O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
03.11.2016

SAYLOVOLDI TASHVIQOTI

yuqori saviyada o‘tkaziladi

Xabaringiz bor, 28 oktabr kuni Markaziy saylov komissiyasi mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan barcha siyosiy partiyalar tomonidan korsatilgan Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni royxatga olish togrisida qaror qabul qildi. Qonunga muvofiq, ayni shu kundan e’tiboran saylov kampaniyasining eng muhim bosqichlaridan biri — saylovoldi tashviqoti boshlandi. Shuni alohida qayd etish kerakki, Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga ommaviy axborot vositalaridan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda teng foydalanish huquqi beriladi va taminlanadi.

Mamlakatimizda bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar natijasida xalqaro standartlarga mos keladigan milliy saylov tizimi shakllantirildi. Fuqarolarning oz xohish-irodasini erkin bildirish huquqini kafolatlovchi mustahkam qonunchilik asoslari yaratildi. Shunga muvofiq ravishda aholining ijtimoiy-siyosiy bilimi, huquqiy madaniyati, faolligi tobora yuksalib bormoqda. Bu Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik jarayonlarida ham yaqqol namoyon bolmoqda.

Saylovchilarning nomzodlar haqida tasavvuri qanday bolishi, saylov jarayonlarining har tomonlama yuqori saviyada otishi saylovoldi tashviqotiga bogliqdir.

Xosh, saylovoldi tashviqoti qanday olib boriladi? Prezidentlikka nomzodlarning bu borada huquqlari qanday? Ana shu masalalar boyicha deputatlarning, partiya tashkilotlari xodimlarining fikr-mulohazalari bilan qiziqdik.

Nomon AKBAROV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi:

Saylov kampaniyasining har bir jarayoni bir-biri bilan ozaro bogliq tarzda davom etadi. Bular orasida eng muhim bosqichlardan biri saylovoldi tashviqotidir.

«Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisida»gi Qonunning 28-moddasi shu masalaga bagishlangan. Unga kora, saylovoldi tashviqoti saylov kampaniyasi davrida amalga oshiriladigan va saylovchilarni Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni yoqlab ovoz berishga undashga qaratilgan faoliyat.

Saylovoldi tashviqotini saylovchilarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar korsatish (axborot xizmatlaridan tashqari), shuningdek, pul mablaglari tolash bilan qoshib olib borish taqiqlanadi.

Shu orinda saylovoldi tashviqotini olib borish haqida toxtalsak. Qonunchiligimizga kora, u Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning dasturi yoki saylovoldi platformasi togrisidagi axborotni nomzodni yoqlab ovoz berishga davat etgan holda, tarqatish orqali olib boriladi. Shuningdek, bunday tashviqot omma oldida munozaralar, bahslar, matbuot konferensiyalari, intervyular, sozga chiqishlar, saylovchilarning yigilishlari, Prezidentlikka nomzod togrisidagi roliklarni joylashtirish shaklida olib borilishi mumkin.

Demak, korinib turibdiki, saylovoldi tashviqoti nomzodlarning shaxsi, tashabbuskorligi, bilimi va salohiyatini saylovchilar oldida tola namoyon etishga qaratiladi. Eng muhimi, bunda barcha nomzodlarga teng sharoitlar yaratiladi. Bu esa saylov jarayonlarining teng, adolatli, ochiq va oshkoralik asosida olib borilishini tola kafolatlaydi.

Qahramon MIRZAYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi:

Saylovoldi tashviqot saylovchilarni nomzod uchun ovoz berishga ishontirishga qaratilgan muhim vosita hisoblanadi. Shu bois mamlakatimizning saylov qonunchiligida ushbu muhim jarayon bilan bogliq huquqiy asoslar mustahkamlangan.

Barchamizga malumki, saylovoldi tashviqotini olib borishda ommaviy axborot vositalari nihoyatda muhim orin tutadi.Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisidagi Qonunga asosan, tashviqot ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, televideniye, umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlari (shu jumladan, Internet jahon axborot tarmogi), bosma, korgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini (plakatlar, varaqalar va boshqa materiallarni) chiqarish, tarqatish hamda saylovchilar bilan uchrashuvlar otkazish orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, Prezidentlikka nomzodlar, siyosiy partiyalar saylovoldi tashviqotini olib borishning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlari, shakllari va usullaridan foydalanishi mumkinligi ham qonunlarimizda oz aksini topgan.

Aytish kerakki, saylovoldi tashviqoti olib borilayotganda davlat ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda Prezidentlikka nomzodlarga hajmiga kora, bir xil bolgan efir vaqti va nashr maydonini bepul berish yoli bilan teng sharoitlar taminlanadi.

Nomzodlarga davlat ommaviy axborot vositalarida haq evaziga ham efir vaqti yoki nashr maydoni ajratilishi mumkin. Shuningdek, ularga nodavlat ommaviy axborot vositalarida ham qonun hujjatlariga muvofiq efir vaqti yoki nashr maydoni ajratilishi mumkinligi belgilangan. Eng asosiysi, saylov kampaniyasida ishtirok etuvchi ommaviy axborot vositalari tomonidan efir vaqti, nashr maydoni uchun belgilanadigan haq tolash shartlari hamda boshqa talablar barcha nomzodlar uchun teng va bir xil bolishi kerak.

Ommaviy axborot vositalarida tarqatiladigan axborot haqiqatga mos bolishi, nomzodlarning, siyosiy partiyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak. Haqiqatga togri kelmaydigan malumotlarni, shuningdek, Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning shani va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan malumotlarni tarqatish taqiqlanadi.

Saylovoldi tashviqoti maqsadida ommaviy axborot vositalaridan foydalanish tartibi, hajmi va vaqti siyosiy partiyalar bilan kelishilgan holda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Gulruh TOSHMATOVA, Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi sektor mudiri:

Saylovoldi tashviqoti saylov jarayonining eng muhim va masuliyatli bosqichi hisoblanadi. Chunki, aynan ushbu bosqichda Prezidentlikka nomzodlar, siyosiy partiyalar ozlarining kelgusi faoliyat dasturlari bilan saylovchilarni yaqindan tanishtiradi, boshqacha aytganda, oz salohiyatini namoyish etadi.

Saylovoldi tashviqotining eng samarali va tasirchan usullaridan biri saylovchilar bilan uchrashuvlar otkazish, albatta. Bunday tashviqotda ham nomzodlarga teng sharoitlar yaratib beriladi.

Saylovchilar bilan uchrashuvlar nomzodlar tomonidan mustaqil ravishda otkaziladi. Ularni otkazish joyi va vaqti, qoida tariqasida, uchastka saylov komissiyalari bilan kelishib olinadi, mazkur komissiyalar bu haqda saylovchilarni oldindan xabardor qiladi.

Davlat va xojalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari nomzodlarga saylovchilar bilan uchrashuvlar otkazish uchun jihozlangan xonalarni bepul ajratishi, zarur malumot va axborot materiallarini olishda yordam korsatishi shart.

Prezidentlikka nomzod yoki uning ishonchli vakillari Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga boshqa nomzodlar yoki ularning ishonchli vakillari bilan birgalikda saylovchilar bilan uchrashuvlar otkazishga yoxud Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga boshqa nomzodlar tomonidan tashkil etilgan saylovchilar bilan uchrashuvlarda ishtirok etishga haqli.

Bundan tashqari, saylovoldi tashviqoti bosma, korgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini chiqarish hamda tarqatish orqali olib borilishi mumkin.

Umuman olganda, mamlakatimizda Prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqotini amalga oshirish borasida mustahkam huquqiy asoslar yaratilgan. Bular, oz navbatida, xalqaro huquqning umumetirof etilgan qoidalariga, xalqaro standartlarga tola mos keladi.Shuningdek, saylov jarayonining demokratik tarzda tashkil etilishiga xizmat qiladi.

Laziza SHOMILOVA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: