O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
03.11.2016

MEHNAT YARMARKASI

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Saylovoldi dasturining asosiy yonalishlarida yangi ish orinlari tashkil etish masalasiga keng e’tibor qaratilgan. Shu bois partiya tashkilotlari band bolmagan aholi va kollej bitiruvchilarini ishga joylashtirishga qaratilgan loyihalar hamda tadbirlarni otkazib kelyapti.

Kuni kecha Bektemir tuman partiya kengashi bandlikka komaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bilan hamkorlikda tashkil etgan mehnat yarmarkasi ham ana shunday tadbirlardan biri boldi. Unda tumandagi 50 ga yaqin korxona va tashkilot besh yuzdan ortiq bosh ish orni bilan ishtirok etdi. Tadbirda 50 nafarga yaqin kishi turli korxona va muassasalarga ishga joylashish boyicha yollanma oldi.

— Yarmarkada joriy yilda kasb-hunar kollejini bitirgan yoshlar va vaqtincha ishsiz fuqarolarni ish bilan taminlashga alohida etibor qaratildi, deydi Ozbekiston XDP Bektemir tuman kengashi raisi orinbosari Lola Yarasheva. Partiyamiz Saylovoldi dasturida aholi, shu jumladan, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini egallagan mutaxassisliklariga muvofiq ish bilan taminlash borasida davlat tashkilotlari, ijro hokimiyati idoralari hamda korxona-tashkilotlar masuliyatini oshirish muhim vazifa etib belgilangan. Bu borada partiyamiz faollari, deputatlar qator tashabbuslarni ilgari surmoqda. Masalan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiyamiz fraksiyasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlari hamkorligida mazkur yonalishda muntazam deputatlik nazorati olib borilmoqda. Xato va kamchiliklarni bartaraf etish boyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Kasb-hunar kollejlarini tamomlagan yoshlarni mutaxassisligi boyicha ishga joylashtirish, yosh kadrlarning ishlab ketish kafolatini mustahkamlash dolzarb masala, dedi tuman bandlikka komaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi mutaxassisi Gulmira Otaboyeva. Shu bois mustaqil hayotga qadam qoyayotgan yigit-qizlarni har tomonlama qollab-quvvatlashga alohida etibor qaratilmoqda.

Joriy yilning shu davriga qadar tumanimizda 2800 dan ortiq yangi ish orni yaratildi. Ish orinlarining asosiy qismi yoshlar va xotin-qizlar uchun moljallangan. Yil davomida 4 marotaba mehnat yarmarkasi otkazildi. Natijada 200 nafardan ortiq fuqaro turli korxona va tashkilotlarga yollanma oldi. Tadbirlar orqali aholi vakillari, kasb-hunar kollejlarini tamomlagan yoshlarni tegishli mutaxassisliklar boyicha ishga joylashtirishga harakat qilayapmiz.

Ushbu yarmarka men uchun unutilmas voqea boldi, deydi yosh mutaxassis Bobur Hojiakbarov. Boisi, bugun tumandagi «ARSLON PLASTIK» korxonasiga ishga joylashish uchun yollanma oldim. Bilimimni amaliyotda mustahkamlab, yurtimiz ravnaqiga hissa qoshish imkoniyatiga ega bolganimdan juda mamnunman.

Mehnat yarmarkasida yoshlarga mutaxassislar tomonidan mehnat qonunchiligi boyicha zarur maslahat va tavsiyalar berildi.

Shahzod ABDULLAYEV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: