O'zb  
 
03.11.2016

AHOLINING YUKSAK SAYLOV MADANIYATI VA FAOLLIGI DEMOKRATIK SAYLOVLARNING MUHIM OMILI

2016 yilning 2 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish boyicha Respublika matbuot markazida «Aholining yuksak saylov madaniyati va faolligi – demokratik saylovlarning muhim omili» mavzusida xalqaro seminar bolib otdi.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boyicha vakili (Ombudsman), Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Ozbekistondagi loyihalari koordinatori hamkorligida tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti vakillari, shuningdek, videokonferensaloqa orqali okrug va uchastka saylov komissiyalari a’zolari, nodavlat notijorat tashkilotlari va milliy madaniyat markazlari faollari ishtirok etdi.

Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boyicha vakili (Ombudsman) U.Muhammadiyev, YeXHTning mamlakatimizdagi loyihalari koordinatori Jon Makgregor va boshqalar Ozbekistonda mustaqil saylov tizimini shakllantirish va rivojlantirishda fuqarolarning jamiyat va davlat ishlari boshqaruvida ishtirok etishi, oz xohish-irodasini erkin bildirishini taminlashning tasirchan tashkiliy-huquqiy mexanizmlari yaratilgani, saylov qonunchiligi ilgor xorijiy tajribaga, xalqaro saylov standartlariga mos ravishda izchillik bilan takomillashtirilayotganini takidladi.

Mamlakatimizda 21 million 435 ming saylovchi bolib, ularning 10 million 825 mingdan ziyodi xotin-qizlar, 555 mingdan ortigi saylovda birinchi marta ovoz berayotgan yoshlardir.

Tadbirda fuqarolarning saylov huquqlarini taminlash, shu jumladan, nogironlar, qamoqda saqlash joylarida saqlanayotgan fuqarolarga saylov jarayonida ularning saylov huquqlarini royobga chiqarishda yaratilayotgan sharoitlar haqida fikr almashildi.

Mazkur yonalishda inson huquqlari boyicha milliy institutlar ham tizimli va rejali ishlarni amalga oshirmoqda. Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boyicha vakili (Ombudsman) tomonidan fuqarolarning saylov huquqlarini taminlash, huquqiy va saylov madaniyatini yanada yuksaltirish boyicha asosiy tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

Turli millat vakillari bolgan fuqarolarga saylovoldi tashviqoti materiallari bilan tanishishga alohida etibor qaratilmoqda. Saylov kampaniyasi jarayonlari haqidagi axborotlar mamlakatimizdagi OAVlarda 17 tilda chop etilmoqda.

Tadbirda ishtirokchilar ozlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

B.BOZOROV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: