonlariga toxtaladigan bolsak, bozorlarimizni ozimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan toldirish orqali biz nafaqat narx-navo arzonlashishiga erishamiz, balki yangi ish orinlari ochilishi uchun imkon yaratgan bolamiz. Demak, mazkur yonalishdagi hududiy dasturlarni ishlab chiqishda osha joydagi aholining qiziqish va imkoniyatlarini organish yaxshi samara beradi, deb oylayman. Oz-ozidan bu mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari masuliyatini kuchaytirishni taqozo etadi.

«Iqtisodiy islohotlarga ijtimoiy samaradorlik!», Kam taminlanganlarning kuchli ijtimoiy himoyasi uchun kurashamiz!, Ijtimoiy himoya tashabbuskorlikka yol ochmogi darkor, Keksalarimiz uchun munosib pensiya taminoti! kabi goyalar saylovchilar tomonidan qollab-quvvatlandi.

Ayniqsa, aholiga yuqori sifatli talim olish va maqbul tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish dolzarb vazifa ekani qayd etildi.

Uchrashuvda Kosonsoy tuman madaniyat va sport ishlari bolimi mutaxassisi, Yosh siyosatchi 2016 korik-tanlovining viloyat bosqichi golibi Xurshida Bobojonova, partiya va mehnat faxriysi Mamatvali Turgunov, Uychi sport kolleji oqituvchisi Adiba Abdurahmonova, Namangan haqiqati gazetasi bosh muharriri, viloyat Kengashidagi OzXDP guruhi azosi Mahmudjon Parpiyev va boshqalar nomzodning dasturiy maqsadlari yuzasidan sozga chiqib, saylovchilarni Xatamjon Ketmonov nomzodini qollab-quvvatlashga chaqirdi.

Prezidentlikka nomzodning saylovoldi dasturidagi pensiya taminotini takomillashtirish, kommunal xizmatlar tariflarini maqbullashtirish, tibbiy xizmat sifatini yuksaltirish va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini taminlash bilan bogliq yondashuvlar saylovchilarni koproq qiziqtirdi. Uchrashuvdagi savol-javoblar asosan ana shu masalalarni qamrab oldi.

Ozekiston Xalq demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Xatamjon Ketmonov Prezident sayloviga tayyorgarlik, uni otkazish bilan bogliq jarayonlar milliy qonunchiligimiz va xalqaro demokratik tamoyillarga tola mos ravishda otayotganini qayd etib, saylovchilarni faollikka chaqirdi.

Nosirjon DEHQONOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: